O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


To‘garak mashg‘uloti rejasi (Iqtidorli o‘quvchilar uchun)



Download 1,19 Mb.
bet13/34
Sana29.12.2021
Hajmi1,19 Mb.
#77784
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
G'ofurova Mohira Ne'matullayevna Malaka ishi

To‘garak mashg‘uloti rejasi (Iqtidorli o‘quvchilar uchun):



  1. Badiiy asarlardan shevaga xos, o‘zlashgan va yasama so‘zlar ustida ishlash.

  2. O‘zbek tili lug‘at boyligining boyish manbalari haqida.

  3. So‘zdan so‘zning farqi bor jumlasining ma’nosini sharhlash; so‘zlardan mosini tanlab, har to‘rtta so‘zdan bittasini ajratib, izohini aytish; bir so‘zdan ko‘p so‘z yasash.

  4. Nazariy ma’lumot: Leksikologiya yoki o‘zbek tili lug‘at boyligi.

  1. Men yoqtirgan badiiy asar. (Siz nega adabiyotni sevasiz?)

  2. Badiiy asar o‘qish kerakmi? (Internet bor-ku?)

  3. Nazariy ma’lumot: Xalq shevalari haqida bilishni istaysizmi?

  1. Xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida taqdimot (ertaklar, latifalar, xalq qo‘shiqlari, maqollar) tayyorlash.

  2. Mavzu: Adabiy ertaklar, xalq og‘zaki ertaklari. Ushbu ertak­lar kim tomonidan yozilgan?

ADABIYOT OQITISHDA BADIIY TAHLIL MASALALARI

O'quvchining shaxslik sifatlarini shakllantirishda adabiyot fani hal qiluvchi ahamiyatga ega. Albatta, bu borada yozuvchining ijod dunyosiga kirish va shu orqali bola ongi, didini o‘stirish asosiy maqsad bo‘lishi talab etiladi. Zero, go‘zal badiiy asarlar o‘quvchi fikrini boyitish va hissiyotlarini tarbiyalashning samarali usulidir. Bu yo'nalishda darslik va majmualardan o‘rin olgan o'zbek va jahon adabiyoti durdonalarini mohirona tahlil qilishni yo'lga qo'yib, samarali natijalarga erishishda ikki omil muhim ahamiyat kasb etadi:

1.Adabiyot o'qituvchisining malaka-mahorati.

2.Ta’lim muassasasi kutubxonasining badiiy asarlarga boyligi.

Birinchi omil oliy o'quv yurtlaridagi tanlov tizimining odilligi va mukammal mutaxassislar tayyorlashning qanday yo'lga qo'yilganligi bilan chambarchas bog'liq. Sifatli oliy ta’lim, aniqki, sifatli mutaxassislar beradi. Lekin ushbu mutaxassis o'rgatishni boshlashi bilan yanada ko'proq izlanishi kerak bo‘ladi. Negaki, ilm tinimsiz o‘sib, yangilanib turadi. Jumladan, adabiyot ham.

Unutmaslik kerakki, badiiy tahlil ilmining darajasini, shubhasiz, ma’lum bir jamiyat adabiyotining sifati va boyligi belgilaydi. Lekin adabiyot fani mutaxassisi, xususan, pedagog o'z milliy adabiyoti darajasidan qat’i nazar, mazkur fanning umumdunyoviy yutuqlaridan boxabar bo'lishi shart. Bugun dunyo adabiyotshunosligi ilmida keng rivojlanayotgan struktural va psixologik tahlil uslublari o'zbek adabiyotida ham o'z aksini topmoqda. Yangicha yo'nalishda yaratilgan badiiy mahsulot o'z-o'zidan unga yangicha tahliliy yondashuvni ham talab qiladi. Aytaylik, bugun modernizm yo'nalishida yozilayotgan asarlarni eskicha qoliplar bilan tekshirib bo‘lmaydi. Zarurat bo‘ladiki, o‘quvchini bahramand etish maqsadida bunday badiiy asarlardan namunalar darsliklarga kiritiladi. Ana shunday vaziyatda o'qituvchining fan yangiliklaridan boxabarligi unga qo'l keladi. Bu esa adabiyot o'qitishda ta’lim sifatining bir necha baravar o'sishiga xizmat qiladi.

Xo'sh, badiiy tahlil nima? Adabiyot o'qitishda uning qanday zarurati bor?

Ilmiy manbalarda bu jarayonga quyidagicha ta’rif beriladi: badiiy asarning hayotiy va badiiy mantig'i, estetik jozibasini ochishga qaratilgan faoliyat badiiy tahlil deyiladi. Adabiyotshunoslik ilmida badiiy tahlilning ikki turi ajratiladi:

1.Ilmiy tahlil.

2.O'quv tahlili.

Tahlilning birinchi turi adabiyotshunos olimlar tomonidan amalga oshiriladi va mutaxassislarga havola etiladi. Ikkinchi tur tahlil esa ta’lim muassasalarida o'quvchilar uchun amalga oshiriladi. Bu tahlildan maqsad badiiy matnning estetik jozibasini ochish orqali o'quvchini badiiy asar o'qish va o'qiganlarini tahlil qilishga o'rgatish, taassurotlarini og'zaki va yozma tarzda ifodalay olish ko'nikmasini shakllantirishdan iborat. O'quv tahlili ham o'z navbatida individual, ommaviy va guruhlashgan tahlil turlariga bo'linadi. Bular orasida ommaviy tahlil turi eng faol tahlil turi hisoblanib, unda o'qituvchi biror asar yuzasidan savol tashlaydi va o'quvchilarning barchasi o'z xulosalariga tayangan holda javob beradi. Mazkur tahlilning yana muallifga ergashibyoki matniy tahlil qilish, timsollar asosidagi tahlil va muammoli tahlil kabi yondashuv usullari ham borki, o'qituvchining bundan boxabarligi adabiyot o'qitishning tayanch muvaffaqiyatini ta’minlaydi.

Bugun o'qituvchining badiiy asar tahlili sohasidagi faoliyati o'quvchiga ma’lum asarni o'qitib, shu asosda insho yozdirishdan nariga o'tmaydi. Ma’lumki, adabiy insholarda asar asosida olingan taassurotlar ijodiy tarzda yoritiladi va o'quvchining to'lig'icha badiiy matnga tayanishi shart hisoblanmaydi. Boz ustiga, insho ilmiy tafakkur uchun emas, emotsional ifodalar uchun qulay. Asar tahlili esa o'quvchidan qaysidir darajada ilmiy va asoslangan munosabatni talab qiladi. Bundan tashqari o'quvchida ko'pincha tahlil - o'qilgan badiiy asar sujetini gapirib berishdan iborat, degan tushuncha muhrlanib qolmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchining fikri va didini o'tmaslashtiradi hamda uni kitob mutolaasidan uzoqlashtiradi.

Inson psixologiyasi qiziq qonuniyatlar asosiga qurilgan: qalin o'ralgan qandning mazasini kimdir maqtasagina ochib yeb ko'ramiz. Aks holda tanlov imkoniyati kengligi bois o'sha qandga parvo qilmasligimiz ham mumkin. Agar badiiy asarni qandga o'xshatsak, uning “maza”sini avval o'qituvchining o'zi tuygan bo'lishi va shuning barobarida o'quvchida o'sha asarga nisbatan xohish va “ishtaha” paydo qila olishi zarur. Yo'qsa o'quvchini nafaqat tahlildek nisbatan murakkab ilmiy jarayonga tortish, balki kitob o'qishga o'rgatishning o'zi ham muammoga aylanadi. Asarni o'qimagan sinfda esa tahlil o'z- o'zidan mantiqsiz faoliyat bo'lib qolaveradi. Chunki uslubchi olim professor Q.Yo'ldoshev yozganidek, tahlil faqat badiiy asarni o'qiganlar uchun amalga oshiriladi. Demak, avvalo, o'qituvchining o'zi badiiy tahlil ilmi yuzasidan yetarli bilim, tayyorgarlik va malakaga ega bo'lishi zarur.

Bu borada yana bir muammo mavjud - ta’lim muassasalari kutubxonalarining kambag'alligi. O'qituvchi o'quvchida biror asarni o'qishga qiziqish uyg'otgani bilan adabiyot yetkazib berilmasa, urinishlar zoye ketadi. Eng yomoni, sotib olishni yo'lga qo'ygan taqdirda ham badiiy kitoblarning adadijuda kam, bu miqdor bilan respublikadagi barcha o'quvchilarni kitob bilan ta’minlab bo'lmaydi. Mazkur muammoli vaziyatni yumshatishi mumkin bo'lgan bir taklifni o'rtaga tashlamoqchiman. Endilikda chop etish rejalashtirilayotgan badiiy asarlarning xuddi ba’zi darsliklar kabi elektron variantlari (matn joylashgan disklar) ham sotuvga chiqarilsa, ham nashr xarajatlari qisqarardi, ham o'quvchining foydalanishi uchun qulaylik yaratilgan bo'lardi. Albatta, bu muammoni faqat vaqtincha bartaraf qiladigan yo'l, xolos. Aslida kitob javonimizni bezab turadigan badiiy asar o'rnini hech narsa bosa olmaydi.

Xullas, estetik didi baland, qobiliyatli, barkamol shaxslarni kamol toptirishda mutolaaning o'rni beqiyos ekan, demak, oliy o'quv yurtlaridagi tanlov tizimini to'g'ri yo'lga qo'yish va ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini boyitish bu borada yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.




Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish