SMMdagi o`zgarish q multipliqator x investi-tsiyalardagi o`zgarish.
Investitsion sarflardagi o`zgarishdan tashqari, iste'mol davlat xaridi yoki eksportdagi o`zgarishlar ham multipliqator samarasiga ta'sir ko`rsatadi.
Multipliqator samarasi 2 ta holatda asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda bir sub'ekt tomonidan qilingan sarf. Boshqasi tomonidan daromad shaklida olinadi. Ikkinchidan, daromaddagi har qanday o`zgarish iste'mol va jamg`arish xuddi shunday yo`nalishda o`zgarish bo`lishiga olib keladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari, balans usulida, «xarajat va natija»larni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanib, iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.
«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori olingan maxsulot hajmi bilan taqqoslanib, muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi.
Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari. Iqtisodiyotning siklliligi, iqtisodiy inqirozlar.
Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o`rtasida mutanosiblik bo`lishini takozo qiladi.
Iqtisodiy mutanosiblik-iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o`rtasida miqdor va sifat jihatdan ma'lum moslik bo`lishidir. Bunda tenglik bo`lishi shart emas.Ular 2:3, 5:3, 3:1 nisbatlarida bo`lishi mumkin.
Makroiqtisodiy jarayon g`oyat murakkab va ko`p qirrali bo`linganligi sababli mutanosiblik turlari ham ko`p. Ularning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning quyidagi guruhlarini keltirish mumkin.
1.Umumiqtisodiy xarakterdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste'mol fondi va jamg`arish fondi o`rtasidagi; iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o`rtasidagi; aholining daromadlari bilan xarajatlari o`rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko`rsatish mumkin.
2.Tarmoqlararo mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutano-sibliklarga sanoat bilan qishloq xo`jaligi, sanoatning "a" guruhi bilan "b" guruhi o`rtasidagi va xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlari o`rtasidagi mutanosibliklar misol bo`ladi.
3.Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali ta'minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o`rtasidagi bog`liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va iste'mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, qishloq xo`jaligining dehqonchilik va chorvachilik sohalari o`rtasidagi mutanosibliklar va h.k. Shu bilan birga ta'kidlab o`tilgan sohalar ichidagi tarkibiy bo`linmalar o`rtasida ham bog`liqlik bo`lishi zarur. Masalan, sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va go`sht ishlab chiqarish sohalari o`rtasida va boshqalar.
4.Xududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim xududlari o`rtasidagi bog`liliqni ham takozo qiladi. Yuzaki qaraganda xududlar o`rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to`liq namoyon bo`lmaydi, lekin alohida hududiy bo`linmalar (viloyat, tuman, shaxar va boshqa hududiy birliklar) ning bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog`liqligi, ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan qaralsa, bu bog`liqlikning ahamiyati yaqqol ko`rinadi.
5.Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko`pchilik mamlakatlari. Xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog`langan, ikkinchidan, shu bog`liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o`z iste'molining bir qismini chetdan keltirilgan maxsulotlar hisobiga qondiradi. Bu bog`liqlik qanchalik katta bo`lsa, sof eksport hajmi orqali makroiqtisodiy muvozanatlikka shunchalik kuchli ta'sir ko`rsatadi.
Qarab chiqilgan mutanosibliklarga erishish orqali milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rivojini ta'minlab borishdan quyidagilar ko`zda tutiladi.
Mamlakatda mavjud bo`lgan iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda jamiyatning ehtiyojlarini to`laroq qondirib borish.
To`la bandlilikka erishish, ya'ni mehnat qilishga layoqatli bo`lgan va ishlashni xohlaganlarni to`liq va samarali ish bilan ta'minlash.
Narx-navoning nisbiy barqarorligiga erishish va uni inflyatsiya ta'siridan xoli qilish.
Iqtisodiyotning bir maromda usib borishini yetarli darjada investitsiya bilan ta'minlash va muomaladagi pul massasiga bog`lab borish.
Eksport va importni muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balansining faolligiga erishish.
Bu maqsadlar faqatgina ularga intilish bo`lib, bunga erishish muqarrar ekanligini bildirmaydi. Chunki mutloq muvozanatga erishish mumkin emas, u buzilib va qaytadan tiklanib turishi orqali iqtisodiy o`sish notekis boradi.
Har qanday mamlakat ham iqtisodiy o`sishga, to`liq bandlik va doimiy narxlar darajasiga erishishiga harakat qiladi, ammo o`zoq muddatli iqtisodiy o`sish bir tekis bormaydi, iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi.
Iqtisodiyot siklik, ya'ni tulkinsimon rivojlanish xarakteriga ega bo`lib, u inqiroz, turg`unlik, jonlanish va yuksalish bosqichlarini bosib o`tadi.
Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi.
Jonlanish bosqichining boshlanishi ozmi-ko`pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o`tishni bildiradi.
Yuksalish bosqichida ish kuchiga bo`lgan talabning kengayishi, ishsizlikning birmuncha kamayishiga, ish haqining o`sishiga olib keladiki, natijada iste'mol tovarlariga talab ortadi.
Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to`planib borishidan iborat zanjirli reaktsiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo`lib qoladi.
Iqtisodiy inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to`lovga qobil talabga mos kelmay (bundan oshib ketadi yoki kam bo`ladi) qoladi.
Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir ko`rinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o`rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqariladi.
Qishloq xo`jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi.
Bunda, qishloq xo`jalik maxsulotlarining nisbiy ortiqchaligi, narxlarning pasayishi va foydaning kamayishi, fermerlarning ommaviy xonavayron bo`lishida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |