27-mavzu: Ona tabiat qo‘ynida. (1 soat)
Ekskursiya mashg’uloti orqali o‘quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg‘ularini shakllantirish.
28-mavzu: Men sevgan ertak qahramoni. (1 soat)
Ertak qahramonlari o‘quvchilarga orzu va orzusi bo‘yicha tanlagan kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishishlarida kuchli ta’sir ko‘rsatishi, shu bilan bir qatorda orzularining ro‘yobga chiqishida irodaning, mehnatning, harakatning va ustozlar o‘gitining o‘rni alohida ahamiyat kasb etishligini va bu jarayonda ertaklarning ahamiyatini tushuntirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |