58
4-
mavzu:
Biologiya
fanini
o‘qitishda
zamonaviy
ta’lim
texnologiyalarini qo‘llash.
Reja:
1.
Didaktik o‘yin texnologiyasi
2.
Modulli ta’lim texnologiyasi.
3.
Muammoli ta’lim texnologiyasi
4.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi
5.
Loyihalash texnologiyasi.
Tayanch iboralar:
didaktik o‘yin, modul, modulli ta’lim texnologiyasi,
modul dasturi, o‘quv faoliyati elementlari, muammoli ta’lim, hamkorlikda o‘qitish,
loyihalash texnologiyasi, tadqiqot xarakteridagi loyihalar, ijodiy xarakterdagi
loyihalar, rolli o‘yin loyihalar, izlanish xarakteridagi loyihalar, amaliy xarakterdagi
loyihalar.
4.
1. Didaktik o‘yin texnologiyasi
Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars shaklida
qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati
bilan uyg‘unlashtiriladi. SHu sababli o‘quvchilarning bilim olish faoliyati o‘yin
faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi.
Bola hayotida o‘yin faoliyati orkali quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1.
O‘yin orkali shaxsning ma’lum bir faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ortadi.
2.
Kommunikativ - muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi.
3.
O‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon etishga imkon yaratadi.
4.
Hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni engishga
tayyorlaydi, mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarini hosil qiladi.
5.
O‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos hulq-atvorni egallash,
kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi.
6.
SHaxsning ijobiy xislat va fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi.
7.
Insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy,
ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e’tibor
qaratiladi.
8.
O‘yin ishtirokchilarida jamoa muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda
tutiladi.
O‘yin bilan bog‘liq faoliyat o‘zining turtta xususiyati bilan ajralib turadi:
1.
Erkin rivojlantiruvchi faoliyatning vujudga kelishi (bunda o‘yin
ishtirokchilari rollarni, vazifalarni tanlash, o‘z faoliyatidan ko‘ngli to‘lishi nazarda
tutiladi).
2.
Ijodiy muhitning tarkib topishi (o‘yin ishtirokchilari tegishli ijodiy va
59
mustaqil faoliyatga ega bo‘ladilar).
3.
Xis-hayajonli vaziyatning paydo bo‘lishi (o‘yin davomida musobaqa,
raqobat, hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga keladi).
4.
O‘yin davomida belgilangan qonun-qoidalarga qat’iy amal qilinishi (o‘yin
mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va h.k.).
O‘yin tarkibiga quyidagi masalalar kiradi:
a) o‘yinning syujeti;
b) muayyan rollar, vazifalar;
v) ushbu rollarni amalga oshirish uchun bajariladigan amallar (usullar);
g) aniq o‘yinlar yoki shartli ravishdagi o‘yin vositalaridan foydalanish;
d) o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat, muloqot.
O‘yin faoliyatining tarkibi quyidagilardan tashkil topadi:
1.
O‘yindan ko‘zda tutilgan maqsadni aniqlash, loyihalash.
2.
Ushbu maqsadni amalga oshirish yo‘llarini belgilash.
3.
Olingan natijalarni tahlil kilish.
4.
O‘yin strukturasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.
Didaktik o‘yinlarning turlari: syujetli-rolli o‘yinlar; ijodiy o‘yinlar;
ishbilarmonlar o‘yini; konferensiya, o‘yin-mashqlar.
Kundalik hayotdagi ijtimoiy munosabatlarni, tabiat va tabiiy hodisalarning
ob’ektlari o‘rtasidagi aloqalarni badiiy ko‘rinish tarzida yoritish asosida vujudga
keltirilgan muammolarni o‘quvchilarning o‘zlaridagi bilim zahiralariga tayangan
holda hamkorlikda, boskichma- boskich hal etish jarayonida yangi bilimlarni
egallashga karatilgan didaktik o‘yinlarni syujetli-rolli o‘yinlar deb ataladi. Bunda
o‘yin syujeti jamiyatdan yoki tabiatdan olinadi. Ba’zan jamiyat va tabiatdagi
muammolar uyg‘unlashgiriladi.
O‘quvchilarning ijodiy izlanishi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va
qo‘shimcha bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o‘yinlar muhim
ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni
o‘quvchilar guruhining o‘zaro hamkorlikda avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va
malakalarini ijodiy qo‘llanish va izlanish orkali hal etishga zamin tayyorlaydigan
didaktik o‘yinlarni ijodiy o‘yinlar deb atash lozim. Ijodiy o‘yinli darslardan «Organik
olam evolyusiyasining asosiy yunalishlari», «Organik olam evolyusiyasining
dalillari»ni o‘rganishda foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda o‘quvchilar
guruhlarga teng bo‘linib, ularning har biriga shartli ravishda «Botaniklar»,
«Zoologlar», «Evolyusionistlar» degan nom beriladi. Har bir «mutaxassislar» guruhi
ijodiy izlanib, go‘yoki fanda yangiliklar kashf etadilar. O‘qituvchi tomonidan tavsiya
etilgan topshiriqlarni ko‘rgazmali qurollarga tayangan holda bajarib, o‘z javoblarini
60
asoslaydilar.
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni aks ettirishga, o‘quvchilarning
muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan hamda kasbiy
sifatlarini tarkib toptirish, ularni ongli ravishda kasbga yullash, ilmiy dunyokarashini
kengaytirishga mo‘ljallangan didaktik o‘yinlarni ishbilarmonlar o‘yini deyiladi.
Ishbilarmonlar o‘yini ham boshqa o‘yinlar kabi o‘qituvchi va o‘quvchilardan puxta
tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi. O‘qituvchi ishbilarmonlar o‘yinini uyushtirishda
quyidagi vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishi zarur:
1.
O‘yin mavzusini oldindan belgilashi.
2.
Didaktik o‘yinning maqsadi, vazifalari, borishi, mantiqiy ketma- ketligi,
o‘quvchilar bajarishi lozim bo‘lgan topshirikdarni aniqlash va rejalashtirish.
. Didaktik o‘yin davomida o‘quvchilar oldiga qo‘yiladigan o‘quv- bilishga
oid muammoli vaziyatlar tizimini vujuga keltirish yo‘llarini aniqlash va loyihalash.
4.
O‘quvchilarni didaktik o‘yinning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish,
didaktik o‘yin talab etadigan vazifalarni taqsimlash, xar bir o‘quvchiga aniq
yo‘llanma berish.
5.
Mazkur o‘quv-bilishga oid muammoli vaziyatlarni hal etishda
o‘quvchilarning avvalgi mavzulardan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini
tanish, odatiy va yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llanish imkoniyatlarini aniqlash.
6.
O‘quvchilarning didaktik o‘yinga tayyorgarlik faoliyatini kuzatish va
nazorat qilish.
Biologiya fanini o‘qitishda «Hayvonlar seleksiyasi» mavzusini ishbilarmonlar
o‘yini auksion-dars shaklida o‘tkazilishi maqsadga muvofiq.
Konferensiya darslari o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy
dunyokarashini kengaytirishda, qo‘shimcha va mahalliy materiallar bilan
tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikma
va malakalarini orttirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
O‘qituvchi konferensiya darsini o‘tishdan avval dars mavzusini, maqsad va
vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo‘tttimcha. ilmiy, ilmiy-ommabop
adabiyotlarni ko‘zdan kechiradi. Mazkur dars o‘tkazishdan 10 kun oldin dars mavzusi
e’lon qilinib, unga tayyorgarlik ko‘rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. Didaktik
o‘yinli darsda «olimlar» rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, ma’ruza
tayyorlash o‘quvchilarning ixtiyorida bo‘ladi. Darsga tayyorgarlik davrida o‘qituvchi
tomonidan ijobiy rag‘batlantirish va muloqot madaniyati, o‘quvchilarning darsga
qizg‘in ishtiroki muhim omil sanaladi.
Ilmiy konferensiya darsini quyidagicha o‘tkazish tavsiya etiladi:
61
I.
O‘qituvchining kirish so‘zi. Bunda o‘qituvchi dars mavzusi, maqsadi va
vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «olimlar» bilan tanishtiradi.
II.
Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. «Olimlar» mavzu yuzasidan tayyorlagan
ma’ruzalarini ko‘rgazmati qurollar asosida bayon etadilar.
III.
Ma’ruzalar muhokamasi. Bunda «Olimlar» va sinfdagi boshqa o‘quvchilar
o‘rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o‘tkaziladi.
IV.
Ilmiy konferensiya yakuni. O‘qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim
tushuncha va g‘oyalarni ta’kidlab, yakunlaydi.
V.
O‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar
rag‘batlantiriladi va baholanadi.
VI.
Uyga vazifa berish.
VII.
Darsni umumiy yakunlash.
Matbuot konferensiyasi sinfdagi barcha o‘quvchilarning o‘quv-bilish
faoliyatini faollashuvi bilan tavsiflanadi.
O‘yin mashqlar. O‘yin mashqlari uchun televidenie orqali muntazam berib
borilayotgan va o‘quvchi yoshlarning eng qiziq mashg‘ulotlariga aylangan o‘yinlarni
andoza qilib olish maqsadga muvofiqdir. Bunday o‘yinlar jumlasiga «Zakovat»,
«Zinama-zina», «Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?» kabilarni kiritish mumkin.
Mazkur o‘yinlarda o‘quvchilar, avvalo, o‘z bilimlarini sinab ko‘radilar va yana
ularning ko‘plarida shu o‘yinlar ishtirokchisi bo‘lish istagi vujudga kelishi tabiiy.
Zamon bilan hamnafas ishlayotgan har bir o‘qituvchi o‘quvchilardagi bu istak
va orzularni amalga oshirish uchun ta’lim jarayonida shunga o‘xshash o‘yinlarni o‘z
vaqtida o‘tkazishi o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish va
bilish faoliyatini faollashtirishga zamin tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |