O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Kredit tushunchasi. Kreditning mohiyati, vazifasi



Download 0,93 Mb.
bet84/115
Sana10.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#601861
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi xalq ta\'limi vazirligi

5.Kredit tushunchasi. Kreditning mohiyati, vazifasi.


Kredit deganda vaqtincha o`z egalari qo`lida bo`sh turgan pul mablag`larini boshqalar tomonidan ma'lum muddatga haq to`lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan munosabatlarni tushunish kerak. Kredit munosabati ikki sub'ekt o`rtasida yuzaga keladi: biri pul egasi, ya'ni qarz beruvchi; ikkinchisi pulga muxtoj, ya'ni qarz oluvchi. Kredit sub'ektlari har xil, bularga korxona, firma, tashkilot, davlat va turli toifa aholi kiradi. Kreditning ob'ekti har qanday pul emas, balki faqat vaqtincha bo`sh turgan, egasi tomonidan ishlatilmay va qarzga berish mumkin bo`lgan puldir. Bo`sh pul uch xil bo`ladi :
a) tadbirkorlar yoki katta puldorlar qo`lidagi pul, ya'ni pul kapitali;
b) aholi qo`lidagi pul ;
v) davlat ixtiyoridagi pul.
Bo`sh pullar quyidagi manbalardan kelib chiqadi:

  1. amortizatsiya - pulning uning muddati tugaguncha to`planib borishi. Amortizatsiya puli har yili ajratiladi, u ko`p yildan keyin ishlatilishi sababli, ma'lum davr bo`sh turadi:

  2. ishlab chiqarishni o`stirish uchun foydadan investitsiya puli muhim ajratib boriladi, lekin bu pul ma'lum miqdorda yig`ilgandan so`ng investitsiya qilish mumkin;

  3. xom ashyo, yoqilg`i va materiallar uchun oldin sarflangan pul tovar sotilishi bilan egasiga qaytib keladi, lekin ularni yangidan sotib olish shu vaqtning o`zida yuz bermaydi ;

  4. foydadan ajratilgan sotsial fondlar pulining kelib turishi vaqti bilan ishlatilish vaqti ham to`g`ri kelmaydi, natijada pul bo`sh qoladi;

  5. ish haqi pulini kelib tushishi va sarflanishi bir vaqtda yuz bermaydi. Tovar sotilgach, pul tushib turaveradi, ish haqi har kuni emas, har 15 kundan so`ng beriladi;

  6. fuqarolarning iste'molchi sifatida qarilikni ta'minlash, qimmatbaho tovar olish, uy qurish va x.k. uchun jamlangan puli bo`ladi, u yetarli miqdorga borguncha yoki ishlatish fursati kelguncha bo`sh turadi ;

  7. davlat byudjetiga pul daromadlarining kelib tushishi va ularning sarflanishi ham bir vaqtda yuz bermaydi;

  8. turli - tuman xayr-ehson va sug`urta pullarining hosil bo`lishi va ishlatilishi ham turli vaqtda yuz berganidan, uning qismlari sarflanmay, bo`sh turib qoladi.

Bo`sh pullar hisobidan ssuda hosil bo`lib, unga talab yuzaga kelgach, kredit munosabatlari paydo bo`ladi. Kredit to`rt xil vazifani ado etadi. Birinchisi, pulga tenglashtirilgan to`lov vositalarini yuzaga chiqarib, ularni xo`jalik oborotiga joriy etish. Ikkinchisi, bo`sh pul mablag`larni harakatdagi, ishdagi kapitalga aylantirib, pulni pul topadi degan, - qoidani amalga oshirish. Uchinchisi, qarz berish orqali pul mablag`larini turli tarmoqlar o`rtasida qayta taqsimlash bilan ishlab chiqarish resurslarining ko`chib turishini ta'minlash. To`rtinchidan, qarz berish, qarzni undirish vositalari orqali iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish.
Bozor iqtisodiyotidagi kredit munosabatlari tabiatan farqlanuvchi ikki turdagi munosabatlarning yaxlitligini bildiradi. Qarzga olingan pul, birinchidan, kapital sifatida ishlatiladi, bunda foyda olish, pulni ko`paytirish nazarda tutiladi. Shu sababli ssuda kapitali borasidagi munosabatlar paydo bo`ladi. Bunda pulning mulk sifatidagi holati uning o`zgalar ko`lida kapital bo`lishi holatidan ajraladi, o`zga mulki o`zga ko`lida kapitalga aylanadi. Ikkinchidan, qarzga olingan pul shaxsiy yoki umumiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi.Bunda pul oddiy xarid vositasini bajaradi. Qarzga beriladigan pul ssuda deyiladi. Kreditning asosiy sharti-bu qarz uchun haq to`lash. Bu haq qarz qilingan summaga nisbatan protsent hisobida olinganidan uni qarz protsenti deb yuritiladi. Qarz protsenti pul bozorida amal qiladi. Bozorga chiqarilgan pulning narxi protsent bo`ladi. Protsent miqdori yoki darajasi oldindan belgilanadi. Protsent darajasi (PD) qarz protsentining (KP) berilgan qarz miqdoriga (KM) bo`lgan, protsentlarda ifodalangan nisbatidir;

Agar 120 mln dollarga teng qarzga 6 mln dollar protsent to`lansa, quyidagicha bo`ladi



Protsent darajasi unga ta'sir etuvchi omillar tufayli o`zgarib turadi.Ularning asosiylari quyidagilar :

  1. Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya'ni bozorda qanday miqdorda qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda qarzga beriladigan pul chiqarilgan.

  2. Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf, aniqrog`i shu pulning iste'mol qiymati.

  3. Qarzni to`lash muddati va sharti. Agar qarz uzoq muddatga berilib, uni sekin - asta kichik qismlarga bo`lib bemalol qaytarish mumkin bo`lsa, qarzdor yuqori protsentga rozi bo`ladi. Agar qarz qisqa vaqtga berilsa va uni bir yo`la to`lash shart bo`lsa, qarzdor past protsentni ma'qul kuradi.

  4. Qarzning qanday pul bilan berilishi. Agar qarz erkin konvertirlangan valyutada berilsa protsent yuqori belgilanadi. Agar u oddiy valyutada berilsa protsent nisbatan past o`rnatiladi.

  5. Inflyatsiya yuz bersa qarzga berilgan pul egasiga kaytib kelguncha o`z qadrini qisman yo`qotadi. Bunday pul egasi yutqazadi, shu sababli protsent inflyatsiyani hisobga olib o`rnatiladi.

  6. Pulni qarz berishdan ko`ra boshqa yo`sinda ishlatishdan tushadigan daromad. Bunda pul egasining afzal ko`rish printsipiga amal qilinadi. Agar aktsiya dividenti yuqori bo`lsa, protsent pasayadi va aksincha.

  7. Qarz berish xatari darajasi. Agar qarzning qaytishi shubhali bo`lsa protsent yuqori bo`ladi.
Kreditning shakllari : bank krediti va tijorat krediti.
Bank krediti ob'ekti - pul kapitalidir. Bank krediti o`zining muddati, maqsadli berilishi va boshqa qoida va imtiyozlari asosida tijorat kreditidan farq qiladi.

Bank krediti kapital jamg`arish, aholi va firmalar pul mablag`larini kapitalga aylantirish kabi vazifani bajaradi.
Tijorat krediti- bir korxonaning ikkinchi korxonaga sotilgan tovar uchun muddati kechiktirilgan to`lov ko`rinishida amalga oshadi. Tijorat kreditining asosiy vositasi vekseldir. Tijorat krediti tovar aylanishini tezlatib, undan keladigan foydani o`zlashtirishdir. Rivojlangan davlatlarda bank va tijorat kreditlari bir-birlari bilan qo`shilib ketgan.
Bank ssudalar berish asosida iste'molchilik krediti - xususiy shaxslarga uzoq muddatga iste'mol qilinadigan tovarlarni xarid qilish uchun (mebel, avtomobil, televizor) ma'lum muddatga beriladi. Iste'molchilar kreditiga chakana savdo-sotik qiluvchi do`konlarning to`lovi kechiktirilgan savdosi ko`rinishida bo`ladi. Iste'molchilar krediti asosan 3 yil muddatga beriladi. O`zDEU avtokompaniyasi maxsulotlari 7 yilga berilmoqda. Iste'molchilik kreditining foiz stavkasi ancha yuqori bo`ladi.
Ipoteka krediti- ko`chmas mulklar, (er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar chiqargan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.
Kreditning yana bir shakli- davlat kreditidir. Bunda qarz oluvchilar davlat va mahalliy hokimiyat tashkilotlaridir. Ular qimmatli qog`ozlar bozorida moliya-kredit tashkilotlari orqali zayomlar chiqarib, pul mablag`larini to`plashni bajaradi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillik yillari davlatning kredit berish faoliyati kengayib, uy-joy qurilishi, qishloq xo`jalik ishlab chiqarishni jadallashtirish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida kreditdan keng foydalanilmoqda.
Xalqaro kredit- mamlakatlar o`rtasida ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatida namoyon bo`ladi. Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklash banki, Jahon banki turli mamlakatlarga kredit berishning markazlaridir. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardir.



  1. Download 0,93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish