Islom Karimov asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari



Download 18,5 Kb.
Sana17.12.2019
Hajmi18,5 Kb.
#30823
Bog'liq
Document11

Islom Karimov merosining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida “Islom Karimov asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Jizzax viloyati kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda yoshlarda mustaqil hayotiy pozitsiyani shakllantirishda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov asarlari muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.
“Islom Karimov asarlarida mamlakatimiz yoshlari hayotiy pozitsiyasini shakllantirish va ta’lim-tarbiya masalalari” mavzusi taniqli olimlar, yosh tadqiqotchilar tomonidan tayyorlangan ilmiy ma’ruza, maqola va tezislarda ilmiy-nazariy, amaliy va uslubiy nuqtai nazardan tahlil qilindi.
Konferensiyada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nafaqat mustaqilligimiz asoschisi, balki mamlakatimiz tanlagan taraqqiyot yo‘lining rahnamosi, yirik islohotchi, barkamol avlod tarbiyasiga yangicha yondashuvning chinakam tashabbuskori sifatida xalqimiz qalbida abadiy qolishi ta’kidlandi. Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan ilg‘or g‘oyalar, konseptual fikrlar yoshlarni ma’naviy barkamol, mustahkam va faol hayotiy pozitsiyaga ega yetuk insonlar etib tarbiyalashda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotgani buning isbotidir.
– Bugungi globallashuv jarayonlari dunyoning g‘oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o‘zgartirib, yangicha tafakkur uslubini taqozo qilmoqda, – deydi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti o‘qituvchisi, filologiya fanlari doktori Baxtiyor Karimov. – Shu bois O‘zbekistonda ta’limning ijtimoiylashuvi va ilm-fanni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Talaba-yoshlarni muayyan mutaxassislik, kasb-hunarni chuqur egallagan kadrlar etib tarbiyalash bilan birga, Vatan va xalq manfaati yo‘lida fidoyilik ko‘rsata oladigan, mustaqilligimiz mohiyati va qadrini teran anglaydigan, uni har qanday xavf-xatardan asrashni o‘zining muqaddas burchi, deb biladigan shaxslar qilib ulg‘aytirish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirishda Birinchi Prezidentimiz asarlarida ma’naviyat haqida bildirilgan ilmiy-metodologik fikrlar, g‘oya va tavsiyalarning ahamiyati katta.
Konferensiyada “Mamlakatimiz yoshlari hayotiy pozitsiyasini shakllantirishda Islom Karimov ma’naviy merosining o‘rni va ahamiyati”, “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yoshlar fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdagi o‘rni”, “Yoshlarda konstruktiv hayotiy pozitsiyani shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari”, “Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyatini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.
– Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov yosh avlodni ma’nan yetuk insonlar etib tarbiyalashning nafaqat moddiy-texnik tomoni, balki nazariy-metodologik, huquqiy va tashkiliy asoslarini ishlab chiqishning tashabbuskori, barkamol avlod tarbiyasini umummilliy vazifa darajasiga ko‘targan buyuk shaxs edi, – deydi Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi, filologiya fanlari doktori, professor Baxti Ochilova. – U kishining barcha asarlarida ma’naviyat va madaniyat muammolari bo‘yicha ilmiy asoslab berilgan qoida va xulosalar tamomila yangiligi, milliy va umuminsoniy ruhi mazmunan hamohangligi, Sharq falsafasi, islom ta’limotidagi ilg‘or g‘oyalarga asoslangani hamda mamlakatimiz istiqbolini nazarda tutgani bilan alohida ahamiyatga ega.
Anjumanda Islom Karimov asarlarini o‘rganish, targ‘ib qilish, oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishni chuqurlashtirish yuzasidan ilmiy-uslubiy tavsiyalar qabul qilindi.
Download 18,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish