11-mavzu: Tartibga solish vositalari va ahamiyati. (Yo‘l harakati qoidalari)
Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug'lik ishoralari qo'llaniladi. Qatnov
qismidagi harakat yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi tushuntirish.
12-mavzu: Bizning maktabdagi vazifalarimiz. (1 soat)
Eng ulug‘ maskan. Buyuk insonlarni tarbiyalovchi ilm o‘chogi. Maktabdagi har bir
kitob va boshqa buyumlarni asrab-avaylash lozimligi, chunki ular xalqimizning mulki ekanligi.
13-mavzu: Baxtimiz qomusi (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan).
(1 soat)
O‘quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularni o‘rganish va amal qilish tuyg‘ularini tarbiyalash hamda ular ongiga “jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi” degan qoidani singdirish.
14-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilarda davlat ramzlariga bo‘lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |