O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Ish haqi taqsimlash munosabatlarining shakli sifatida



Download 0,93 Mb.
bet104/115
Sana10.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#601861
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   115
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi xalq ta\'limi vazirligi

3.Ish haqi taqsimlash munosabatlarining shakli sifatida.
Ish haqining turlari.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat bo`yicha yaratilgan maxsulotni taqsimlashning asosiy yo`nalishlari quyidagicha amalga oshiriladi:



  1. mulk egalari o`rtasida.

  2. Amortizatsiya ajratmalariga.

  3. Sug`urta va ijtimoiy himoya fondlariga.

  4. Davlatni boshqarish, mudofaa, fan, madaniyat, ta'lim, sog`liqni saqlashga, soliqlar ko`rinishida.

  5. Qolgan qismi kapital, yer egalari va ish kuchi egalari o`rtasida taqsimlanadi.

Bu ish haqi, foiz, renta va foyda shaklidagi daromad turlari ko`rinishini oladi. Ish haqi-ichki milliy maxsulotning uning ishlab chiqaruvchilar o`rtasida mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismidir.


Ish haqi hozirgi davrda hamma mamlakatlar iqtisodiyotida muhim o`rin tutadi. Ish haqining mazmunini aniqlashda turli tomondan yondashib, unga har xil ta'rif beradilar. Masalan D.Rikardo va T. Maltuslarning kontseptsiyasida «Yashash uchun vosita minimumi» deb qaralib, ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb hisoblaydi. Lekin, ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb qarash ham to`g`ri emas. Bu minimum o`z ichiga ishchi kuchi shakllanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shart -sharoitlar tug`dirgan ehtiyojlarni ham oladi. Shu bilan birga ishchi kuchi bahosining quyi chegarasini yashash uchun zarur vositalar miqdorining minimumi bilan aniqlash, ishga yollovchilar ish haqini mazkur quyi chegaradan pasaytirishga intilishiga olib kelishi mumkin.
Qiymatning mehnat nazariyasi, ya'ni Angliya klassik siyosiy iqtisod maktabi, marksistik yo`nalishidagi iqtisodchilar ishchi kuchini alohida, o`ziga xos tovar deb hisoblaydilar.Shu sababli bu nazariya ish haqiga tovar bo`lgan ishchi kuchi qiymatining shakli, ya'ni puldagi ifodasi sifatida qaraladi va ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan tirikchilik vositalari qiymati sifatida aniqlaydi. Mazkur g`oya tarafdorlari ishchi kuchi qiymatiga bir qator omillar, avvalo tabiiy shart-sharoitlar, aholining madaniy rivojlanishi, ularning malakasi va ishchi oilasini saqlash hamda ularning tabiiy takror ishlab chiqarish sharoitlari ta'sir qilishini ko`rsatadi.
Shu bilan birga bu g`oyada hayotiy ehtiyojlar hamda ularning qondirilishi usullari, mamlakatning ilmiy - texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida erishilgan darajaga bog`liqligi ta'kidlanadi.
Ish haqining mazmuni haqidagi turli nazariyalarni umumlashtirib, quyidagicha xulosalarni chiqarish mumkin:
1. Ish haqi to`g`risidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashildi, vaholanki, ish haqi murakkab va ko`p qirrali iqtisodiy jarayondir.
2. Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning erishgan darajasiga, ya'ni umumiy mehnat unumdorligi, milliy maxsulot hajmi, uning aholi jon boshiga to`g`ri keladigan miqdoriga bog`liq bo`ladi, chunki shu maxsulotlarning bir qismi mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi. Shuning uchun ham u turli mamlakatlarda turli miqdorlarda bo`ladi.
3. Ish haqi tovar sifatida oldi-sotdi bo`ladigan ishchi kuchining qiymati bilan bog`liqdir. Chunki uning miqdori ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga, ishchining o`zini, oila a'zolarini boqishga yetadigan darajada bo`lishi lozim.
4. Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonaning erishgan darajasi bilan, ya'ni ishlab chiqarilgan va sotilgan maxsulot hajmi va bir ishchiga to`g`ri keladigan miqdori bilan bog`liq bo`ladi.
5. Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnatining unumdorligi bilan bog`liq bo`ladi.
Keltirilgan xulosalardan keyin ish haqiga shunday ta'rif beramiz.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish