18-mavzu: Chiroyli hulq-inson ziynati. (1 soat)
Inson fazilatlari to`g`risida
19-mavzu: Yo‘l harakati qoidalari nima uchun kerak?
Ko’chada va jamoat joylarida o’quvchi o’zini qanday tutishi lozimligi haqida axloqiy sifatini hamda svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug’lik ishoralari ko`nikmalarini shakllantirish
20-mavzu: Inson qalbining quvonch-u qayg’usi kuychisi (G’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo’lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u’larini singdirish.
21-mavzu: Vatan sog’inchi ila yashagan siymo (Shoh va shoir Z.M.Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan) (1 soat)
O`quvchilarda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona Vatanga mehrmuhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag’rikenglik g’oyalarini singdirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |