Taom tayyorlaydigan shaxslar uchun sanitariya-gigiyena qoidalari
Taom tayyorlash uchun maxsus kiyimlar kiyiladi (fartuk, ro`mol)
Sochlar ro`mol tagiga olinadi, tayyorlashga kirishishdan oldin qo`lni sovun bilan yuvish kerak
Barmoqlardagi tirnoqlar olingan bo`lishi shart
Cho`ntakda to`g`nog`ich, sinadigan va o`tkir asboblar bo`lishi kerak emas
Ish joyini to`g`ri tashkil qilish kerak
Taom tayyorlashda iloji boricha sifatli mahsulotlardan foydalanish kerak
Xom go`shtni, baliq go`shtini to`g`raganda alohida taxtakachlardan foydalanish kerak. Xg, Xb (xom go`sht, xom baliq deb yozib qo`yilgan)
Ish o`rinlarini doimo toza, ozoda, saramjon-sarishta holatda saqlashni odat qiling
Do'stlaringiz bilan baham: |