O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi tarbiya i-sinf uchun o‘quv-metodik qo‘llanma toshkent – 2020



Download 11,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/102
Sana18.01.2022
Hajmi11,44 Mb.
#390953
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   102
Bog'liq
Тарбия 1 методика узб 15.10.2020

O‘
qituvchiga  tavsiya: 
o‘quvchilar  uchun 
uyga  beriladigan  vazifani  guruhga  taqsimlab 
 
berish yoki bir­ikkitasini ajratib berishi mumkin.


94
Qo‘shimcha  o‘qish  uchun 
(O‘qituvchi 
tomonidan o‘qib berish tavsiya etiladi)
:
Kiyimlar haqida nimalarni bilamiz?
Kiyim  –  deb  inson  ustini,  badanni  yopib  turuvchi 
har qanday mato shaklidagi buyumga aytiladi. Kiyimlar 
tikiladi, toʻqiladi, yoki boshqa usullar bilan tayyorlanadi. 
Kiyim  kiyishdan  maqsad  avvalo  tanani  atrof­muhit 
taʼsiri:  issiq­sovuq,  shamol,  chang­toʻzon,  quyosh 
nurlari,  yogʻin  va  hokazodan  asrashdir.  Bundan 
tashqari,  ijtimoiy  va  psixologik  sabablarga  koʻra  kiyim­
kechak koʻrimli, chiroyli qilib tayyorlanadi.
Kiyim  turiga  koʻra  –  ichki  kiyim,  ustki  kiyim,  bosh 
kiyimlar,  oyoq  kiyimlar  (poyabzal);  vazifasiga  koʻra 
–  kundalik,  uyda,  dam  olish  paytida,  bayram  va  toʻy 
marosim­tantanalarda  kiyiladigan  kiyimlar,  ish  kiyim, 
sport kiyim, rasmiy kiyim (forma)lar, maxsus kiyimlarga 
boʻlinadi;  ayollar,  erkaklar  va  bolalar  kiyimlariga 
ajratiladi.
Kundalik  kiyim,  odatda,  xalqning  madaniyati, 
kishining  didiga  mos  boʻlib,  turli  modada,  turli  xil 
matolardan tikiladi. 
Dam  olish  paytida  kiyiladigan  kiyim  yumshoq  va 
mayin matodan, erkin harakat uchun qulay qilib tikiladi. 
Bayram,  marosim  kiyimlari  milliy  uslubda, 
qimmatbaho  matolardan  tayyorlanadi,  turli  bezaklar 
(kashta, munchoq) bilan boyitiladi. 
Ish  kiyimi  oddiy  matolardan  mehnat  jarayoniga 
mos  qilib  tikiladi  (masalan,  oʻt  oʻchiruvchining  ish 
kiyimi  oʻtga  chidamli  brezentdan,  baliqchilarning  kiyimi 
suv  oʻtkazmaydigan  matodan  tikiladi,  tibbiyot  xodimi, 
sartarosh, oshpazlarning ish kiyimi asosan, oq xalatdan 
iborat). 
Sport  kiyim  jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan 
shugʻullanish uchun qulay qilib tikiladi. 
Rasmiy  kiyim  (forma),  harbiy  kiyim,  ichki  ishlar 
xodimi,  aloqachi  va  rasmiy  kishilarning  maxsus 
nizomda belgilangan kiyimlari. 


95
Biz  uchun  muhim  bo‘lgan  bolalar  kiyimi  rang­
barang pishiq matodan qulay qilib tikiladi. Kiyim ixcham, 
iqlim  va  faslga,  jins,  yoshga  moslashtirilgan,  eng 
muhimi,  qulay  boʻlishi,  kishiga  yarashib  turishi  lozim. 
Kiyim  tikish  uchun  oldin  tabiiy  (paxta,  jun,  ipak)  yoki 
sunʼiy  (sintetik)  matolardan  tanlanadi,  tikuvchilar  uyda, 
atelyelar  va  fabrikalarda  kiyim  tikishadi.  Buning  uchun 
avval  matoni  bichib  olish  kerak.  Bu  ishni  bichiqchi 
bajaradi. Unga modelyer rassom kiyim rasmi (modeli)ni 
chizib beradi.
Kiyim  eng  qadimgi  ixtirolardan  bo‘lib,    geografik 
muhit, xoʻjalik shakli, ijtimoiy munosabatlar, madaniyat, 
etnik  qatlamlarga  bogʻliq  holda  taraqqiy  etgan.  Tosh 
davri  yodgorliklari  orasida  terini  ishlaydigan  tosh 
va  tikadigan  suyak  ignalar  topilgan.  Kiyim  uchun 
matodan  tashqari  barglar,  oʻtlar,  daraxt  poʻstloqlari 
ham  xomashyo  vazifasini  oʻtagan.  Ibtidoiy  odamlar 
hayvon  terilari,  daraxt  poʻstloqlari  va  barglarini  suyak 
va hayvon shoxidan ishlangan “ignalar” bilan shunchaki 
chatib,  badanlariga  “ilib”  olishgan.  Yangi  tosh  davrida 
ip  yigirish  va  mato  toʻqish  sanʼatini  oʻzlashtirgan  inson 
kiyim  tikishda  dastlab  yovvoyi  oʻsimlik  tolalaridan 
foydalangan, 
chorvachilik 
va 
dehqonchilikning 
rivojlanishi  mato  tayyorlash  uchun  uy  hayvonlarining 
juni  va  madaniy  oʻsimliklarning  tolalaridan  foydalanish 
imkonini  bergan.  Barcha  kiyim  turlari  2  boshlangʻich 
koʻrinishdan  –  yelkaga  tashlab  qoʻyiladigan  teri,  oʻt, 
barg  va  parlardan  toʻqilgan  yopqich  va  bel  (boksa) 
bogʻlamlari  (belbogʻ)dan  rivojlanib  shakllangan. 
Keyinchalik kiyimlar yopinchiq (plashch), koʻylak, kaftan 
kabi,  bel  bogʻlamlari  ishton,  yubka,  fartuk  kabi  turli  xil 
shakllarga ega boʻldi; shippak yoki oyoqni oʻrab turgan 
bir  parcha  hayvon  terisi  eng  sodda  qadimgi  poyabzal 
turi  boʻlgan,  shuningdek,  poyabzal  uchun  daraxt 
poʻstlogʻi va daraxtdan ham foydalanilgan.


96
Dunyoda 
dastlabki 
kiyim 
Qadimgi 
Misr 
kiyimlaridir.  Qadimgi  Misrda  erkaklar  (bellariga  mato 
yoki  teri  bogʻlagan)  va  ayollar  (bogʻichli  toʻgʻri  koʻylak) 
kiyimlarida  burmalar  qoʻllanilgan.  Turli  rangdagi  nozik 
matodan tayyorlanib kashtalar bilan bezatilgan kiyimni, 
odatda,  hukmron  tabaqa  vakillari  kiygan,  qullar  dagʻal 
mato yoki teridan tayyorlangan kiyim kiygan. 
Yunonlar  xiton  (yengsiz  koʻylak)  kiyishgan,  bu 
kiyimlar inson qiyofasiga ulugʻvor soddalik baxsh etgan, 
inson  tanasining  egiluvchanligini  ko‘rsatgan  (ular, 
asosan, oq jun va kanop matolardan tayyorlangan). 
Qadimgi Rim kiyimi ham yunonlarniki kabi burmali 
boʻlgan. 
Xalqlar  oʻrtasida  iqtisodiy  aloqalarning  kengayishi 
natijasida kiyim bichimlari bir mamlakatdan ikkinchisiga 
tarqalgan. XX­asrda texnika taraqqiyoti va unga bogʻliq 
holda  oʻzgargan  hayot  tarzi,  tikuvchilik  sanoatining 
oʻsishi kiyim tarixida yangi davrni ochib berdi, avtomobil 
va mototsiklda yurishning keng tarqalishi tufayli erkaklar 
kiyimida  oʻzgarishlar  roʻy  berdi:  kalta  shim,  kurtka, 
rangli koʻylak, bosh kiyim – keplar paydo boʻldi. O‘tgan 
asrning  50­yillaridan  erkin  harakatga  qulay  boʻlgan 
kiyim yuzaga keldi, ancha yengil va shaklan nafis kiyim 
yaratildi,  yenglari  yaxlit  bichimli  koʻylaklar,  pochasi  tor 
shimlar paydo boʻldi, sport kiyimlari keng tarqaldi.
Oʻzbekiston  hududida  mahalliy  kiyim  qadimdan 
iqlim,  turmush  sharoitlari  va  urugʻ­qabila  anʼanalari 
asosida  shakllangan.  XIX­asr  kiyimlari  (toʻn,  koʻylak, 
yaktak, chopon va b.) keng, uzun, yaxlit bichimi, odam 
qomatini  berkitib  erkin  toʻkilib  turishi  kabi  qadimiy 
xususiyatlarni  saqlagan.  Qishki  va  yozgi,  erkak,  ayol 
va bolalar kiyimlari bir xilligi, shakli va bichimi yaqinligi 
bilan  ajralib  turadi:  oq  yoki  malla  boʻzdan  koʻylak, 
qalami  yaktak  yoki  toʻn,  olachi  chopon,  doʻppi  oʻzbek 
erkaklari uchun, ayollar uchun keng koʻylak, uzun lozim, 
nimcha, kaltacha asosiy milliy kiyim hisoblangan.
uz.wikipedia.org internet ma’lumotlari asosida


97

Download 11,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish