O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/88
Sana23.04.2022
Hajmi2,14 Mb.
#576220
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   88
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua

6.3.
 
Biologiya fanidan uy vazifalari 
Darslik bo‘yicha uy vazifalari o‘quvchilarning dars mavzusi bilan bog‘liq 
bo‘lgan o‘qituvchining amaliy va darslik bo‘yicha topshirig‘ini uyda mustaqil 
bajarishlarini tashkil etish shaklidir. 
O‘quvchilarning aksariyati darsliklardan to‘g‘ri foydalanishni bilmaydi, ba’zi 
o‘quvchilar topshiriq va mavzularni darslikdan yodlab oladilar, ayrimlar mavzularni 
yuzaki o‘rganadilar. Uyga berilgan topshiriqlar o‘quvchining fikr yuritishini 
faollashtiradigan, unda mustaqil ishlashga qiziqish uyg‘otgan taqdirdagina ko‘zlagan 
maqsadga erishiladi. Buning uchun topshiriqlar savollar shaklida ifodalangan 
bo‘lishi kerak, o‘quvchilar sinfda gapirib berish uchun darslik tekstini qatorasiga 
yodlab olmasdan, undan kerakli materialni tanlab olib, ularga javob tayyorlaydilar. 
Bunga erishish uchun darslikdagi ushbu mavzuni yodlang degan iboradan voz 
kechish kerakdir. 
O‘quvchilarning darslik bilan ishlashidan asosiy maqsad o‘qigan- larini 
tushunishdir, mantiqiy o‘qishni bilishdir, urg‘uni to‘g‘ri ishlatish, qonun va 
qoidalarni aniq ajrata olishdir. 
Mavzular oxirida berilgan savollar o‘quvchilar ishini ancha faollashtiradi. 


102 
O‘qituvchi o‘zi ham savollar tuzib, o‘quvchilarga javob topishni taklif etadi. Berilgan 
savollar orasida, ayniqsa, taqqoslashni talab etadigan savollar alohida ahamiyatga 
kasb etib, o‘quvchilarning shaxsiy kuzatishlariga ham asoslanadi. Taqqoslash 
sinfdan-sinfga o‘tgan sari murakkablashib boradi. 
O‘quvchini ob’ektlarni tanish va ularni taqqoslash, o‘xshash va farqli 
belgilarini aniqlash ko‘nikmalarini tarkib toptirish maqsadiga ega bo‘lgan uy 
vazifalari matnni tushunib o‘qishlariga zamin yaratadi. Bunday topshiriqlarga mos 
ravishda o‘quvchilarga kichik jadval to‘ldirish taklif etiladi. Masalan, 6-sinfda 
quyidagicha jadvallar berilishi mumkin. 
Darslik bo‘yicha uy vazifalari o‘tilgan darsda hosil qilingan bilimlarnigina 
emas, balki undan oldin o‘zlashtirilgan bilimlarni ham mustahkamlash yuzasidan 
bo‘lishi mumkin. 
Darsda o‘qituvchi o‘quvchilarni uyda darslikdan to‘g‘ri foydalanishni 
o‘rgatishi uchun quyidagi tavsiyalarni beradi: 
darslikning mundarijasini ko‘rib chiqing, u qanday bob va mavzularni o‘z 
ichiga olishini aniqlang; 
o‘rganilayotgan mavzu matnini qismlarga ajrating. Bir muncha qiyin 
qismlarini, ta’riflarni, qonun, qoidalarni, lug‘atlarni o‘qing; 
rasm, sxema, jadvallarni ko‘rib chiqing va ma’nosini tushinishga. harakat 
qiling, raqamli ma’lumotlarga e’tibor bering; 
o‘rganilayotgan mavzu matnini rasm, sxema, jadvallar yordamida 
tushuntirishni mashq qiling. 
O‘quvchilar uyda darslik bilan ishlaganda matnni o‘rganishdan oldin, 
mavzuning asosiy qoidalarini aniqlab olishlari va boshqa ma’lumotlardan ajratib 
olishlari kerak. 
YUqori sinf o‘quvchilari darslikni o‘qish vaqtida qisqacha yozib borishlari 
foydalidir, ular o‘rganilayotgan matn mazmunini xotirada ko‘proq qolishiga yordam 
beradi. Darslik mavzulari bo‘yicha rejalar tuzish, tezis va maqolalar yozish, bularning 
hammasi o‘quvchilarni darslikdan to‘laroq va chuqurroq foydalanishga, uy vazifasini 
tushunib tayyorlashga yordam beradi. 
Bilimlarni mustahkamlashda rasmlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 
G ulli o‘simliklarning oilalari G ul tuzilishi va formulasi 
Meva xili 


103 
O‘quvchilar faqat og‘zaki javob berib qolmay, balki ayrim gullarning, hayvonlarning 
va ularning organlarining tuzilishini, ularni jadvalda ifodalashni ham bilishlari kerak. 
SHuningdek, ular qon aylanish, nafas olish, ovqat hazm qilish, moddalar 
almashinuvini jadvalda ifodalashni ham bilishlari zarur. 
Uyda bajariladigan amaliy ishlar tabiiy ob’ektlar bilan mustaqil amaliy ish 
bajarishni talab etuvchi har xil topshiriqlar katta ahamiyatga ega. Uy vazifalari 
morfologik va fiziologik xarakterda bo‘lishi mumkin. 
Morfologik xarakterdagi vazifalar gerbariy tayyorlash, gul qismlarini 
ajratish kabilar darsda tegishli materialni o‘rganilgandan so‘ng, bilimlarni 
mustahkamlash uchun beriladi. 
Fiziologik mazmundagi topshiriqlarni tajriba yoki kuzatish natijalaridan 
tegishli darslarda foydalanish uchun oldindan berish tavsiya etiladi. 
Dastlabki eksperimental ishlarni ma’lum muddatda qaysi darsda foydalanish 
uchun ularni o‘quvchilarga topshirish vaqtini hisoblab chiqish zarur. Bunday uy 
vazifalari ko‘proq botanikadan bo‘lishi mumkin. Ularni bajarish uchun taxminan 
necha kun kerakligi quyida keltirilgan: gerbariy quritish uchun 7 kun, urug‘ning har 
xil sharoitda unib chiqishi uchun 7 kun, ildizning o‘sishini kuzatish uchun 10 kun, 
qalamcha va parxeshdan o‘simlik o‘stirish uchun 14 kun. Tajribalar natijasini 
o‘quvchilar o‘qituvchining ko‘rsatmasiga binoan tegishli darslarga olib keladilar. 
Tajribalar haqida ma’lumot beradilar. O‘z tajribasini o‘qituvchi bajarayotgan tajriba 
bilan taqqoslaydilar. 
Zoologiya bo‘yicha amaliy ishlar, asosan, kuzatishlar bilan bog‘liqdir. 
Masalan: qushlarning in qurishi, tuxum bosib yotishi, qaldirg‘ochlarning bolalariga 
hasharotlar olib kelishi kabilardir. 
Odam va uning salomatligi kursidan uy vazifalari amaliy yoki tadqiqiy 
mazmunda bo‘lishi mumkin. Bularga uy sharoitida hayvonlarda shartli reflekslar 
hosil qilish kabilarni olish mumkin. SHuningdek, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini kuzatish 
ishlari darsning o‘zida o‘tkazilishi, boshqalari esa uyga vazifa qilib beriladi. Masalan, 
“Qon aylanish” mavzusini o‘rganishda jismoniy va aqliy mehnat turiga qarab 
pulsning o‘zgarishini o‘rganishni uyda bajarish, bajargan ishlarini grafik va sxema 
tarzida tasvirlash tavsiya etiladi. 
9-11-sinflar biologiya kursidan ham tabiiy ob’ektlar bilan ishlash bo‘yicha 
har xil mustaqil topshiriqlar bo‘lishi mumkin. Bunday topshiriqlar organizmlarning 
xilma-xilligi, o‘zgaruvchanligi va moslanishlari, har xil ekologik omillarini 
organizmga ta’sirini o‘rganish yuzasidan bo‘lishi mumkin. 
Uyda o‘tkazilgan tajriba natijalari, to‘plangan gerbariy va kolleksiyalar 
darslarda foydalaniladi. O‘quvchilarning axborotlari o‘qituvchi bayon qiladigan 


104 
materialga kiritiladi. 
SHunday qilib, o‘quvchilarning uy vazifalari xilma-xil bo‘lishi mumkin: 
darslik bilan ishlash; savollarga javoblar topish; jadvallar tuzish;mavzu yakunidagi 
topishmoqlarning javoblarini topish, krossvordlarni ishlash; qo‘shimcha adabiyotlar, 
jurnal va badiiy adabiyotlar o‘qish; mavzular uchun maqola va rasmlar tanlash; tabiiy 
ob’ektlar bilan ishlash; o‘simlik va hayvonlarni kuzatish; tajribalar qo‘yittt va h.k. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish