O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi



Download 0,57 Mb.
bet214/322
Sana23.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#404338
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   322
Bog'liq
Ona tili o`qitish matodikasi. o`quv-uslubiy majmua

Sodda va qo’shma so’zlar.Sodda va qo’shma so’zlar «O’zbek tili» fanining «So’z yasash» bo’limida o’rganiladi. Ular so’z turkumlariga boђlab xam o’tiladi. «So’z yasash» bahsida sodda va qo’shma so’zlar haqida malumot beriladi. Bir o’zakli so’zlarning sodda so’z ekanligi, uning tub va yasama bo’lishi o’zak-negiz va qo’shimchalar (so’z tarkibi) bo’yicha oldin o’tilgan mavzularga boђlab tushuntiriladi. Buni mustahkamlashda so’z yasovchi qo’shimchalar yerdami bilan yasalgan so’zlarning tarkibini aniqlash, so’z yasovchi qo’shimchalarning unumi va unumsizligini belgilash qaratilgan mashqlardan keng foydalanish zarur.

Qo’shma so’zlarni o’rganishda, dastlab, ikki so’zdan tuzilgan baqaterak, mingoyeq, ko’zoynak, yeza boshladi kabi so’zlar olinib, so’ng ikkidan ortiq o’zaklardan tuzilgan so’zlar (gultojixo’roz ko’rinishida) va boshqalar taxlil qilinadi.

Qisqartma so’z xosil qilish o’zbek tilida so’z yasash usullaridan biri bo’lib, bu xaqda malumot «So’zlarni qo’shib so’z yasash» mavzusi ichida o’rganiladi. Juft so’zlar xam shu mavzuga boђlab o’tiladi.4-sinfda xar bir so’z turkumini aloxida - aloxida o’tishdan oldin so’z turkumlari haqida umumiy malumot beriladi. Birinchi mashђulotni quyidagicha o’tkazish mumkin.

Tilimizda mavjud bo’lgan so’zlar malum belgilar asosida turkumlarga bo’linadi:

a) qalam, daftar, tosh, uy kabi so’zlar narsani bildiradi; yurdi, uxladi, bordi, oldi kabi so’zlar harakat va holat bildiradi (shu tartibda qolgan so’z turkumining ma’nolari sanab chiqiladi);

b) ba’zi so’zlar turli qo’shimchalar bilan o’zgaradi. Masalan, qalam, qalamni, qalamga, qalamimiz; bor, bordi, bordim kabi. Ba’zi so’zlar esa qo’shimcha olmaydi: hyech, juda, ammo kabi;

v) ba’zi so’zlar qabul qilgan qo’shimchalarni ikkinchi bir so’z turkumiga qo’shib bo’lmaydi. Masalan: kel+di, o’qi+di so’zlaridagi

-di qo’shimchasini qalam, kitob, uy kabi so’zlar qabul qilmaydi;

g) so’zlar gap ichida biror vazifa bajarib keladi: qalam, ktiob kabi so’zlar ko’pincha ega yo to’ldiruvchi vazifasida keladi: o’qi, yurdi kabi so’zlar esa gapda kesim vazifasida keladi.

Demak, tilimizdagi so’zlar, angltgan ma’nolari, morfolgik belgilari va gapda bajaradigan asosiy vazifalariga ko’ra turkumlarga ajratiladi.

Bunday umumiy ma’lumotdan so’ng, har bir so’z turkumining eng harakterli belgilari sanab ko’rsatiladi. So’z turkumlari ichida ot va fel o’zining grammatik belgilari bilan aloxida ajralib turadi. Bu ikki turkum bir-biriga qiyeslanadi: ot turlovchi qo’shimcha, fel esa tuslovchi qo’shimcha bilan o’zgaradi. Bu biror o’rinda biror ot va felni olib, ularning farqini ochish mumkin.

Otlarda ko’plik manosini, odatda, -lar qo’shimchasi bildiradi. Fellarda ko’plik manosi bu qo’shimchalardan tashqari, -k, -sh, qo’shimchalari orqali xam ifodalanadi: o’kidilar, o’qidik,, o’qish, o’qidingiz.

Fel, odatda, maxsus zamon ko’rsatkilariga ega bo’ladi (keldi, yezayapti, ishlayetir) ; odatda esa bu xususiyat yo’q.

Fel ye bo’lishli, bo’lishsiz shaklda (bordi, bormadi) bo’ladi, otlarda bu xususiyat yo’q.Shu tartibda boshqa so’z turkumlarining xam eng xarakterli (o’ziga xos) belgilari sanab ko’rsatiladi. Shundan so’ng o’qituvchi o’zbek tilida o’nta so’z turkumi borligini maxsus jadval yerdamida izoxlaydi va xulosalaydi.

So’z turkumlarini o’rganishda xam didaktik usullarga qatiy rioya qilinadi. O’kuvchilarga biror grammatik kategoriyani tushuntirish uchun ishni oddiy misollardan boshlash lozim. Misollar taxlil qilingach, qoida yeki tarif aytilib, misollar bilan mustaxkamlanadi.

Grammatik tarif ye qoidani o’rganishda xam mashq vaqtida xam xar bir so’z turkumining oђzaki va yezma nutqda qo’llanish o’rinlariga aloxida axamiyat berish lozim.

O’kuvchilar «Ot» mavzusini qancha puxta o’zlashtirsalar, keyingi mavzular (sifat, son, olmosh) ni yaxshi o’zlashtirish imkoniga ega bo’ladilar, chunki ot, grammatik moxiyatiga ko’ra, boshqa so’z turkumlari bilan yaqindan boђlangan bo’ladi.

O’kuvchilarning boshlanђich sinflarida «Ot» bo’yicha olgan bilimlarini takrorlash maqsadida birinchi darsdayeq mashq o’tkaziladi. Otning narsa manosini bildirishi o’kuvchilarga boshlanђich sinflarda o’rgatiladi. O’kuvchilar narsa tushunchasini ko’z bilan ko’rish va qo’l bilan ushlash mumkin bo’lgan narsalar deb biladilar. Shuning uchun 4-sinfda narsa tushunchasini o’quvchilarga keng izoxlash lozim.



Kim ? yeki nima? So’roђiga javob bo’lgan xar bir so’z ot sanaladi. Narsa so’zi keng manoda qo’llanib borliqda hamma narsalar haqidagi tasavvurlalrdan tashqari, o’ylangan - fikr qilingan ayrim mavxum tushunchalarni xam bildiradi. Xavo, koinot, xayel kabi so’zlar xam ot sanaladi, chunki bu ko’rinishdagi so’zlar narsa tasavvuri bilan boђliq. Narsa tushunchasi juda keng va xilma-xildir; aniq narsalarning nomlari (olma, qor, tosh), umumiylik bildiruvchi narsa nomlari ( o’simlik, ovqat, meva), tabiat xodisalarining va turli voqyealarining nomlari (zilzila, bo’ron, ), xarakat nomlari ( chopiq, terim), belgi xolat nomlari ( yaxshilik, uy, ) kabi.Bundan keyin otlarning morfoligik belgilari - son, egalik va kelishik bilan turlanishi o’rganiladi.

«Ot» xakidagi malumotlar fonetika, orfografiya va orfoepiya bilan uzviy boђliq xolda o’rganiladi. Shuning uchun o’qituvchi bu bo’limlarni o’rni bilan takrorlab boradi: otlarning egalik qo’shimchalari bilan turlanishi, otlarning kelishik qo’shimchalari bilan turlanishi, otlarning yasalishi kabi mavzularni o’tishda fonetikaga oid bazi mavzular va so’z tarkibi bo’limlari qaytarilishi shart. Masalan, toqqa, barkka kabi so’zlardagi jo’nalish kelishigining qo’shimchasi yoki o’rtoђim, qishloђim kabi holatlardagi egalik qo’shimchalarini tushintirish oldin o’quvchilarga o’zak-negiz va qo’shimchalar bo’yicha berilgan ma’lumotlar eslatilishi kerak. Bunday so’zlarning o’zagini to’ђri topa olmagan o’quvchi uning qo’shimchasini ham to’ђri aniqlay olmaydi. Shuningdek, bu so’zlarning to’ђri bo’lishiga aloqador bo’lgan orfografik qoidaning mazmuniga ham tushunmaydi.




Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish