7. Mehnatning tagi – rohat (10 soat)
“Mehnatning tagi-rohat” bo‘limida mehnat tufayli inson baxtga erishishi, ona yerning insonlar mehnati tufayli boylik manbaiga aylanishi haqidagi tushunchalar tarkib toptiriladi.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:
Aqlli bog‘bon. 2. Soqi bilan onasi. 3. Yer nima der? 4. Tugma. 5. Maqtanchoq g‘oz. 6. Hakka va uning bolalari. 7. Ona yer. 8. Yurak.
O‘qish ko‘nikmasi:
O‘quv yilining ikkinchi yarmidan ongli, to‘g‘ri va bo‘g‘inlab sidirg‘a o‘qishga o‘rgatish; sodda so‘zlarni bo‘g‘inlab tekis o‘qish; gaplarni ohangiga, to‘xtamlariga, tinish belgilariga rioya qilib, qiroat bilan o‘qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |