O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/88
Sana23.04.2022
Hajmi2,14 Mb.
#576220
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua

3-
 
mavzu: Biologiya fanini o‘qitishda faol va interfaol metodlarni 
qo‘llash 
Reja: 
1.
O‘qitish metodlarining umumiy tavsifi, tasnifi. 
2.
O‘qitishning faol va interfaol metodlari: ta’rifi, xususiyatlari. 
3.
Muammoli izlanish metodlari. 
4.
Mantiqiy metodlar. 
5.
Mustaqil ishlash metodlari. 
6.
O‘quvchilarning faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlari. 
7.
O‘qitishda nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari. 


47 
Tayanch iboralar: 
metod, interfaollik, induksiya, deduksiya, umumlashtirish, 
bosh g‘oyani ajratish, mustaqil ishlash, o‘qitishni rag‘batlantirish, nazorat. 
3.1.
 
O‘qitish metodlarining umumiy tavsifi, tasnifi. 
Ta’lim jarayoni o‘quvchilarning bilim olish, ko‘nikma va malakalarni 
egallash, ularning ilmiy dunyoqarashi, ijodiy izlanishlarini rivojlantirish maqsadiga 
yo‘g‘rilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi sanaladi, boshqacha 
aytganda, ta’lim mazmunining o‘qitish metodlari yordamida o‘zlashtirilishiga 
erishishdir. Metod so‘zi umumiy ma’noda muayyan maqsadga erishish usulidir. 
O‘qitittt metodlari tom ma’noda o‘qituvchining bilimlarni o‘quvchilar ongiga etkazish 
va ayni paytda ularni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olish usulidir. 
Didaktikada o‘qitit metodlari quyidagi metodologik va nazariy qoidalarga 
asosan ta’riflanadi: o‘qitish metodi o‘qitish jarayonining o‘ziga xos pedagogik sharoitda 
ob’ektiv reallikni bilish metodlarining ifodasi sanaladi, ya’ni o‘qitish metodlari 
yordamida o‘quvchilarning bilish faoliyati tashkil etiladi va boshqariladi. 
O‘qitish metodlari o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish 
maqsadida qo‘llaniladi. Bu ularning asosiy funksiyalari sanaladi, shuningdek, mazkur 
metodlarning undovchi, rag‘batlantiruvchi, uyushtiruvchi va nazorat qiluvchi 
funksiyalari ham mavjud. 
O‘qitit metodlari yagona ta’lim jarayonining ikkita sub’ekti bo‘lgan 
o‘qituvchining 
pedagogik 
va 
o‘quvchilarning 
o‘quv-bilish 
faoliyatini 
uyg‘unlashtiruvchi, hamkorligini ta’minlovchi faoliyat usulidir. 
Darsda o‘qitish metodlari doimo muayyan birikma holida qo‘llanila- di. 
Darsning har bir bosqichida metodlarning u yoki bu birikmalaridan foydalaniladi. 
Muayyan bosqichdagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishni ta’minlovchi metod 
ustunlik qiluvchi metod hisoblanadi, qolgan metodlar unga bo‘ysunadi. Biologiyani 
o‘qitishda, aksariyat hollarda, ko‘rgazmali metod etakchi o‘rinni egallaydi, boshqa 
metodlar unga bo‘ysunadi yoki singib ketadi. 
Didaktikada o‘qitit metodlarini tasniflat munozarali masala bo‘lib, tasniflash 
turli asoslar bo‘yicha amalga oshirilgan. Akademik I.D.Zverev metodlarni o‘qitish 
manbalari va o‘quvchilar faollik darajasiga ko‘ra quyidagicha tasniflashni tavsiya etgan. 
Mazkur jadvalda o‘qitish metodlarining 9 ta guruhi keltirilgan: 
O‘qitish manbalari 
bo‘yicha 
O‘quvchilar faollik darajasiga ko‘ra 
Reproduktiv (qayta 
aytib berish) 
Qisman 
qidiruv 
tadqiqotchilik 
Og‘zaki 



Ko‘rgazmali 



Amaliy 





48 
Taniqli olim Yu.K.Babanskiy o‘qitish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratgan: 
o‘qitishning og‘zaki metodlari (hikoya, suhbat, ma’ruza); 
o‘qitishning ko‘rgazmali metodlari; o‘qitishning amaliy 
metodlari; o‘qitishning muammoli-izlanish metodlari; 
o‘qitishning mantiqiy metodlari; mustaqil ishlash metodlari; 
o‘qitishda o‘quvchilar faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlari; 
o‘qitishning nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari. Shuningdek, ta’lim 
jarayonida o‘quvchining faolligiga ko‘ra metodlarni uchta guruhga ajratiladi: passiv, 
faol, interfaol. 
Passiv metod - bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘zaro ta’sirining shunday 
ko‘rinishi-ki, bunda o‘qituvchi darsning borishini boshqaruvchi va asosiy faoliyat 
ko‘rsatuvchi shaxs, o‘quvchilar nofaol (passiv) tinglovchilar va ular o‘qituvchi 
ko‘rsatmasinigina bajarishadi, xolos. Ta’lim jarayoni shu tarzda tashkil etilganda 
o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi aloqa savol-javob, nazorat ishlari, testlar ko‘rinida 
amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonida passiv metodlarning qo‘llanilishi hozirgi kun talabi 
bo‘yicha samarasiz sanaladi. 



Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish