2) Tarbiyaviy maqsad:
a) Dono son son mavzusini to‘laroq tushintirish.
b) Mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
3) Rivojlantiruvchi maqsad:
a) Ahillik, hamjihatlik munosabatlarini kengroq shakllantirish.
b) Vatanparvarlik xissini kuchaytirish.
v) Mustaqilligimizni avaylab-asrashga odatlanish.
4) O‘quvchilarni mustaqil, ijodiy fikirlashga o‘rgatish
Asosiy tushuncha va atamalar: Dona son, uning yasalishi, -ta qo’shimchasi, dona, bosh, tup, bog’, nafar so’zlari.
Darsni tashkil etish texnologiyasi:
Metod: «Aqliy hujum», Tatqiq.
Shakl: savol-javob, yakka tartibda ishlash, guruhlarda vazifalarni bajarish.
Vosita: darslik, tarqatmalar.
Usul: mashq va topshiriqlarni bajarish.
Baholash: «5» balli tizim asosida.
№
|
Darsning borishi.
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism.
|
10 min
|
2
|
Uyga berilgan vazifani tekshirish.
|
3 min
|
3
|
O’tilgan mavzu yuzasidan bilimlarni sinash.
|
5 min
|
4
|
Yangi mavzu bayoni.
|
10 min
|
5
|
Mustahkamlash.
|
15 min
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
2 min
|
1. Tashkiliy qism.
Darsni tashkil etish. Davomat aniqlash. O‘quvchilarning darsliklarini nazorat qilish, ularning kayfiyatini so‘rash. Shu kabi qisqacha savol-javob o‘tkazib, dunyoda va mamlakatimizda bo‘layotgan siyosiy voqealar haqida suhbat tashkil etish;
Tinch va osoyishta kunlarimizga shukur misolida
SH U K R O N A daqiqasi ham tashkil etiladi.
Dars shiorini e’lon qilish: “ Ilm izlang izingizdan ibrat yog’sin.”
Aqliy hujum uyishtiriladi: Bugungi darsimiz shiori qaysi shoir ijodidan olingan? (M. Yusuf)
Fanlar integratsiyasini tashkil etish:
Adabiyot bilan bo’laymiz: Son ishtirok etgan maqol ayting?
Tarix bilan bog’laymiz: Bizning ta’lim tizimimizni rivojlantirishga hissa qo’shgan, birinchilardan bo’lib darsliklar yozib, maktablar tashkil etgan jadid ma’rifatparvari kim edi? (A. Avloniy)
O’tilgan dars yuzasidan og’zaki savol-javob o’tkaziladi. Shu o‘rinda «Aqliy hujum» usulidan foydalaniladi.
Namuna: Savol. Sanoq sonlar nimani bildiradi? Savollarga berilgan javoblar baholanadi.
Yangi mavzuning bayonida tatqiq metodidan foydalaniladi. Darslikda berilgan topshiriqlar bajariladi.
1. Topshiriq: O’quvchilarga bo’sh , yozilmagan kartochkalar tarqatiladi. Ular shu kartochkalarga xohlagan sonlaridan misol yozishadi. O’qituvchi yig’ib oladi. Sonlar yozilib ma'no guruhga ajratiladi.
Quyidagi sonlarga -ta qo‘shimchasi hamda dona, nafar, bosh, tup, bog‘ so‘zlarini qo‘shib so‘z birikmalari hosil qilish: olti, besh, uch, о‘ttiz, ellik, yetmish.
Namuna: olti nafar, ellikta.
Savol: Berilgan qo’shimcha va so’zlarni sonlarga qo’shganimizda sonlar mazmunida qanday ifodani kuzatdingiz?
Yuqorida berilgan javoblar umumlashtiriladi.
Bilib oling. Narsalarning miqdorini donalab ifodalaydigan sonlar dona son deyiladi. Ular -ta qo’shimchasi bilan hosil qilinadi;
donalash ma’nosi -ta qo’shimchasidan tashqari dona so‘zi bilan ham ifodalanadi;
donalab ifodalaydigan narsalarning turini ta’kidlash uchun -ta qo‘shimchasi o‘rnida bosh (hayvonlar), nafar (shaxslar), tup (o‘simliklar), litr (suyuqlik), gramm (og‘irlik) kabi so‘zlar ham ishlatiladi.
Mustahkamlash.O’quvchilarga (har ikki o’quvchiga bitta) yuqoridagi yig’ib olingan tarqatmalar qaytadan beriladi. O‘quvchilar kartochkalarda ko‘rsatilgan son yordamida gaplar tuzadilar. Masalan:
Bir nafar sportchi bugungi kun musobaqasining g‘olibi bo‘ldi. U faqat bitta to‘p va bir dona o‘yin tayoqchasi bilan bunday muvaffaqiyatga erishdi.
O‘quvchilar tarqatmalar asosida hosil qilgan bog‘lanishli matnlarini o‘qib, unda dona sonning qaysi vosita yordamida hosil qilinganligiga izoh berib ketadilar.
Darslik bilan ishlash.
400-mashq. Gaplarni yozish va sonlarning yasalishini tushuntirish doskada o’quvchilar gaplarni yozib, morfologik tahlil qiladilar. Masalan: Men bitta(dona son) non(olmosh) oldim.(fe’l) kabi
402-mashq. Qavs ichidagi sonlarni kerakli shaklga solib, gaplarni ko‘chirish.
Dars jarayonida o’quvchilar gap tuzish yordamida bilimlarini mustahkamlaydi, ularga turli xil sonlar taqdim etiladi. O'quvchilar dona sonlarini ajratishadi, har bir songa gap tuzishadi.
Masalan: ikkita, uch, yetmish nafar, yuzlab,o'ntacha, yigirmata, uch bosh, qirq tup, bitta, to'qqizta.
Piramida shaklida «Zinama-zina» usulida dona sonni kengaytirish mashqini bajaradilar. Masalan:
Dars yakunida bajarilgan topshiriqlarni o‘qitish jarayonida savol va topshiriqlar ustida ishlanadi va o‘quvchilar to‘plagan bali e’lon qilinadi.
Uyga vazifa: 403-mashq.Guruhlarga turli fanlar bo’lib berilib, ularda son so’z turkumlari ishtirok etgan matn topish va shunga o’xshash tarzda o’zlari ham dona son asosida matn yaratishni topshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |