O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan asar:
“Kuntug‘mish” dostoni.
O‘zbek adabiyoti tarixidan
(13 soat, A2+: 6 soat)
7-11-mavzu. Lutfiy. “Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma”, “Meni shaydo qiladurg‘on bu ko‘nguldir, bu ko‘ngul”, “Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu” g‘azallari va tuyuqlari. (5 soat)
Shoirning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Lutfiy merosi va xalq og‘zaki ijodi. “Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma”, “Meni shaydo qiladurg‘on bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul”, “Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu” g‘azallarining tahlili. Ularning vazni, tasvir vositalari va boshqa badiiy xususiyatlari (2 soat).
Lutfiy – tuyuq ustasi. “Ko‘ngluma har yonki boqsam dog‘i bor”, “Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen”, “Charxi kajraftor elidin yozamen” tuyuqlarida so‘z o‘yinlari. So‘z o‘yinlarining yuzaga kelishida tajnisning o‘rni. Tuyuqlarning vazn, qofiya va boshqa badiiy xususiyatlari (2 soat).
Nazariy ma’lumot. Tuyuq, irsoli masal (1 soat).
Do'stlaringiz bilan baham: |