Mavzu: Hamid Olimjon. “Holbuki tun”, “G‘azal” she’rlari. (A2+: 2 soat)
Shoir haqida ma’lumot. “Holbuki tun” she’rida ilohiy go‘zallik tasviri. Shoirning inson qalbi tebranishlarini nozik ilg‘ab, aniq ifodalagani.
“G‘azal”da an’anaviy she’riy shakldan foydalanilgan holda zamonaviy mazmunning ifodalanishi. She’rda o‘xshatish, sifatlash, mubolag‘a singari badiiy tasvir vositalarining ishlatilishi.
Mavzu: Maqsud Shayxzoda. “Yillarning salomin yillarga eltib” she’ri, to‘rtliklar. (A2+: 2 soat)
Shoir haqida qisqacha ma’lumot. M. Shayxzoda she’riyatida hayotga falsafiy qarashning ustuvorligi. She’rda vaqt qadrini, uni chuqur his qilgan kishi tuyg‘ularining aks etganligi. Asarda shoirning hayotga muhabbati, yashashga chanqoqligi xislatlarining tasvirlanganligi. She’rning ta’sirchanligini ta’minlagan badiiy vositalar.
To‘rtliklarda insonni avaylash, unga imkon boricha muruvvat ko‘rsatish fikrlarining badiiy aks etganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |