Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
vatanni sevish, tengdoshlari va boshqa insonlar bilan xushmuomalada bo‘lish.
A2+
umuminsoniy va milliy qadriyatlarni e’zozlash.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
kundalik faoliyatda turli chizmalarni o‘qiy olish.
A2+
har kuni bajaradigan ishlarining oddiy rejasini tuza olish.
1-mavzu. Kirish. Adabiyot - so‘z san’ati. (1 soat)
Adabiyotning so‘z san’ati ekanligi. Uning estetik, tarbiyaviy, ta’limiy ahamiyati. Badiiy so‘z qudrati. So‘zning ifoda imkoniyatlari. So‘z orqali inson ruhiy olami, his-tuyg‘ulari hamda tabiat manzaralarining tasvirlanishi. Badiiy adabiyotning turlari. Mumtoz hamda zamonaviy shoir va yozuvchilar, folklor asarlari misolida adabiyotning so‘z san’ati ekanligi.
Hikmat durdonalari
Do'stlaringiz bilan baham: |