5- SINF
(102 soat, haftasiga 3 soat, A2+: 136 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
kutubxonalardan qiziqarli badiiy kitoblarni topa olish, ulardan foydalanish.
A2+
mediamanba va kutubxonalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, ulardan foydalanish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
doimiy ravishda mustaqil o‘qib-o‘rganish, o‘z-o‘zini rivojlantirish.
A2+
badiiy asarlarda tasvirlangan milliy qadriyatlarni tushunish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
oila, maktab, mahallada bo‘layotgan jarayonlarda faol ishtirok etish.
A2+
maktabda va maktabdan tashqari adabiy-badiiy yo‘nalishdagi ko‘rik-tanlovlar, musobaqalarda faol ishtirok etish, atrofdagi insonlar bilan xushmuomalada bo‘lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |