«Narsani almashtirish»
Maydonchaning bir chetida 5-6 bola turadi, qoTlarida o‘yinchoq, ikki chetda, ustida bittadan kubik yotgan stullar turadi. Tarbiyachining «yuguring» degan ishorasi bilan bolalar stullar turgan tarafga yuguradilar va o‘yinchoqni qo‘yib, kubikni olib, o‘zjoylariga qaytib keladilar. Birinchi kelgan bola belgilanadi. So‘ngra yana 5-6 bolalar o‘yinni davom ettiradilar.
«Oyog‘ingni ho‘l qilma»
Maydonchaning bir tarafida bolalar o‘tiradilar. Ulardan 3-4 qadam masofada chiziq chiziladi. Uning oldiga 4-5 o‘ynovchilar turadilar. Maydonchaning boshqa tarafida har bir o'ynovchi to‘g‘risiga bayroqcha bilan stullar qo‘yiladi. Chiziqdan 4-5 metr masofada botqoqlik (ariqcha) chiziladi, 3-4 metr kenglikda. O‘ynovchilar 2 tadan kichkina taxtacha (30x20 sm) oladilar. Bolalarga oyoqlarini ho‘l qilmasdan taxtachalar ustidan (polni bosmasdan) yurib bayroqchalarga yetib borish topshiriladi. Tarbiyachining ishorasi bilan o‘ynovchilar botqoqlika yetib borib, taxtachaning bittasini qo‘yib uni ustida turadilar, orqada yotgan avvalgi taxtachani
olib yana oldilariga qo'yadilar, botqoqlikdan o‘tib olgunlaricha shunday davom etadi. So‘ngra o‘zlarining bayroqchalari oldiga borib, uning ko‘taradilar. Kim birinchi bo‘lib bayroqchani ko‘tarsa, shu g‘olib hisoblanadi. So‘ngra bolalar bayroqchalarni joyiga qo‘yib, joylariga qaytadi va taxtachalami boshqa bolalarga beradi. O‘yin qaytadan davom etadi, o‘yinda hamma katnashishi shart.
«O‘rmondagi ayiq»
Maydonchaning bir tomoniga ayiq ini chizib qo‘yiladi. Ikkinchi tomonida bolalar yashaydigan uy aks ettiriladi. Tarbiyachi inida o‘tiradigan ayiqni tanlaydi. Tarbiyachi: «Bolalar boringlar, o‘ynab kelinglar’» - deyishi bilan bolalar uylaridan chiqib, o‘rmonga o‘ynagani ketadilar, qo‘ziqorin teradilar, kapalak tutadilar va hokazo (engashadilar, rostlanadilar va shu singari boshqa taqlidiy harakatlarni bajaradilar). Ular baravariga shunday deydilar:
Ayiq ini oldida, Qo 'ziqorin teramiz. Ayiqvoy o ‘kirganda, Bizlar qochib ketamiz.
«O‘kirganda» so‘zidan so‘ng ayiq uylariga qochib ketayotgan bolalarni tuta boshlaydi. Ayiqning qo‘li tekkan bola tutilgan hisoblanadi: ayiq uni o‘z iniga olib borib qo‘yadi.
O‘z chegarasidan o‘tgandan keyin bolalarni ushlash raumkin emas. Ayiq bir necha o‘yinchini olgandan keyin o‘yin yana boshqatdan boshlanadi. Endi ayiq vazifasiga boshqa bola tayinlanadi. O‘yin 3-4 marta takrorlanadi.
O‘yinning boshqacha, ikkita ayiq bilan o‘ynaladigan turi ham boTishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |