O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/88
Sana23.04.2022
Hajmi2,14 Mb.
#576220
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   88
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua

58 
4-
 
mavzu: 
Biologiya 
fanini 
o‘qitishda 
zamonaviy 
ta’lim 
texnologiyalarini qo‘llash. 
Reja: 
1.
Didaktik o‘yin texnologiyasi 
2.
Modulli ta’lim texnologiyasi. 
3.
Muammoli ta’lim texnologiyasi 
4.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi 
5.
Loyihalash texnologiyasi. 
Tayanch iboralar: 
didaktik o‘yin, modul, modulli ta’lim texnologiyasi
modul dasturi, o‘quv faoliyati elementlari, muammoli ta’lim, hamkorlikda o‘qitish, 
loyihalash texnologiyasi, tadqiqot xarakteridagi loyihalar, ijodiy xarakterdagi 
loyihalar, rolli o‘yin loyihalar, izlanish xarakteridagi loyihalar, amaliy xarakterdagi 
loyihalar. 
4.
 
1. Didaktik o‘yin texnologiyasi 
Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars shaklida 
qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati 
bilan uyg‘unlashtiriladi. SHu sababli o‘quvchilarning bilim olish faoliyati o‘yin 
faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi. 
Bola hayotida o‘yin faoliyati orkali quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 
1.
O‘yin orkali shaxsning ma’lum bir faoliyatga bo‘lgan qiziqishi ortadi. 
2.
Kommunikativ - muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi. 
3.
O‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon etishga imkon yaratadi. 
4.
Hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni engishga 
tayyorlaydi, mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarini hosil qiladi. 
5.
O‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos hulq-atvorni egallash, 
kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi. 
6.
SHaxsning ijobiy xislat va fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi. 
7.
Insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, 
ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e’tibor 
qaratiladi. 
8.
O‘yin ishtirokchilarida jamoa muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda 
tutiladi. 
O‘yin bilan bog‘liq faoliyat o‘zining turtta xususiyati bilan ajralib turadi: 
1.
Erkin rivojlantiruvchi faoliyatning vujudga kelishi (bunda o‘yin 
ishtirokchilari rollarni, vazifalarni tanlash, o‘z faoliyatidan ko‘ngli to‘lishi nazarda 
tutiladi). 
2.
Ijodiy muhitning tarkib topishi (o‘yin ishtirokchilari tegishli ijodiy va 


59 
mustaqil faoliyatga ega bo‘ladilar). 
3.
Xis-hayajonli vaziyatning paydo bo‘lishi (o‘yin davomida musobaqa
raqobat, hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga keladi). 
4.
O‘yin davomida belgilangan qonun-qoidalarga qat’iy amal qilinishi (o‘yin 
mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va h.k.). 
O‘yin tarkibiga quyidagi masalalar kiradi: 
a) o‘yinning syujeti; 
b) muayyan rollar, vazifalar; 
v) ushbu rollarni amalga oshirish uchun bajariladigan amallar (usullar); 
g) aniq o‘yinlar yoki shartli ravishdagi o‘yin vositalaridan foydalanish; 
d) o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat, muloqot. 
O‘yin faoliyatining tarkibi quyidagilardan tashkil topadi: 
1.
O‘yindan ko‘zda tutilgan maqsadni aniqlash, loyihalash. 
2.
Ushbu maqsadni amalga oshirish yo‘llarini belgilash. 
3.
Olingan natijalarni tahlil kilish. 
4.
O‘yin strukturasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish. 
Didaktik o‘yinlarning turlari: syujetli-rolli o‘yinlar; ijodiy o‘yinlar; 
ishbilarmonlar o‘yini; konferensiya, o‘yin-mashqlar. 
Kundalik hayotdagi ijtimoiy munosabatlarni, tabiat va tabiiy hodisalarning 
ob’ektlari o‘rtasidagi aloqalarni badiiy ko‘rinish tarzida yoritish asosida vujudga 
keltirilgan muammolarni o‘quvchilarning o‘zlaridagi bilim zahiralariga tayangan 
holda hamkorlikda, boskichma- boskich hal etish jarayonida yangi bilimlarni 
egallashga karatilgan didaktik o‘yinlarni syujetli-rolli o‘yinlar deb ataladi. Bunda 
o‘yin syujeti jamiyatdan yoki tabiatdan olinadi. Ba’zan jamiyat va tabiatdagi 
muammolar uyg‘unlashgiriladi. 
O‘quvchilarning ijodiy izlanishi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va 
qo‘shimcha bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o‘yinlar muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni 
o‘quvchilar guruhining o‘zaro hamkorlikda avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va 
malakalarini ijodiy qo‘llanish va izlanish orkali hal etishga zamin tayyorlaydigan 
didaktik o‘yinlarni ijodiy o‘yinlar deb atash lozim. Ijodiy o‘yinli darslardan «Organik 
olam evolyusiyasining asosiy yunalishlari», «Organik olam evolyusiyasining 
dalillari»ni o‘rganishda foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda o‘quvchilar 
guruhlarga teng bo‘linib, ularning har biriga shartli ravishda «Botaniklar», 
«Zoologlar», «Evolyusionistlar» degan nom beriladi. Har bir «mutaxassislar» guruhi 
ijodiy izlanib, go‘yoki fanda yangiliklar kashf etadilar. O‘qituvchi tomonidan tavsiya 
etilgan topshiriqlarni ko‘rgazmali qurollarga tayangan holda bajarib, o‘z javoblarini 


60 
asoslaydilar. 
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni aks ettirishga, o‘quvchilarning 
muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan hamda kasbiy 
sifatlarini tarkib toptirish, ularni ongli ravishda kasbga yullash, ilmiy dunyokarashini 
kengaytirishga mo‘ljallangan didaktik o‘yinlarni ishbilarmonlar o‘yini deyiladi. 
Ishbilarmonlar o‘yini ham boshqa o‘yinlar kabi o‘qituvchi va o‘quvchilardan puxta 
tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi. O‘qituvchi ishbilarmonlar o‘yinini uyushtirishda 
quyidagi vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishi zarur: 
1.
O‘yin mavzusini oldindan belgilashi. 
2.
Didaktik o‘yinning maqsadi, vazifalari, borishi, mantiqiy ketma- ketligi
o‘quvchilar bajarishi lozim bo‘lgan topshirikdarni aniqlash va rejalashtirish. 
. Didaktik o‘yin davomida o‘quvchilar oldiga qo‘yiladigan o‘quv- bilishga 
oid muammoli vaziyatlar tizimini vujuga keltirish yo‘llarini aniqlash va loyihalash. 
4.
O‘quvchilarni didaktik o‘yinning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish, 
didaktik o‘yin talab etadigan vazifalarni taqsimlash, xar bir o‘quvchiga aniq 
yo‘llanma berish. 
5.
Mazkur o‘quv-bilishga oid muammoli vaziyatlarni hal etishda 
o‘quvchilarning avvalgi mavzulardan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini 
tanish, odatiy va yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llanish imkoniyatlarini aniqlash. 
6.
O‘quvchilarning didaktik o‘yinga tayyorgarlik faoliyatini kuzatish va 
nazorat qilish. 
Biologiya fanini o‘qitishda «Hayvonlar seleksiyasi» mavzusini ishbilarmonlar 
o‘yini auksion-dars shaklida o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. 
Konferensiya darslari o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy 
dunyokarashini kengaytirishda, qo‘shimcha va mahalliy materiallar bilan 
tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikma 
va malakalarini orttirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
O‘qituvchi konferensiya darsini o‘tishdan avval dars mavzusini, maqsad va 
vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo‘tttimcha. ilmiy, ilmiy-ommabop 
adabiyotlarni ko‘zdan kechiradi. Mazkur dars o‘tkazishdan 10 kun oldin dars mavzusi 
e’lon qilinib, unga tayyorgarlik ko‘rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. Didaktik 
o‘yinli darsda «olimlar» rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, ma’ruza 
tayyorlash o‘quvchilarning ixtiyorida bo‘ladi. Darsga tayyorgarlik davrida o‘qituvchi 
tomonidan ijobiy rag‘batlantirish va muloqot madaniyati, o‘quvchilarning darsga 
qizg‘in ishtiroki muhim omil sanaladi. 
Ilmiy konferensiya darsini quyidagicha o‘tkazish tavsiya etiladi: 


61 
I.
O‘qituvchining kirish so‘zi. Bunda o‘qituvchi dars mavzusi, maqsadi va 
vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «olimlar» bilan tanishtiradi. 
II.
Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. «Olimlar» mavzu yuzasidan tayyorlagan 
ma’ruzalarini ko‘rgazmati qurollar asosida bayon etadilar. 
III.
Ma’ruzalar muhokamasi. Bunda «Olimlar» va sinfdagi boshqa o‘quvchilar 
o‘rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o‘tkaziladi. 
IV.
Ilmiy konferensiya yakuni. O‘qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim 
tushuncha va g‘oyalarni ta’kidlab, yakunlaydi. 
V.
O‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar 
rag‘batlantiriladi va baholanadi. 
VI.
Uyga vazifa berish. 
VII.
Darsni umumiy yakunlash. 
Matbuot konferensiyasi sinfdagi barcha o‘quvchilarning o‘quv-bilish 
faoliyatini faollashuvi bilan tavsiflanadi. 
O‘yin mashqlar. O‘yin mashqlari uchun televidenie orqali muntazam berib 
borilayotgan va o‘quvchi yoshlarning eng qiziq mashg‘ulotlariga aylangan o‘yinlarni 
andoza qilib olish maqsadga muvofiqdir. Bunday o‘yinlar jumlasiga «Zakovat», 
«Zinama-zina», «Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?» kabilarni kiritish mumkin. 
Mazkur o‘yinlarda o‘quvchilar, avvalo, o‘z bilimlarini sinab ko‘radilar va yana 
ularning ko‘plarida shu o‘yinlar ishtirokchisi bo‘lish istagi vujudga kelishi tabiiy. 
Zamon bilan hamnafas ishlayotgan har bir o‘qituvchi o‘quvchilardagi bu istak 
va orzularni amalga oshirish uchun ta’lim jarayonida shunga o‘xshash o‘yinlarni o‘z 
vaqtida o‘tkazishi o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish va 
bilish faoliyatini faollashtirishga zamin tayyorlaydi. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish