O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/88
Sana23.04.2022
Hajmi2,14 Mb.
#576220
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   88
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua

3.5.
 
Mustaqil ishlash metodlari 
Bu metodlarga darslik, qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari va ko‘rgazma 
vositalari ustida mustaqil ishlash metodlari kiradi. Mustaqil ishlash metodlarining 
o‘ziga xos xususiyatlaridan biri o‘quvchilarning o‘quv topshiriqlarini o‘qituvchining 
bevosita boshqaruvisiz bajarishidir. Mustaqil ishlash metodida o‘quvchilarning 
mustaqil o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish nazarda tutiladi. Mazkur 
metodda darslik, qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari, ko‘rgazma vositalari ustida mustaqil 
o‘tkazilgan kuzatish va tajriba natijalari, masala va mashqlar ishlash bilim manbai 
sanaladi. 
Barcha metodlar kabi mustaqil ishlash metodlarining ta’limiy, tarbiyaviy 
va rivojlantiruvchi vazifasi mavjud. Ta’limiy vazifasi sifatida o‘quvchilarning bilim 
va ko‘nikmalarni mustaqil egallashlari, bilimlarni chuqurlashtirish, mustahkamlash 
va takrorlashni ta’minlashini qayd etish mumkin. Ular o‘quvchilarning amaliy o‘quv 
ko‘nikmalari va malakalarni yaxshi o‘zlashtirishlarida, ayniqsa, muhimdir, chunki 
mustaqil harakatsiz ko‘nikmalarni avtomatlashgan va ijodiy xarakterdagi malaka 
darajasiga ko‘tarib bo‘lmaydi. 
Tarbiyaviy yo‘nalishdagi vazifasi o‘quvchilarda mustaqillik, bilish 
faolligi, ma’naviyat, faol hayotiy pozitsiyani egallash, mehnatsevarlik va insoniy 
fazilatlarni tarkib toptirishga yordam beradi. 
Rivojlantiruvchi yo‘nalishdagi vazifasi o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, 
tafakkuri, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishga yordam berish, irodani 
chiniqtishdir. 
Mustaqil ishlash metodlari tarkibiga mustaqil ish topshiriqlarini berish
o‘quv faoliyatida mustaqillikni rivojlantirish, o‘quv mehnati malakalarini tarkib 
toptirish, namunaga muvofiq mustaqil ishlarni tashkil etish, ijodiy topshiriqlar berish 
uslublari kiradi. 
3.6.
 
O‘quvchilarning faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlari 
O‘quvchilarning faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlari ta’lim 
jarayonida pedagogik rag‘batlantirish orqali o‘quvchilarning yangi o‘quv materialini 


55 
egallashlarida ishtiyoq va faollikni ta’minlaydi. Mazkur metodlar o‘quvchilarning 
bilishga bo‘lgan qiziqishlari, aqliy faolliklari, yangi bilimlarni egallashga bo‘lgan 
ehtiyojlari, muloqot madaniyati, o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarish, baholash 
ko‘nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. SHuningdek, ta’limning ijtimoiy 
ahamiyatini tushuntirish, o‘quvchilarda ongli intizom, burch va ma’suliyatni tarkib 
toptiradi. 
O‘qitishda o‘quvchilarning faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash 
metodlariga o‘qishga bo‘lgan qiziqishni orttirish, didaktik-o‘yin, o‘quv munozaralari, 
o‘quvchilarning tahsil olishdagi burch va ma’suliyatini shakllantirish metodlari 
mansub bo‘lib, ular quyidagi: 
a) o‘qishga bo‘lgan qiziqishni orttirish metodlari o‘quvchilarda ijobiy 
hissiyotni vujudga keltirish, qiziqarli analogiyalardan foydalanish, taajjublanish 
effekti, bilish quvonchini vujudga keltirish, o‘quvchilarni rag‘batlantirish va tanbeh 
berish uslubi. 
b) didaktik-o‘yin metodi o‘yin syujetini tanlash, o‘yin vaziyatlarini vujudga 
keltirish, o‘quv-bilishga oid o‘yinlarni tanlash, o‘quvchilarni rag‘batlantirish uslubi. 
v) o‘quv munozaralari metodi o‘quv bahslarini keltirib chiqaradigan 
vaziyatni yaratish, ilmiy bahslarni vujudga keltirish, o‘quvchilarni muvaffaqiyatlarga 
yo‘llash, o‘quvchilar fikrini bayon qilishi, ular javobidagi xatolarni to‘g‘rilash, 
o‘quvchilarni rag‘batlantirish uslubi. 
d) o‘quvchilarning tahsil olishdagi burch va ma’suliyatini shakllantirish 
metodi ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, o‘qishning shaxsiy 
ahamiyatini tushuntirish, o‘quv talablarini qo‘yish, o‘qitishda rag‘batlantirish va 
tanbeh berish kabi uslublarni mujassamlashtiradi. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish