Muntazam piramida
75. Agar 𝐴𝐵𝐶𝐷 - uchi 𝐷 nuqtada bo‘lgan muntazam uchburchakli piramida
bo‘lib, 𝐷𝑀 - balandligi, 𝑎 - asosining tomoni va 𝐴1, 𝐵1, 𝐶1 - mos ravishda 𝐵𝐶, 𝐴𝐶 va 𝐴𝐵 tomonlarning o‘rtalari bo‘lsa, u holda
a) ∠𝐷𝐴𝑀 = ∠𝐷𝐵𝑀 = ∠𝐷𝐶𝑀 - yon qirra va asos tekisligi orasidagi burchak;
b) ∠𝐷𝐴1𝑀 = ∠𝐷𝐵1𝑀 = ∠𝐷𝐶1𝑀 - yon yoq va asos tekisligi orasidagi ikki
yoqli burchakning chiziqli burchagi;
c) ∠𝐴𝐹𝐵 (bu yerda 𝐹 nuqta – 𝐴 uchdan 𝐷𝐶 qirraning asosiga o‘tkazilgan
perpendikulyarning asosi) – piramidaning yon qirralari orasidagi chiziqli
burchak;
d) 𝐴𝐴1 = 𝐵𝐵1 = 𝐶𝐶1 = 𝑎√3/2 - asosdagi uchburchakning balandliklari;
e) 𝐴𝑀 = 𝐵𝑀 = 𝐶𝑀 = 2𝐴𝐴1/3 = 𝑎/√3 = (𝑎√3)/3 – yon qirralarning asos
tekisligidagi ortogonal proyeksiyalari;
f) 𝐴1𝑀 = 𝐵1𝑀 = 𝐶1𝑀 = 𝐴𝐴1/3 = 𝑎/2√3 = (𝑎√3)/6 – apofemalarning asos
tekisligidagi ortogonal proyeksiyalari;
g) 𝐶1𝐹 - 𝐴𝐵 va 𝐶𝐷 qarama-qarshi qirralarning umumiy perpendikulyari.
76. Muntazam uchburchakli piramidaning qarama-qarshi qirralari o‘zaro
perpendikulyar.
77. Qirrasi 𝑎 bo‘lgan muntazam tetraedrning balandligi 𝑎√2/3 ga teng.
78. Agar 𝑃𝐴𝐵𝐶𝐷 - uchi 𝑃 nuqtada bo‘lgan muntazam to‘rtburchakli bo‘lib, 𝑃𝑀 -
balandligi, 𝑎 - asosining tomoni, 𝐴1, 𝐵1, 𝐶1, 𝐷1 nuqtalar mos ravishda 𝐴𝐵, 𝐵𝐶, 𝐶𝐷 va 𝐴𝐷 tomonlarining o‘rtalari bo‘lsa, u holda
a) ∠𝑃𝐴𝑀 = ∠𝑃𝐵𝑀 = ∠𝑃𝐶𝑀 = ∠𝑃𝐷𝑀 - yon qirra va asos tekisligi orasidagi
burchak;
b) ∠𝑃𝐴1𝑀 = ∠𝑃𝐵1𝑀 = ∠𝑃𝐶1𝑀 = ∠𝑃𝐷1𝑀 - yon yoq va asos tekisligi
orasidagi ikki yoqli burchakning chiziqli burchagi;
c) ∠𝐵𝐹𝐷 (bu yerda 𝐹 nuqta – 𝐵 uchidan 𝐴𝑃 qirraning asosiga o‘tkazilgan
perpendikulyarning asosi) – piramidaning qo‘shni yon yoqlari orasidagi
chiziqli burchak;
d) ∠𝐴1𝑃𝐶1 = ∠𝐵1𝑃𝐷1 - qarama-qarshi yoqlar orasidagi ikki yoqli
burchakning chiziqli burchagi;
e) 𝐴𝑀 = 𝐵𝑀 = 𝐶𝑀 = 𝐷𝑀 = 𝐷𝐵/2 = (𝑎√2)/2 = 𝑎/√2 – yon qirralarning
asos tekisligidagi ortogonal proyeksiyalari;
f) 𝐴1𝑀 = 𝐵1𝑀 = 𝐶1𝑀 = 𝐷1𝑀 = 𝑎/2 – apofemalarning asos tekisligidagi
ortogonal proyeksiyalari;
g) 𝐹𝑀 - asosning 𝐵𝐷 diagonali va unga ayqash bo‘lgan 𝐴𝑃 yon qirrasining
umumiy perpendikulyari.
79. Muntazam to‘rtburchakli piramidaning yon qirrasi asosning unga ayqash
bo‘lgan diagonaliga perpendikulyar.
Ko‘pyoq sirtining yuzi
80. Prizma yon sirtining yuzi uning perpendikulyar kesim perimetri va yon qirrasi ko‘paytmasiga teng.
81. Muntazam piramida yon sirtining yuzi uning asosi yuzini yon yoq va asos
tekisligi orasidagi burchak kosinusiga nisbatiga teng.
Ko‘pyoqlarning hajmlari
82. To‘g‘ri burchakli Parallelepipedning hajmi uning uchta o‘lchami
ko‘paytmasiga teng.
83. Og‘ma prizmaning hajmi uning perpendikulyar kesim yuzi va yon qirrasi
ko‘paytmasiga teng.
84. Prizmaning hajmi uning asos yuzi va balandligi ko‘paytmasiga teng.
85. Uchbuchakli prizmaning hajmi yon yog‘ining yuzi va bu yoqqa qarama-qarshi yon qirrasi ko‘paytmasining yarmiga teng.
86. Piramidaning hajmi uning asos yuziga balandligi ko‘paytmasining uchdan
biriga teng.
87. Balandliklari teng va asoslari tengdosh bo‘lgan piramidalar tengdoshdir.
88. Piramidaning asosida yotgan to‘g‘ri chiziq va piramida uchi orqali tekislik
o‘tkazilganda, to‘g‘ri chiziq asos yuzini qanday nisbatda bo‘lsa, tekislik ham
piramida hajmini shunday nisbatda bo‘ladi.
a) tetraedrning hajmi uning to‘la sirti va ichki chizilgan sfera radiusining
uchdan biriga teng.
b) ichki sfera chizish mumkin bo‘lgan ko‘pyoqning hajmi uning to‘la sirti va
ichki chizilgan sfera radiusi ko‘paytmasining uchdan biriga teng.
Aylanish jismlarining sirti va hajmi
89. Silindrning hajmi uning asos yuzi va balandligi ko‘paytmasiga teng.
90. Konusning hajmi uning asos yuzi va balandligi ko‘paytmasining uchdan biriga teng.
91. Radiusi 𝑅 bo‘lgan sharning hajmi 4π𝑅3/3 ga teng.
92. Radiusi 𝑅 bo‘lgan sharning ℎ balandlikka ega segmentining hajmi πℎ2 (𝑅 - ℎ/
3) ga teng.
93. Asosining radiusi 𝑟 va balandligi ℎ bo‘lgan silindrning yon sirti 2π𝑟ℎ ga teng.
94. Asosining radiusi 𝑟 va yasovchisi 𝑙 bo‘lgan konusning yon sirti π𝑟𝑙 ga teng.
95. Radiusi 𝑅 bo‘lgan sferaning sirti 4π𝑅2 ga teng.
96. Radiusi 𝑅 bo‘lgan sharning ℎ balandlikka ega segmentining sferik sirti 2π𝑅ℎ
ga teng
TINGLOVCHINING MALAKA OSHIRISH DAVRIDA O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISHI VA MUSTAQIL BILIM ORTTIRISHI BO‘YICHA BAJARILGAN ISHLARI
Kitob nomi: “Choliqushi”
Kitob muallifi: Rashod Nuri Guntekin (mashhur tur yozuvchisi)
Kitob nashriyoti:
“Choliqushi” romani 1922-yilda mashhur turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekin tomonidan yozilgan. Yozuvchining eng mashhur asari hisoblangan ushbu roman 1922-yilda “Vaqt” gazetasida bo‘lim-bo‘lim e’lon qilina boshlangan. Asar birinchi marta 1923-yilda kitob holida chop etilgan. Yozuvchining o‘zgartirishlaridan keyin 1937-yilda “Choliqushi” romani mukammal holga keltirilgan. “Choliqushi” ishqiy mavzuda yozilgan asar bo‘lishi bilan birgalikda o‘sha davrning ijtimoiy muammolariga mohirona tanqidiy yondasha olgan roman sifatida ham muhimdir. “Choliqushi” Turkiyada yangi va modern davrning boshlanishini ifodalagan asar hisoblanadi. Romanning oxirgi bo‘limidan tashqari to‘rt qismi bosh qahramon Feridening xotira daftari sifatida uning tilidan hikoya qilinadi va ikki yarim yoshidan boshlab yigirma besh yoshiga yetguncha, muhabbati Kamronga erishguncha bo‘lgan voqelarni o‘z ichiga oladi. Beshinchi qismda esa Feride va Kamronning topishishi hikoya qilinadi.
Feride romanning bosh qahramoni. Olti yoshida Mo‘sulda kasal onasidan ayrilib qolgan Feride Istanbulda buvisi bilan yashashni boshlaydi. To‘qqiz yoshida buvisi ham vafot yetadi. Otasi uni qolib o‘qishi mumkin bo‘lgan Dam do’Sion nomli fransuz qizlar maktabiga beradi. Ta’til kunlarida esa Feride xolalarining uyida qoladi. Feride maktabda ham qarindoshlarinikida ham bir yerda turmaydigan, juda shaddod, yaramas, ko‘zi tushgan daraxtga chiqvoladigan, xullas, har qanday bezorilikdan tab tortmaydigan qiz edi. Maktabda tanaffus paytlari Faridening shoxdan shoxga tirmashaverganini ko‘rgan o‘qituvchisi unga “Choliqushi” deb laqab qo‘yadi. O‘zi sezmagan holda xolavachchasi Kamronni sevadi va doimo uni Narimon ismli yosh, go‘zal beva bir ayoldan qizg‘onib yuradi.
Kamron yosh, kelishgan va juda nozikta’b yigit. Ayni paytda u ham go‘zallikda tengsiz, sho‘xligi olamni mahf yetadigan Feridega befarq emas. Feridening noodatiy qizg‘onishlari hislarini oshkor qilib qo‘yadi. Kamron va Feride unashtiriladi. Unashtiruvdan keyin Feride, sevsa-da, Kamronga nisbatan sovuq va befarq munosabatda bo‘ladi. Feride ketishini xohlamasligi haqidagi xayollari puchga chiqqan Kamron to‘rt yilga Yevropaga, amakisining yoniga ketadi. Feride bilan unashtirilganiga qaramasdan, Kamron Yevropada Munavvar ismli bir ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘ladi. Oradan to‘rt yil o‘tgach, Istanbulga qaytadi va to‘y tayyorgarliklari boshlanib ketadi.To‘yga uch kun qolganda Feride o‘zlari yashaydigan ko‘shkka kelgan qop-qora yopinchiqli ayoldan Kamronning Yevropadagi ishqiy munosabatlari haqida xabar topadi. Kamronga kichik bir maktub qoldirib, ko‘shkni tark etadi.
Feride qalbida muhabbati va Kamron yetkazgan yaralar bilan Onado‘luga muallima sifatida yo‘l oladi. Ish qidirib Onado‘luning juda ko‘p shahar va qishloqlarini kezadi (Bursa, Zaynilar, Chanoqqal’a, Izmir, Qushadasi). Zaynilar nomli qishloqda onasi noqis yo‘lga kirib ketgan Munisa ismli mushtipar bir qizchani asrab oladi va u bilan yashay boshlaydi. Kamrondan kelgan maktublarning barchasini o‘qimasdan yoqib yuboradi.
Feride go‘zal, yosh va maftunkor qiz edi. Ammo bu go‘zallik borgan joylarida unga faqat muammo keltiradi. Erkaklar Feridening ismini bilmasalarda uni “Ipak qurti”, “Gul ba shakar” kabi nomlar bilan ataydi. Juda ko‘pchilik unga turmushga chiqish taklifi bilan yuzlanadi. Bu kabi takliflar va har xil g‘iybatlar sabab Onado‘luda o‘tkazgan besh yili mobaynida ishdan bo‘shash haqida ko‘plab arizalar yozishiga, tinimsiz yashash joyini o‘zgartirib yurishga majbur bo‘ladi.
Asrab olgan qizi Munisa 14 yoshida difteriya bilan og‘rib vafot yetadi. Bu mash’um ayriliqdan keyin Feride uni otasiday yaxshi ko‘rib ardoqlaydigan katta yoshli doctor – Xayrullohbeyning uyida yashay boshlaydi. Atrofdagilarning ko‘zidan qochmagan bu holat yana g‘iybatlarga sabab bo‘ladi va Xayrullohbey bilan hujjat uchun nikohdan o‘tishga majbur bo‘ladi. Doktorning o‘limidan keyin Feride erining vasiyatini bajarish va qoldirgan omonatini Kamronga topshirish maqsadida Tekirdog‘ga, xolasining uyiga keladi. Xayrullohbey Kamronga bir maktub yozgan edi, omonati esa Feridening xotira daftari edi. Kamron xotira daftarini o‘qir ekan Feride haqidagi barcha haqiqatni bilib oladi va uni umrbod qo‘yib yubormaydi.
Feride uzoq vaqt mobaynida sevgisini tan olmasdan, Kamrondan nafratlanishini aytsa-da, maktabda o‘qib yurgan paytlarida ham, Onado‘luda ish izlab sargardon kezgan paytlarida ham Kamronni qattiq sevishda davom etadi. Feridening uzoq vaqt muhabbatidan ayro qolishiga sabab sevish va sevdirishni yetarlicha bilmasligidir. Yanada aniqroq qilib aytsam, g‘ururi va sevgisi orasida muntazam kurashni to‘xtatolmagan Feride uzoq yil g‘ururining sevgisi ustidan qozongan g‘alabasidan azoblanib yashaydi. Onado‘luda kechgan yillari uni batamom o‘zgartiradi.
Xotira daftarining oxirgi sahifalarida Feride yillar davomida hatto o‘zidan ham yashirishga urinib kelgan sevgisini nihoyat tan oladi. “Ha, nega endi aldashim kerak? Butun nafratimdan, isyonlarimdan, butun o‘sha bo‘lib o‘tgan noxushliklardan qat’i nazar, men sening bir parchang edim”.
Asarda mehr-muruvvat mavzusiga ham keng o‘rin berilgan. Feride xolalarini juda yaxshi ko‘rgan. Xolalari ham Feride bezori va juda shaddod qiz bo‘lishiga qaramay, unga hamisha mehr bilan yondashgan. Feridening Zaynilar qishlog‘ida og‘ir sharoitda qolgan Munisani asrab olib, uni o‘z qiziday suyib ardoqlashi yoki harbiy doktor Xayrullohbey ilk ko‘rishishdayoq Feridega otalarcha mehr ko‘zi bilan boqib, chorasiz qolganda uni o‘z panohiga olishi asardagi mehr-muruvvat mavzusining kulminatsion nuqtalaridir. Yozuvchi Feride tilidan shunday yozadi: “Naqadar orsiz ko‘nglim bor mening, atrofimdagi insonlarni bunchalar tez yoqtirib qolaveraman”.
Romanning mahzun va romantik tarzda o‘ziga xos hikoya qilinishiga o‘lim va ayriliq tushunchalarining ta’siri kuchlidir. Kichik yoshda ota-onasini yo‘qotgan Feride to‘yi arafasida qattiq sevgan insoni Kamrondan ayriladi. Sal o‘tib Munisa bilan yangi hayot boshlagan Feride og‘ir xastalik sabab uni ham yo‘qotadi. Asar so‘ngida esa otasiday ko‘rgan insoni Xayrullohbey vafot yetadi. “Hali yigirma uch yoshimga kirmadim; yuzimni, vujudimni bolalikning izlari hali tark etmadi, ammo ko‘nglim yaxshi ko‘tgan insonlarimning o‘liklari bilan liq to‘la”.
Asarda diqqat qaratishimiz lozim bo‘lgan yana bir jihat g‘ururdir. “Choliqushi” romanining asosiy qahramoni Turkiya Jumhuriyati uchun o‘rnak bo‘la oladigan obrazdir. Feride bolalikdan o‘zini hech kimga xafa qildirmagan, o‘z haqqini himoya qila olgan, kirishimli, zamonaviy bir qiz bo‘lgan. Kamronning xiyonatidan oh-voh qilib o‘tirmaydi, taqdirga tan bermaydi. Feridening Kamronni tark etib Onado‘luning chekka qishloqlariga ketishiga va yillar mobaynida butun kuchi bilan harakat qilishiga sabab kuchli g‘urur edi.
Feridening ko‘shkni tark etib ketgandan keyingi hayotiga nazar tashlaganimizda go‘zallik va maftunkorlik kabi xislatlarga urg‘u berilganini ko‘rishimiz mumkin. Feride tug‘ma juda go‘zal qiz bo‘lgan. Yuzi tabiiy holatda ham pardoz qilganday chiroyli edi. Shuning uchun ham uni tanigan va tanimaganlar “Gul ba shakar”,”Ipak qurti”degan nomlar bilan atagan.
Feride ko‘shkdan ayrilgach, salkam besh yil yaqinlaridan ayri yashaydi. Bu holatdan tez-tez shikoyat qilgan Feride musofirlik va yolg‘izlikdan ancha zoblanadi: “Ufqda oqshomning xiralashgan moviyligi uzra sekingina tutayotgan tutunga o‘xshash tog‘larni tomosha qila boshladim. Choliqushiga bu tog‘lardan yana musofirlik hidi kela boshladi. Musofirlik hidi! Bu hidni haqiqiy ma’noda hidlamaganlar uchun naqadar mantiqsiz jumla”.
“Choliqushi”ni shunchaki bir ishqiy roman bo‘lib qolishidan qutqargan, an’anaviy sevgi-muhabbat mavzusida yozilgan boshqa asarlardan farqi ayni paytda romanning o‘sha davr ijtimoiy holatidan ham hikoya qilishidir. Romanning sotsial jihatini yoritib bergan keng ma’noli so‘z bu Onado‘ludir. Bu so‘zning mantiqiy dunyosi ichida ham shu hudud hamda shu hududda yashagan insonlar va ularga tegishli muammolar joy olgan. Asarda Onado‘lu va u yerda yashagan insonlar hayotiga nazar tashlaganimizda yo‘qsillik, jaholat, yashash zavqidan mahrumlik kabi holatlarga duch kelamiz. Feride bir muddat yashagan Zaynilar qishlog‘i tasvirlari nafaqat Onado‘lu, balki o‘sha davrda hukumat tepasida bo‘lgan Usmonli iqtidorining haqiqatlarini ham ko‘z oldimizda qip-yalang‘och namoyon qiladi. Zaynilar qishlog‘i tasvirida asosan “yakkam-dukkam kulbalar”, “taxta uylar”,”cho‘ka boshlagan qop-qora vayronalar”, “u yer bu yerda tutab yotgan yong‘in xarobalari” kabi ifodalar qo‘llanilgan. U yerdagi o‘quvchilar ahvoli ham juda achinarli edi.
O‘zi ham muallim bo‘lgan yozuvchi roman qahramoni Ferideni ham o‘qituvchi tarzida gavdalantirib, asarda ta’lim-tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratgan. Romanda an’anaviy ta’lim-tarbiya tushunchasi va yangi ta’lim berish shakli orasida kurash yuzaga keladi. Zaynilar qishlog‘idagi Hadicha xonim o‘qituvchilik qila oladigan darajada yetarli bilimga ega emas, o‘quvchilarni uradi, o‘lim tahlikasini targ‘ib qiladi, dars paytida o‘quvchilarni yerga o‘tqizib, baland ovozda o‘qishga majbur qiladi, bo‘yi yetgan qizlarning o‘qishiga qarshi chiqadi. Yangi ta’lim tizimida yetishib chiqqan Feride esa Hadicha xonimning amallariga butunlay qarshi bo‘lib, o‘quvchilarni o‘zi bilgan metodda o‘qita boshlaydi. Bolalarni ketma-ket o‘tqizadi, shovqin qilishlariga yo‘l qo‘ymaydi, katta yoshli qizlarga ham ta’lim beradi, o‘lim tahlikasini yo‘qqa chiqarishga urinib, yashash zavqini targ‘ib qiladi.
O‘sha davrda ta’lim sohasidagi tanqid qilingan yana bir jihat o‘qituvchi maoshining juda kamligi edi. Feride Onado‘luda ishlab yurgan paytlarida onasidan qolgan qimmatli buyumlarini sotib kun ko‘radi, puli tugaganda esa hatto och qolgan vaqtlari ham bo‘ladi: “Men muallimlikni ochlikdan o‘lmaslik uchun qabul qilgan edim. Hisobim to‘g‘ri chiqmadi. Bu kasb bir kun ochlikdan o‘ldirishi hech gap emas”.
Rashod Nuri Guntekin romanda byurokratiya va qog‘ozbozlikka ham alohida ahamiyat qaratadi. Feride byurokratiya nima ekani va uning qanday ishlashini bilmas, rahbarlarning mas’uliyatsizligi va mensimasdan muomala qilishlaridan xabarsiz edi.
“Choliqushi” romanida bo‘lib o‘tgan voqealar XX asrning ilk choragiga tegishlidir. Feridening Qushadasida yashagan paytda Birinchi jahon urushi dahshatlari asarda ham ko‘rinish bermasdan qolmagan. Yozuvchi XX asr boshlaridagi turk xalqi hayotini ko‘p jihatdan mohirona yoritib bera olgan.
Xulosa
Ham sevgi-muhabbat, hamda bir mojaro romani sifatida e’tirof etishimiz mumkin bo‘lgan “Choliqushi” romani o‘quvchiga yaqin so‘zlashuv tilida yozilgan va aynan shu sababga ko‘ra ham sevib o‘qiladi. Tasvirlarning rang-barangligi va ko‘pligi o‘quvchining o‘zini ham voqealar orasida his qilishga yordamlashadi. Ayniqsa ruhiy holatlarni mukammal o‘xshatishlar bilan ifodalagan yozuvchi tabiat hodisalari tasvirlaridan ko‘p va o‘rinli foydalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |