18. Ayqash to‘g‘ri chiziqlar alomati. Agar 𝑎 to‘g‘ri chiziq α tekislikda yotsa, 𝑏
to‘g‘ri chiziq esa bu tekislikni 𝑎 to‘g‘ri chiziqda yotmagan nuqta orqali kesib o‘tsa,
unda 𝑎 va 𝑏 to‘g‘ri chiziqlar ayqash bo‘ladi.
19. Ikkita ayqash to‘g‘ri chiziq orqali yagona parallel tekisliklar jufti o‘tadi.
20. Uchlari ikkita ayqash to‘g‘ri chiziqlarda bo‘lgan kesmalar o‘rtalarining
geometrik o‘rni bu to‘g‘ri chiziqlarga parallel va shunday kesmalardan birining
o‘rtasidan o‘tuvchi tekislik bo‘ladi.
21. Ayqash to‘g‘ri chiziqlar orasidagi burchak (ularning biriga parallel va
ikkinchisini 𝑀 nuqtada kesib o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq hamda shu ikkinchi to‘g‘ri chiziq orasidagi burchak) kattaligi 𝑀 nuqtaning qanday tanlanishiga bog‘liq emas.
22. Ixtiyoriy ikki ayqash to‘g‘ri chiziq uchun yagona umumiy perpendikulyar
mavjud (uchlari bu to‘g‘ri chiziqlarda bo‘lgan kesma har ikki to‘g‘ri chiziqqa
perpendikulyar bo‘ladi).
Parallel proeksiyalash
Do'stlaringiz bilan baham: |