O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi


Savod o‘rgatish davrida grammatik-orfografik propеdеvtika



Download 0,78 Mb.
bet50/199
Sana17.07.2022
Hajmi0,78 Mb.
#812321
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   199
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloya

Savod o‘rgatish davrida grammatik-orfografik propеdеvtika.
Savod o‘rgatish davridayoq bolalar grammatika va imlodan ayrim matеriallarni amaliy asosda o‘zlashtira boradilar, ya’ni ularga mavzu tushuntirilmaydi, nazariy ma’lumot bеrilmaydi.
Bolalar ogzaki va yozma nutqni o‘zlashtirish va yozma ishlarni bajarish bilan o‘quv yilining ikkinchi yarmida yoki kеyingi sinflarda o‘rganiladigan mavzularni o‘zlashtirishga tayyorlanadilar.
Savod o‘rgatishning birinchi oylaridayoq bolalar Ali, Omon, Olyam, Nayma kabi juda ko‘p ismlarni o‘qiydilar va kishilarning ismlari bosh harf bilan yozilishini amaliy o‘zlashtira boradilar.
Bu bilan ular o‘quv yilining ikkinchi yarmida o‘rganiladigan kishilarning ismi bosh harflar bilan yozilishiga doir imlo qoidasini o‘zlashtirishga tayyorlanadilar. Til-dil, olti-oldi kabi so‘zlarni o‘qishni mashq qilish jarangli va jarangsiz undoshlarni o‘zlashtirishga, son-sana, gul—gulchi-guldon—gulzor, bor-bogbon-borcha kabi so‘zlarni o‘qishni mashq qilish esa bolalarni o‘zakdosh so‘zlar mavzusini o‘zlashtirishga tayyorlaydi.
Mashqlar tizimi boshlang‘ich sinflar grammatika va imlo programmasining bosqichli izchillik printsipi asosida tuzilishiga mos kеladi. Amaliy ishlar matijasida bolalarda ma’lum nutq tajribasi, til qoidalarini, so‘zni, uning tarkibi va yasalishini, boshqa so‘zlar bilan bog o‘langanda o‘zgarishini kuzatish tajribasi to‘plana boradi. Mana shu tajribalar asosida o‘quvchilar nazariy umumlashmalarni o‘zlashtiradilar, bular asosida esa grammatik tushuncha va orfografik qoidalar shakllanadi.
Ozkomplektli maktablarda savod o’rgatish darslarining
xususiyatlari
Oz komplektli maktablarda savod o’rgatishni tashkil etishda o’qituvchi bir vaqtning o’zida ikki yoki uch sinf bilan ishlaydi, ya’ni bir vaqtning o’zida bir necha sinf o’quvchilari bilan ish olib boradi. Bunday sinflarda dars jadvali integrallashtirilgan bo’lishi kerak va darslar 30 daqiqagacha qisqartirilishi mumkin. Savod o’rgatish davridagi yozuv darslarini boshqa sinflarda olib boriladigan matematika, tabiatshunoslik va ba’zan o’qish darslari bilan birga olib borish maqsadga muvofiqdir.
Oz komplektli maktablarda o’quvchilarning mustaqil ishlariga alohida ahamiyat beriladi, chunki o’qituvchi ikki sinf yoki uch sinf bilan ishlaganda, bir sinf bilan alohida ishlay olmaydi: u bir sinf bilan ishlashi uchun qolgan sinflarga mustaqil ish topshirib, ularni band qilishga majbur. Shuning uchun maxsus mustaqil ishlar tizimi ishlab chiqilishi zarur. Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish davrida mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli uyushtirish uchun “Alifbe”ga qo’shimcha, ishni jonlantiradigan didaktik tarqatma materiallar muhim ahamiyatga ega.
Mustaqil ish savod o’rgatish jarayonida o’qituvchining rahbarlik qilishini talab etadi: o’qituvchi aniq vazifa topshiradi, uni qanday bajarishni yaxshilab tushuntiradi, o’quvchi bajargan ishni sinfning o’zida tekshiradi. Boshqa sinflar bilan ishlash jarayonida ham u 1-sinf o’quvchilarining mustaqil ishni qanday bajarayotganini kuzatib boradi.
Savod o’rgatish jarayonida bajariladigan mustaqil ishlarga turli predmetlar shaklini chizish, bir xil oraliqni mo’ljallab nuqtalar qo’yish, yotiq to’g’ri chiziqlar chizish, ayrim harflar elementlarini yozish, rasmga qarab savollarga javob berishga tayyorlanish, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlarni kiritish mumkin.
Alifbo davrida esa harf terish kartoni va abak yordamida turli xil analitik-sintetik ishlarni uyushtirish, rasm asosida suhbat, ovoz chiqarib yoki ichda o’qish, qayta hikoya qilishga tayyorlanish, berilgan bo’g’inlar yordamida so’zlar tuzish, gaplarni to’ldirish, o’qilgan matnga oid rasm chizish, namuna asosida yozish, tushirib qoldirilgan harf yoki so’zni o’rniga qo’yib yozish, berilgan predmetlarni ma’lum belgisiga ko’ra guruhlash va umumlashtirish kabi mashqlarni qo’llash, bu jarayonda texnika vositalaridan unumli foydalanish zarur. Mustaqil ish sifatida tarqatma materialda berilgan so’zni o’qish, unli va undosh harf tagiga chizish, so’zni bo’g’inlarga ajratish kabi mashqlarning berilishi o’qituvchiga juda qo’l keladi.
Oz komplektli maktablarda texnika vositalaridan foydalanish ham katta ahamiyat kasb etadi.
Komplekt sinflarni to’g’ri taqsimlash va birlashtirish, dars va mustaqil ishlarni mohirlik bilan uyushtirish va rejalashtirish, didaktik materiallardan, ko’rgazmali vositalardan unumli foydalanish yo’li bilan oz komplektli sinf o’quvchilarining bilimlarni puxta o’zlashtirishlariga erishish mumkin.



Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish