O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 1,09 Mb.
bet93/182
Sana08.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#332331
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   182
Bog'liq
BOSHLANG‘ICH TA’LIM FANLARINI O‘QITISH METODIKASI MODULI BO‘YICHA O‘Q U V - U S L U B I Y M A J

Ertaklar. Xalq og‘zaki poetik ijodidagi eng boy va rang-barang janrlardan biri ertaklardir. Xalq tomonidan yaratilgan ko‘plab ertaklarda bolalarning o‘ziga xos hayoti chetlab o‘tilmagan. Hatto, turli yoshdagi bolalar uchun juda ko‘p maxsus ertaklar yaratilgan.

Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan chambarchas bog‘lanishi, insonlarga axloqiy va ma’naviy yo‘ldosh bo‘lib kelishidadir. Ertaklar insonning ma’naviy va jismoniy kuchiga ishonch ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lib, ijobiy kuchlar tabiat va ijtimoiy hayotda o‘ziga dushman bo‘lgan kuchlarga qarshi kurashda doimo g‘olib chiqadi. Xalq ertaklarida ijtimoiy muhim masalalar odilona hal etiladi. Ertaklar sodda va tushunarli bo‘lgani uchun har qanday kitobxonga tez etib boradi. O‘tmishda yaratilgan ertaklarda xalqchillik kurashi o‘zining haqqoniy badiiy ifodasini topgandir. Xalqning kelajakka bo‘lgan ishonchi, adolatning adolatsizlik ustidan g‘alabasi, yorug‘likning zulmatni engishi, ozod va baxtiyor hayotga erishish g‘oyalari yorqin obrazlar orqali tasvirlangan.

Xalq ertaklari o‘z xususiyatlariga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi: hayotiy ertaklar, hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli-afsonaviy ertaklar, ijtimoiy-maishiy ertaklar.

Xalq ertaklarida el-yurtni ko‘z qorachig‘iday avaylab saqlovchi ajoyib qahramonlar ulug‘lanadi, ayollarning haq-huquqlari himoya qilinadi, uzoq masofalar yaqin qilinadi, kishilar xarakteridagi yaramas odatlar, noma’qul illatlar tanqid ostiga olinadi, mardlik, epchillik, dovyuraklik, mehnatsevarlik, halollik, vafodorlik, saxiylik g‘oyalari ulug‘lanadi.

O‘qish ko‘nikmalari. Matn va bog‘lanishli og‘zaki nutq ustida ishlash.

O‘qish mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarda nutq faoliyatiningasosiy ko‘rinishi bo‘lgan ko‘nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, nutq madaniyatini rivojlantirish nazarda tutiladi.

1-sinfda o‘quvchilar matnni ongli, to‘g‘ri va bo‘g‘inlab sidirg‘a o‘qishni o‘rganadilar. Olti-etti yoshli bolalarning nutqini takomillashtirish uchun uning nutqidagi kamchiliklarni o‘qish darslaridagina emas, balki darsdan va maktabdan tashqari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar jarayonida ham tuzatib borishga alohida ahamiyat berish zarur.

2-3-sinflarning o‘qish darslarida to‘g‘ri, tez o‘qish, ongli, ifodali o‘qishko‘nikmalarini o‘stirish va takomillashtirish zarur. Bunga asarni va uningqismlarini o‘quvchilarga bir necha marta qayta o‘qitish bilangina erishish mumkin.o‘quvchilar o‘qilgan asarlar yuzasidan berilgan savollarga javob berishgao‘rganadilar. Matn ustida ishlash o‘qituvchi rahbarligida olib boriladi.

2-sinfda o‘quvchilarda so‘zlarni to‘liq sidirg‘asiga o‘qish malakasi

shakllanadi, o‘qishning to‘g‘ri va ifodali bo‘lishiga erishiladi, o‘qish texnikasitezlashadi. Bu sinfda o‘quvchilar matnning ayrim qismlarini, qisqa hikoyalarni ichida (ovozsiz) mustaqil o‘qishga o‘tadilar. Matn ustida ishlash murakkablashib boradi, bolalar o‘qituvchi rahbarligida asarning asosiy mazmunini aniqlaydilar, qahramonlarning xatti-harakatini ifodalovchi so‘z va iboralarni topishga, voqeahodisalarni so‘z bilan tasvirlashga o‘rganadilar. Ularda so‘z boyligiga talab ortadi, nutq sofligi va aniqligiga e’tibor kuchayadi, lug‘at boyligi ko‘payadi, faollashadi, o‘qish sur’ati oshadi va so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashga, ovozni boshqarishga o‘rganadi.

3-sinfda so‘zlarni butunligicha sidirg‘a o‘qish ko‘nikmasi to‘la shakllanadi.

Bu esa o‘quvchilarda ongli va ifodali o‘qishga qo‘yilgan talablarni o‘stirish imkoniyatini beradi. O‘qish darslarida bolalarning matn mazmunini o‘zlashtirishustida mustaqil ishlashlari, hikoyadagi voqea-hodisalarning izchilligini belgilashlariga, o‘zaro bog‘lanish sabab-natijalarini aniqlashlariga alohida ahamiyat beriladi. Matnning badiiy xususiyatlarini, tasviriy vositalarini aniqlash ustida ishlash davom ettiriladi.

O‘quvchilarni o‘z nutqlarida maqollardan, hikmatli so‘z va iboralardan foydalanishga, so‘zlarni to‘g‘ri tanlashga, gap qurilishidan (so‘zlarning bir-biriga bog‘lanishidan) to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish talab etiladi.

4-sinfda o‘quvchilar so‘zlarni bo‘g‘inlamay sidirg‘a o‘qishlari, matnni tez, to‘g‘ri, ongli o‘qiy olishlari kerak. Bu sinfda bo‘g‘inlab o‘qishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Bolalar o‘qilgan matn mazmunini mustaqil ravishda qayta hikoya qilishlari, matn yuzasidan sodda reja tuza olishlari, uning asosiy mazmunini ajrata olishlari, o‘qilgan matnni to‘la qisqartirib, tanlab qayta hikoyalashlari, o‘qilgan matnga nisbatan o‘z munosabatlarini bildira olishlari zarur. Ifodali o‘qish va o‘zaro nutqiy faoliyat jarayonida bolalarning adabiy talaffuz me’yorlari shakllanadi. O‘quvchilar nutqining faollashuvi, nutqning grammatik shakllarini to‘g‘ri qo‘llash va to‘g‘ri talaffuz etish bolalar nutqining ravon, ifodali bo‘lishiga yordam beradi.




Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish