Turdosh va atoqli otlar. Bu mavzuni tushintirishda o’qituvchi, dastlab, atoqli va turdosh otlar ishtirok etgan bir necha gapni xat tahtasiga yozib ko’rsatadi: Bola tuђilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.
O’quvchilar o’zlaridagi bilim va malakalariga suyanib turdosh va atoqli otlarni ajratadilar. Shundan so’ng o’qituvchi atoqli va turdosh otlarga ta’rif beradi. Kishilarning aniq nomlaridan tashqari tahalluslar va ayrim jonivorlarga atab qo’yilgan maxsus nomlar atoqli ot sanalishi alohida izohlagadi (Karimov Islom Abduђaniyevich).
Turdosh ot bir turdagi narsalarni boshqa turdan ajratsa (daraxt, suv, kaptar, chumchuq), atoqli ot shu turning ichidan mahsus nomlaydi (to’rtko’z, mosh) .
Turdosh otning atoqli otga ko’chishi ustida maxsus mashq o’tkazish foydalidir.(to’lqin-To’lqin, uchqun-Uchqun, ђayrat-Ђayrat va yer (planeta) va yer (quruqlik). O’quvchilarning o’zlari shunday so’zlar topib gap tuzadilar.
Gapda bunday so’zlarni atoqli va turdosh ot bo’lib kelishini farqlaydilar.
Atoqli otlar haqida bilim berilganda, ayrim atoqli otlarning qo’shtirnoq ichiga olinishi alohida ta’kidlanishi, bunga baђishlangan mashqlar o’tkazilishi kerak.
Maktab darsligida berilgan mashqlar ishlanganda so’ng o’quvchilarga kichikroq hajmdagi bir tekisdan atoqli va turdosh otlarni ajratish uy vazifasi qilib beriladi. O’quvchilar ko’rsatilgan matndagi atoqli otlarni bir tamonga, turdosh otlarni bir tamonga ko’chirib yozadilar.
Otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishi. Otlardagi son kategoriyasi uning morfologik belgilaridan biri sanaladi. Bu mavzu uchun maktab darsligida maxsus qoida berilmagan bo’lsa ham, lekin unda birlikda qo’llanuvchi otlar va ko’plikning ifodalanishi 4-sinf o’quvchilarining bilim saviyasi darajasiga moslab yoritilgan. O’quvchilar diqqati, dastlab, doimo birlikda qo’llaniladigan otlarga jalb qilinadi: temir, suv, yugurish, xaloyiq kabi. Undan keyin o’quvchilarning e’tibori juft narsalarni bildiruvchi otlarga jalb qilinadi: ko’z, qo’l, oyoq, etik, qosh kabi. Demak, otlar birlikda yoki ko’plikda qo’llanadi. Shunday misol yozishi mumkin:
Go’zal dunyo, baxmal bog’lar, ulug’ shaharlar,
Sho’h to’lqinli, tiniq suvli, katta daryolar,
Ulug’ Vatan-bari mening qanot ostimda.
G’.G’ulom.
O’quvchilar birlikda va ko’plikda kelgan otlarni ajratib, jadval tuzadialr.
Birlikdagi otlar
|
ko’plikdagi otlar
|
dunyo, bino, Vatan, koinot
|
boђlar, shaharlar, daryolar
|
Bu hildagi mashq o’quvchilarga uy vazifasi qilib ham topshiriladi.
O’quvchilar narsa hodisaning belgisi deb, ko’pincha uning rang-tusini (qizil bayroq) tushunadilar. Belgi ma’nosi ostida narsa-hodisaning rang-tusidan tashqari, uning mazasi (shirin qovun), shakli (yumaloq kalla ), xususiyati sho’x bola), vaqtga munosabati (osmondagi samalyot), biror belgiga egaligi (kuchli yigit), xosligi (ilmiy xulosa), jismoniy holati (yosh bola, qari chol), o’lchovi (oђir tosh) kabilar tushiniladi. Aslida o’quvchilar sifatni aniqlashda uning ma’nosini nazarda tutishlari,so’roqlar esa yordamchi vosita ekanligini tushinib olishlari kerak. Shuning o’quvchilarga sifat haqida umumiy ma’lumot berilganda, narsaning belgisi tushunchasi haqida alohida to’xtalish va buni tegishli mashqlar orqali mustahkamlash zarur. So’ngra sifatning belgi darajasini ham ko’rsatish (sho’hroq bola) ta’kidlanadi.
Sifat, otatda, otga, ba’zan fe’lga boђlanib, ulardan oldin keladi: bu uning eng muhim xususiyati sanaladi: yam-yashil vodiy, tiniq osmon, aziz odam, chiroyli yozmoq kabi.
O’qituvchi o’quvchilarga otlarning grammatik belgilarini eslatadi va uning sifatning grammatik belgilari bilan solishtiradi. Shundan so’ng o’quvchilar ham otlashgan sifatlarga mustaqil misollar topadilar.
Sifatlar muhim stilistik vazifa bajaradi. Ayniqsa, badiy adabiyotda sifatlash usuli asosan sifatlar orqali yuzaga keladi.
«Sifat yasovchi qo’shimchalar» mavzusidan o’tishdan avval o’quvchilarga so’z tarkibi tushintiriladi, so’z yasash bo’yicha o’tilganlar takrorlanadi. «Sifat yasovchi qo’shimchalar», so’zlarni qo’shish bilan yasalishi izohlanadi. Yasama sifatlarning eng ko’pi fe’li o’zaklaridan, otlardan va sifatlarning o’zidan yasaladi. -li qo’shimchasi eng faol sifat yasovchilardan sanaladi. O’quvchilar ko’pincha ilmli, gavdali, qoniqarli, yetarli kabi sifatlardagi sifat yasovchi -li qo’shimchasini kichiklik, kattalik, toshkentlik, ko’rpalik, (chit), yozlik(ko’ylak), oylik(taqvim) kabi so’zlardagi belgi-sifat oti yasovchi -lik qo’shimchasi bilan aralashtirib, ko’p hollarda orfografik hatoga ham yo’l qo’yadilar. O’qituvchi sifat yasovchi –li qo’shimchasini tahlil qilish vaqtida uni belgi-sifat oti yasovchi -lik qo’shimchasi bilan aralashtirmaslik kerakligini alohida ta’kidlash kerak. Bu o’rinda qanday hollarda -li, va qanday hollarda -lik yozilishi aniq misollar bilan bayon etiladi. Biror belgiga egalik, tegishlilikni bildiruvchi -ik qo’shimchasi bilan yasalgan sifatlar (demokratik) ustida mahsus mashq bajarilib unda talafuzga rioya qilish lozim.
Sifatlarning yasalishi va sifat yasovchi qo’shimchalar mavzusidagi darslarda orfografik hamda nutq o’stirish ishlari alohida o’rin tutadi. Shuni nazarda tutib bir marta ta’kidiy diktant va bir marta kontrol diktant o’tkazish mumkin.
«Son» mavzusini o’rganishga kirishishdan oldin o’qituvchi ot va sifatlarning muhim grammatik belgilarini o’quvchilarga eslatishini kerak, chunki son ham, xuddi sifatlar kabi, narsa (ot)ga boђlanadi, narsaning miqdorini yoki tartibini bildiradi.
Birinchi darsda sonning ma’nosi va grammatik belgisi haqida o’quvchilarga umumiy ma’lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |