43-44-mavzu. Xayriddin Saloh. “Yulduzlar afsonasi” asari. (2 soat, A2+: 4 soat)
Xayriddin Salohning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. “Yulduzlar afsonasi” asarining o‘zbek xalq afsonalari ruhida yaratilganligi. Asarda tilga olingan samoviy jismlarning inson hayoti va xayolot olami bilan bog‘liqligi. Hulkar va Yetti qaroqchi obrazlari. Yerdagi odamlar o‘rtasidagi ziddiyatlar, kurashlar va kelishmovchiliklarning asardagi ramziy tasviri. Asarda tasvirlangan voqealarning aniq va ta’sirchan ifodalanganligi. Asarning badiiy xususiyatlari.
Nazariy ma’lumot. Ballada.
45-48-mavzu. E. S. Tompson. “Yovvoyi yo‘rg‘a” hikoyasi. (4 soat, A2+: 5 soat)
Adib hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Uning qalamiga mansub “Yovvoyi yo‘rg‘a” asarining ko‘plab tillarga tarjima etilgani va katta shuhrat qozongani. Asarda erkinlik, hurlik tuyg‘usining ulug‘lanishi. Ozodlikning o‘limdan kuchli ekanligi tasviri.
Do'stlaringiz bilan baham: |