O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi toshkent shahar yunusobod tumani



Download 56,5 Kb.
bet4/4
Sana18.02.2022
Hajmi56,5 Kb.
#452746
1   2   3   4
Bog'liq
Bobur hayoti dars ishlanma

Bobur g`azallari.
Bobur devonining katta qismi g`azallardan iborat. G`azalda, ko`pincha, ikkita markaz bo`lgan. Biri — lirik qahramonning ahvoli, ikkinchisi — ma'shuqa ta'rifi. Barcha obraz va ifodalar shu ikki markazga kelib tutashgan. Navoiy va Bobur davrida bevosita muallifning hayotiga oid tafsilotlar ham g`azalga kirib kela boshladi. G`azalning mavzu-mundarijasi kengayib bordi. Bobur ijodida hayotga qaynoq mehr aks etgan jo`shqin g`azallar ham, afsus-nadomat to`la she'rlar ham bor. Shoir goh dunyoning achchiq-chuchugini tatib ko`rgan kishi sifatida falsafiy mushohada yuritadi, odamlarni har qanday holda yaxshilik qilishga chorlaydi, goh taqdirning ayovsiz zarbalariga chiday olmay, el-yurtdan bosh olib chiqib ketmoqchi bo`ladi. Xullas, insonga xos quvonch ham, g`am ham bu g`azallarda bor. Boburning ,,Xazon yaprog`i yanglig` gul yuzung hajrida sargkardim" satri bilan boshianadigan g`azalida visol sog`inchi ifodalangan. Shoir kuz manzarasini chizadi. Bu manzara podshoh shoirning taqdiriga mos keladi. Muallifning munosabati hamda tuyg`ulari sharhi she’rdagi sog`inch va dardni, ayriliq fojiasini kuchaytirib boradi. .
Shoir umrning ayriliqda o`tayotganidan zorlanib, ,,lolarux" (lola yuzli)dan rahm qilishini iltijo etadi. Matla'da Bobur tazod san'atidan mohirona foydalanadi. Kuz ko`klamdan qanchalik uzoq bo`lsa, oshiq ham ma'shuqadan o`shanchalik yiroq. Shu bois oshiq yuzi ,,xa/on yaprog`i" singari jonsiz, qizning yuzi ,,gul" kabi yashnaydi, qahramonning ,,chehrasi zard", ma'shuqaniki ,,lolarux".
Shoir dunyoning bu yog`idan kirib, u yog`idan chiqqani, qismat kitoblarini birma-bir varaqlagani, ammo baxt yulduzi
topilmaganidan yozg`iradi. G`azal maqta'sida o`z e'tiqodidan zarra qadar qaytmagan, ochiq yiiz, ochiq ko`ngil, tanti va jolmard Bobur shaxsiyatiga xos sifatlar yorqin namoyon bo`ladi:
Ulusning ta'n-u ta'rifi manga, Bobur, barobardur,
Bu olamda o`zumni chun yamon-yaxshidin o`tkardim.
Oshiq uchun atrofdagilarning ta'nasi ham, maqtovi ham farqsiz. Chunki u yaxshilik bilan yomonlikni boshidan o`tkazmagan, balki o`zini yaxshi-yomondan o`tkazgan, ya'ni o`zligini saqlab qola olgan.
Shoir jahon ovorasi bo`lib yurishlarini taqdirdan ko`radi. G`azal:
Sendin bu qadar qoldi yiroq, o`lmadi Bobur,
Ma'zur tut, ey yorki, taqsir qilibtur
bayti bilan tugallanadi. Buni, Bobur sendan shu qadar uzoqda yashab ham o`lmaydi ey yor. Holbuki, u sensiz allaqachon halok bo`lshi kerak edi. Sen uning bu qusur (taqsir)ini kechir, deb tushunish ham mumkin. Ayni vaqtda, ,,ul oy" ,.vatan" timsoli bilib, ota yurtdan shunchalar uzoqda yashab, o`lmagan farzanding-ni kechirgin, Vatan, tarzida ham tushunsa bo`ladi. Vatan ishtiyoqi, g`urbai iztirobi Boburga qadar hech bir shoirda bunchalik yorqin va betakror ifodalanmagan edi. She'rning o`noqi vazni mazmundagi dard va iztirobni kuchaytirib, ta'sirchanglikni oshirishga yordam bergan. Bobur -- so`zning jilvasini, tovlanish xususiyatlarini nozik his ctadigan va ijod jarayonida bundan ustalik bilan foydalana oladigan shoir. Uning ,,Yana" radifli g`azali fikrimizga dalil bo`la oladi:
She'rxon shoir nadomatlarining sababi uning ko`nglini telba qilgan xumor ko`zli jonon ekanini bilib oladi. Oshiq ishq yo`lida chekkan mashaqqatlari haqda keyingi ikki baytda yanada ozorlanib yozadi. Lekin maqta'da Boburning xulosasi tag`in umumiylik kasb etadi. U chinakamsuyukli, sherik Jonkuyar boladigan ,,yor" ,,topmagan"ligini bayon etadi va shu holga ko`nikish lozimligini asoslaydi:
Boburning ,,Yana ko`z uyida na`vo qilibsen" satri bilan boshlanadigan g`azali g`oyat sho`xchan ohangga ega. Bunda oshiqning ko`zidan uy (maVo) qilgan, ko`ngul koshonasidan joy olgan ma'shuqa an'anaviy tarzda oshiqni azoblashdan rohat qilishi tasvirlangan. Uning har bir xatti-harakati yigitga azob berishga qaratilgan:
Boburning nozik ruhiy sezimlari ,,Bul kecha kulbamga keldi ul quyoshim yoshurun" misrasi bilan boshlanadigan g`azalida yanada yaqqolroq ko`rinadi. Shoir hayotiy vaziyat bilan qahramon ruhiy holatini sabab-oqibat tarzida mutanosib tasvirlaydi. Kechqurun quyosh chiqishi mumkin emas. Lekin oshiqning quyoshi, ya'ni suyuklisi kechqurun keldi. Kechqurun bo`lgani uchun ,,yoshurun" keldiki, ochiq kelganida olam kunduzga aylanib ketgan bo`lardi. Oshiq shunchalar baxtliki, necha asrlar mobaynida bunday kechqurun qaytib kelmasa kerak deb o`ylaydi. Lekin yaxshilarga uzoq baxtiyor bo`lish buyurilmagan. Shu kungi quvonch ham kemtik:
Bobur—o`ktam shaxsiyat va buyuk iste'dod egasi. Shax-siyatidagi o`ktamlik, tafakkur parvozi, ruh erkinligi singarijihatlar uning g`azaliyotida ham yaqqol bo`y ko`rsatib turadi. Jumladan, shoirning ,,Bahor ayyomidir dag`i yigitlikning avonidur" satri bilan boshlanadigan g`azalida yigitlik shavqiga to`lgan, olamning barcha jihatlaridan go`zallik topishga, undan lazzat olishga qodir oshiq timsoli yaratilgan.
Shoir ijodida ruboiy janri alahida o‘rin tutadi.
Yod etmas emish kishini mehnatda kishi,
Shod etmas emishkishini g‘urbatda kishi’
Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi oh
G‘urbatda sevinmas emish albatta kishi
Shoir bu ruboiysi orqali o‘z hayotida bo‘lib o‘tayotgan ayanchli damlar haqida xabar berib o‘tadi.
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir.
Yaxshi kishi yonlig‘ ko‘rmagay hargiz
Har kimli yomon bo‘lsa jazo topqusidir.
Ruboiy o‘quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.
Mustahkamlash :

  1. Bobur hayoti va ijodi haqida ma’lumot bering.

  2. Nechi yoshida taxtga o‘tirdi?

  3. Bobur oilasi haqida nimalar bilasiz?

  4. Shoir ijodi haqida fikr bildiring.

  5. Qabri qayerda joylashgan?

Dars davomida faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadilar.
Uyga vazifa: shoir hayoti va ijodi haqida o‘qib, o‘rganib kelish.
Download 56,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish