28-mavzu: Mehnatdan kelsa boylik-turmush bo‘lar chiroylik. (1 soat)
O`quvchilarda mehnatga bo’lgan to’g’ri munosabatni shakllantirish orqali ularga halol mehnat bilan topilgan boylik hech qachon yo’q bo’lmasligi haqidagi tushunchalarni singdirish, o’quvchilarni aqliy va jismoniy mehnatga o’rgatish hamda ularda jamoa bilan birgalikda mehnat qilish ko’nikmalarini tarbiyalash.
30-mavzu: “Qahramonlik, burch va fidoiylik” (Xotira va qadrlash kuni oldidan)
(1 soat)
O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg’ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo’lish xislatlarini tarbiyalash
Do'stlaringiz bilan baham: |