2-mavzu: Yo’l belgilarining turlari (Yo’l harakati qoidalari) (1 soat)
Yo'l belgilari va belgilaridan foydalanishi, yo’l belgilarining turlarini singdirish.
3-mavzu: Yurtim jamoli. (1 soat)
O’quvchilarni estetik qadriyatlarga yo’naltirish, ularda milliy qadriyatlar, ona Zamin tabiati, milliy xalq san’ati, yurtimizning go‘zalligi va madaniyatiga muhabbat tuyg’ularini rivojlantirish orqali o’quvchilarni go’zallik qonunlari asosida yashashga o’rgatish.
4-mavzu: Ustozlar bizning faxrimiz (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilar qalbiga o`qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg`usini singdirish, ularga ustozlarning ulug`ligini va ularga doimo ehtirom ko`rsatish lozimligini uqtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |