Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi:
A2
asarda tasvirlangan voqea-hodisalar, qahramonlarning fazilat va nuqsonlariga munosabat bildira oladi.
A2+
musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi.
Nazorat ishi. Insho va uning tahlili. (2 soat, A2+: 3 soat)
Nazorat ishi: Test topshiriqlari asosida. (1 soat)
Takrorlash: (1 soat)
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat, A2+: 2)
25-26-mavzu. Said Ahmad. “Qoplon”, “Sobiq” hikoyalari. (2 soat)
Adibning hayoti va ijodi haqida qisqacha annotatsia.
“Qoplon” hikoyasida laganbardor va manfaatparast kimsa tabiatiga xos illatlarning tasvirlanishi. Qurbonboy va qoplon obrazlarini taqqoslab baholash zarurligi. “Sobiq” hikoyasida ishlab chiqarishni mafkuraga moslashtirgan sho‘ro tuzumi tartibotining muayyan shaxs taqdirida namoyon bo‘lishi. Hikoyalarning til xususiyatlari, muallif nuqtayi nazarining yashirin ifodalanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |