rivojlantiruvchi: og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, bolalar nutqini yangi so‘zlar bilan boyitish; FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi, nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay olish.
Dars jarayoni va texnologiyasi
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
I-bosqich
Tashkiliy qism
|
Oʿquvchilar davomati aniqlanadi. Sinf oʿquvchilariningdarsga tayyorgarligi tekshiriladi.
|
“Tez javob” didaktik oʿyini
|
2 daqiqa
|
2-bosqich
Ehtiyoj
(refleksiyalarni aniqlash)
|
Dars shiori tanlanadi. Dars davomida rioya qilish lozim boʿlgan qoidalar belgilanadi.
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
3-bosqich
Darsning borishi
|
1.Otgan darsni soʿrab baholash, oʿqish malakalarini tekshirish
2. Husnixat daqiqasi:
3. ”Tezkor javob” oʿyini oʿynaladi.
4. 116- mashqni o'zaro tekshirish .
5 “Mosini top” o`yini
6. Savollar tahlili
7. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni hosil bo`lishi haqida lavha ko`rsatiladi
|
Savol-javob
Yozish
Izlanish
Izlanish
Namoyish
|
4 adqiqa
5 daqiqa
4 daqiqa
7 daqiqa
2 daqiqa
1 daqiqa
2 daqiqa
|
4-bosqich
Mustahkamlash
|
1 118-mashqni bajarish
2 “Zinama-zina” o`yini
3. 119-mashqdagi topshiriqni mustaqil bajarish
|
Izlanish
Izlanish
Izlanish
|
7 daqiqa
8daqiqa
5 daqiqa
|
5-bosqich
Dars yakuni va baholash
|
Oʿquvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib,reytingi e`lon qilinadi. Dars yakunlanadi.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6-bosqich
Uyga vazifa berish
|
Ertakni oʿqib, mazmunini soʿzlab berish
|
Tushuntirish
|
1 daqiqa
|
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish; Davomatni aniqlash;
Tozalikni tekshirish;Darsga tayyorgarlik.
II. Uy vazifasini tekshirish.
O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
Husnixat daqiqasi:
Mard maydonda, kuch bilimda sinaladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
1. 116- mashqni o'zaro tekshirish (yoki o'quvchilardan biri so'zlarni aniq bo'g'inlab topishmoqni o'qiydi). boplab, toblab, kitob so'zlari oxiridagi b harfi jarangsiz undosh p tovushini bildirishi birgalikda aniqlanadi.
”Tezkor javob” oʿyini
— Jufti bor jarangli undosh tovushni bildirgan harfni yozing. Alifbodan foydalaning. (Alifbo sinfda osilgan bo'ladi.) Keyingi yo'lga jarangsiz undosh tovushlarni bildirgan harflarni yozing.
Y ozadilar:
“Мosini top” o`yini
Bu o`yinda o`quchilar kapalakda berilgan jarangli va jarangsiz undoshlarni topishlari lozim bo`ladi
Savollar tahlil qilinadi.
Siz nechta harfni yozdingiz? (15.)
Jufti bor undosh tovushlar nechta? (16)
Nega harf soni kam?
“Jurnal” so'zidagi j tovushi va” jiyda” so'zidagi j tovushi bitta harf bilan yoziladi.
Bu vazifalarni o'quvchilar, albatta, o'qituvchi yordamida bajaradilar.
Matnga sarlavha toping.
Istiqlol davrida Toshkentning serqatnov chorrahasida ko‘k gumbazli ulkan muzey qurildi. Bu hashamatli go‘zal bino Vatanimizning ming yillik tarixi va temuriylar sulolasi haqida so‘zlaydi. Muzeyni tomosha qilar ekanmiz, ko‘z o‘ngimizda bobolarimiz Amir Temur, Ulug‘bek va Boburlar hayoti namoyon bo'ladi.
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni bo'g‘in ko‘chirish qoidasiga mos holda bo‘g‘inlarga bo‘lib, chiziqcha bilan yozing.
III.Yangi mavzu bayoni.
JARANGLI VA JARANGSIZ UNDOSHLAR
117 - mashq. Juftlab berilgan so‘zlarni o‘qing.
Mard- mart jim- chim
Gul-kul dil- til
Dars- darz choy- joy
Dog’- tog’ barcha- parcha
Bu so‘zlar qaysi harflarga ko‘ra bir-biridan farq qilyapti? Ularni juftlab ayting va talaffuziga e’tibor bering.
Ekranda lavha namoyish etiladi.
Undosh tovushlar ovoz va shovqinning ishtirok etishiga ko‘ra jarangli va jarangsiz bo‘ladi.
[b], [d], [g], □], [I], [m], [n], [r], [v], [y], [z], [g‘], [ng] — jarangli undoshlar.
[f], [h], [k], [p], [q], [s], [t], [x], [sh], [ch] — jarangsiz undoshlar.
IV. Mustahkamlash.
118- mashq. So’zlarnl juftlab o’qing va ko‘chiring. Aytilishi va yozilishida farq qiladigan undoshlarni aniqlab, tagiga chizing.
Maktab — maktabi, maqsad — maqsadi, ijod — ijodi, javob —javobi.
Talaffuzda ayrim so’zlarning oxirida kelgan jarangli undosh o’rniga uning jarangsiz jufti eshitiladi: kitob, avlod, hisob, ozod, mayiz, yalpiz.
„Zinama-zina“ o`yini o`ynaladi.
Bu o`yinda guruhlardan o`quvchilar berilgan so`zlarni tekshirish uchun egalik qo`shimchasining „i“ qoshimchasini qo`shish orqali hosil qiladilar. Kim tez va to`g`ri bajarsa g`olib hisoblanadi.Darxtdagi olmalarni har bir to`g`ri javob orqali qo`lga kiritadilar.
so‘zlar oxirida qaysi harf yozilishini aniqlash uchun shu so‘zdan so`ng unli qo‘shib aytiladi: kitob — kitobi, mard — mardona, yalpiz — yalpizi.
1
Men — uchqunman,
bo‘lgim kelar alanga,
Farzand bo‘lib yaray
aziz Vatanga!
19-mashq. She’rni ifodali o‘qing. She’riy parchadagi jarangli va jarangsiz tovushiarni ifodalovchi harflarni alohida yozing.
Men — jilg‘aman,
ummon bo‘lgim keladi,
Men — yog‘duman,
Cho’lpon bo’lgim keladi.
Normurod Narzullayev
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash .
O‘quvchilarga savollar bilan murojaat etiladi:
1. Sizda nima ko‘proq taassurot qoldirdi?
2. Siz uchun nima yangilik bo‘ldi?
3. Qaysi topshiriqlar siz uchun qiziqarli bo‘ldi?
4. Bu darsda olgan bilimlaringiz kelgusi hayotingizda kerak bo‘ladimi?
O‘quvchilar darsda ishtirokiga ko‘ra baholanadi
VI. Uyga vazifa :
120-mashq. Topishmoqlarni o‘qing va javobi bilan yozing.
1. Yumaloq, semiz, yog‘i yo‘q,
Terisi qalin, tuki yo‘q.
2. Ilmga kon,
Mazmunga makon,
So‘zi serhikmat,
Bizga do‘st, ulfat,
0‘rgatar odob,
Bu nima, Ozod?
Topishmoqlardagi tekshirilishi kerak bo‘lgan so‘z tagiga chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |