MAVZU : MOLIYa TIZIMI VA MOLIYaVIY SIYoSAT.
Asosiy savollar:
Moliyaning mohiyati va vazifalari.
Davlat byudjeti va uning tarkibi.
Moliya tizimi. Soliqlar va ularning vazifasi.
Soliq turlari.
Kredit tushunchasi. Kreditning mohiyati, vazifasi.
Banklar va ularning iqtisodiyotdagi roli va o`rni.
Sug`urtalash, uning moliya tizimidagi o`rni.
Tayanch iboralar :
Moliya. Moliya tizimi. Davlat byudjeti. Byudjet taqchilligi davlat qarzlari. Soliqlar. Soliq stavkasi. Kredit. Ssuda, Qimmatli qog`ozlar. Banklar. Markaziy bank. Tijorat banklar.
1.Moliyaning mohiyati va vazifalari.
Bozor iqtisodiyotining asosini pul, uning harakati, ishlatilishi, taqsimlanishi, qayta taqsimlanishi va foydalanish kabi munosabatlarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Zero, bozor iqtisodiyotida jamiyatdagi barcha iqtisodiy munosabatlar pul bilan bog`liqdir. Pul bilan bog`liq iqtisodiy munosabatlar moliya munosabatlari tushunchasini beradi. Moliya iqtisodiy kategoriyadir. U iqtisodiy kategoriya sifatida pul resurslarini vujudga keltirish, ularni taqsimlash, qayta taqsimlash va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qondirish uchun ulardan foydalanish bilan bog`liq iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Moliyaning iqtisodiy asosini maxsulot va xizmatlar qiymati hamda uning turli darajalardagi harakati tashkil etadi. Pul mablag`larining harakati natijasida moliyaviy resurslar vujudga keldi. Masalan, amortizatsiya fondi, jamg`arish fondi, ijtimoiy himoya fondi, investitsiya fondi kabilar. Har qanday munosabat kabi moliya ham o`z sub'ekti va ob'ektiga ega. Moliyaviy resurslarni shakllantirish va foydalanishda ishtiroq etuvchilar moliya munosabatlarining sub'ektini tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya sub'ektlari ko`p va xilma-xil bo`ladi. Ular korxonalar, tashkilot lar, muassasalar, fuqarolar, tadbirkorlar, davlatning o`zi, boshqa jismoniy va huquqiy shaxslardir. Moliya munosabatlarining ob'ekti moliyaviy resurslar, pul fondlaridir. Dastlabki vaqtlarda moliya munosabatlari faqat bir bug`inli-davlat byudjetini ifodalagan bo`lsa, keyinchalik jamiyat taraqqiyoti davomida u kengroq munosabatlarni qamrab ola boshlaydi. Davlat byudjetida davlatga tegishli daromadlar jamlanganidan keyin korxonalar ixtiyorida qolgan pul mablag`lar markazlashtirilmagan mablag`lar shaklini oladi.Bu mablag`lar ham munosabatlarda faol qatnashadi, korxonalararo, tarmoqlar ichidagi, tarmoqlararo moliya munosabatlarida ifodalanadi. Demak, korxonalar va tarmoqlararo moliya ham jamiyat moliya munosabatlarida alohida bir iqtisodiy mexanizmni tashkil etadi. Davlat byudjeti-davlatning markazlashtirilgan moliyaviy manbai va moliya tizimining asosiy bugunidir. Ayni chog`da davlat o`z byudjeti orqali mamlakatdagi ijtimoiy hayotni tashkil etadi va uni nazorat ostiga oladi. Moliya quyidagi vazifalarni bajaradi.
Taqsimlash vazifasi. Moliya yordamida mamlakatda yaratilgan yalpi milliy maxsulot, milliy daromad xo`jalik sub'ektlari orasida taqsimlanib pul fondlariga aylantiriladi.
Ragbatlantirish. Davlat soliqlar, to`lovlar, subsidiyalar, dotatsiyalar yordamida imtiyozlar berib ishlab chiqarishni investitsiyalar bilan ta'minlaydi, yaxshiroq ishlashga undaydi.
Ijtimoiy himoya. Nochor turmush kechirayotganlarni bozor munosabati sharoitida qashshoqlashib ketishiga yo`l qo`ymaydi.
Iqtisodiy axborot berish.Moliyaviy axborot sub'ektlariga o`z faoliyatlarini tashkil etish, o`z sheriklaridagi ahvol va boshqalar bilan samarali moliyaviy faoliyat yuritishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |