Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat)
14-15-mavzu. M. Shayxzoda. “Iskandar Zulqarnayn” dostoni. (2 soat)
Shayxzodaning hayoti va ijodi to‘g‘risida qisqacha annotatsia.
XX asr o‘zbek shoirlari ijodida she’riy ertak-dostonlar yaratish tajribasi. “Iskandar Zulqarnayn” ertak-dostoni, asarda Iskandarning ikki shoxi borligi haqidagi rivoyat va uning o‘ziga xos talqini. Iskandar, Sartarosh va Cho‘pon obrazlari. Pinhon tutilgan mudhish sir va uning Cho‘pon yasagan nay orqali oshkor bo‘lishi. Nayning ramziy mohiyati. Dostondagi rivoyatdan chiqadigan muhim saboq-tarixda pinhon tutilgan qabih ishlarning yopiqligicha qolib ketmasligi, baribir qachondir oshkor bo‘lishi muqarrar ekanligi. Dostonning badiiy xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |