5. Xalq o‘giti – baxt kaliti (9 soat)
“Xalq o‘giti – baxt kaliti” bo‘limiga bolalar qalbiga ona allasi bilan kirib kelgan og‘zaki ijod namunalari kiritilgan bo‘lib, ezgulik, to‘g‘ri so‘zlik, sofdillik, nafosat, do‘stlik, o‘rtoqlik, ahillik haqida tasavvur hosil qiladi.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:
Sher va sichqon. 2. Maymun va duradgor. 3. Rostgo‘y bola. 4.Laylak keldi - yoz bo‘ldi. 5.Latifalar.
6. Odob –insonga husn (8 soat)
“Odob – insonga husn” bo‘limiga kiritilgan asarlar fahm-farosat, hayo va odob, qanoat kabilar insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasini belgilovchi asosiy omillar ekani yuzasidan ilk tushunchalar berishga mo‘ljallangan.
O‘quvchilarning sinfda va mustaqil o‘qishlari lozim bo‘lgan asarlar:
Oftob va odob. 2. Odob. 3. Kapalak. 4. Maslahat. 5. Ochko‘z sichqon. 6. Dil so‘zlari. 7.Chiroyli salom.
Do'stlaringiz bilan baham: |