31-mavzu: Ilm va hunar ko‘kka yetkazar. (1 soat)
O‘quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o‘rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o‘qishga bo‘lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg‘ularini singdirish.
32-mavzu: Yoz – o‘tadi soz! (1 soat)
O‘quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho‘milish havzalariga borganda ehtiyot bo‘lishlikni uqtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |