KITOB BIZNIKI
Quddus Muhammadiy
Кutubхоnа kitоbin
Qоrаvоy yirtib qo‘ydi.
Nеgа yirtding? — dеb Vаli
Jizg‘аnаk bo‘lib kuydi.
Bizniki, hаmmаniki!
Qоrаvоy o‘rtоq, bilsаng,
Bir chеti-chi, sеniki!
Ishchi, хizmаtchi, dеhqоn
Pеshоnа tеrisidаn!
o‘z оtа-оnаmizning
Меhnаtining izidаn.
Shundаy ekаn, kitоbni
Nе uchun sаqlаmаysаn!
Hаr kitоb оlgаn bоlа
Оz-оzdаn yirtаvеrsа,
Мingtа qo‘ldаn o‘tgаndа
o‘zing аytgin nе bo‘lsа?
|
– Sеngа nе аlаm qilаr,
o‘zingnikimi edi?
Маktаb kutubхоnаsin
Кitоbi-ku bu! — dеdi.
Мing birinchi bоlаgа
Кitоb kеrаk emаsmi?
Yirtiq kitоbni ko‘rib,
Qo‘ling sinsin dеmаsmi?
Маktаb, kutubхоnаlаr
Кitоbni оlаr qаydаn?
Кitоbgа kеtgаn sаrflаr
Unаrdi qаysi jоydаn?
Оtа-оnаng mеhnаtin
Hurmаtlаb yoqlаmаysаn?
Sеn yirtgаn shu kitоb
Маktаbniki, bizniki!
Qоrаvоy o‘rtоq, bilsаng,
Bir chеti o‘zingniki!
|
Uygа vаzifа: She’rni ifodali o‘qing. olmoshlarni aniqlab, qaysi so‘z o‘rnida qo‘llanayotganini ayting.
4-topshiriq. She’rni o‘qing savollarga javob bering
BOG‘BON
Quddus Muhammadiy
Bog‘bon qari tolni
Kesgali boqqa kirdi.
Bezarar yiqmoq uchun,
O‘zicha reja qurdi.
Shu on daraxt shoxida
Paydo bo‘lar ikki qush,
Uchib gir-gir parvona,
Chirqillab qilar huruj.
U tol shoxida ko‘rdi,
Shu qushlar uyasini.
Chuqur xayol egovlar,
Bog‘bonning miyasini.
Chumchuqning ham inini
Buzib bo‘lmaydi degan –
Xalq maqoli chinakam
Serhikmat o‘lmaydigan.
|
Uyasin ko‘rib kesay,
Tuxum, bolasi bo‘lsa,
Tag‘in jabr qilmayin,
To‘kilib sinsa, o‘lsa.
Qarasaki, aytgandek,
Bor ekan polaponi.
Chiyillashib qolishdi,
Qilqanot kattakoni.
Bir hovuch go‘sht hammasi,
Onam, deb chiyillashar,
Kesmang, kesmang, amaki –
Debmi nolon yig‘lashar.
Qushchalarni qizg‘anib,
Bog‘bon kesmadi tolni.
Ko‘zim bilan ko‘rganman,
Qishlog‘imda bu holni.
|
Savollar:
Bog‘bon nima uchun boqqa kirdi?
Shu payt daraxt shohida nimalar paydo bo‘ldi?
Bog‘bon qarasa, daraxtda nima bor ekan?
Polaponlar nima deb yig‘lashar edi?
Bog‘bon nima uchun tolni kesmadi?
Adabiyo‘qish: Ҳамид Олимжон. “Ўзбекистон” шеъри.
HAMID OLIMJON
(1909-1944)
Shoir, publitsist, adabiyotshunos va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909- йил 12 декабрда Jizzax шаҳрида туғилган. Lirik sheʼrlari bilan 20 asr oʻzbek adabiyotiga катта hissa qoʻshgan. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanilgan. Ҳамид Олимжон „Zarafshon“ (1926–1927) „Yoshlar“ gazetaлариda (1931) masʼul kotib, Til va adabiyot instituti (1934–1937) va Oʻquvpedagogika nashriyotida boʻlim mudiri (1938–1939), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1939–1944) бўлиб ишлаган.
Hamid Olimjonning адабиётга qiziqishi onasi Komila ayaning ertaklari asosida shakllangan. Hamid Olimjon koʻproq lirik sheʼrлар ёзишга қизиққан. XX асрнинг 30-yillariдaн Hamid Olimjon ona-yurt tabiatidan olgan taassurotlarini lirik sheʼrларида акс эттирган. Унинг „Oʻrik gullaganda“, „Oʻzbekiston“ singari lirik sheʼrlari eʼtibor qozongan. Shoir faqat lirik sheʼrlargina emas, balki „Zaynab va Omon“ (1938), „Oygul bilan Baxtiyor“ (1937), „Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“ (1939) dostonlarini xalq ertaklari asosida yaratgan. Шоирнинг „Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“ достони асосида фильм ишланган.
Луғат:
Adabiyotshunos- литературовед
jamoat arbobi- государственный деятель
sifatida- в качестве
tanilмоқ- стать известным
masʼul kotib- ответ секретарь
nashriyot- издательство
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi- Союз писателей Узбекистана
Адабиёт- литература
Qiziqмоқ- интересоваться
Shakllanмоқ-формироваться
Taassurot- впечатление
eʼtibor qozonмоқ-завоёвывать авторитет
doston- поэма
Savollar:
Hamid Olimjon qachon va qaerda tug‘ilgan?
U qanday she'rlar yozgan?
30-yillarda kim sifatida tanilgan?
Hamid Olimjonning adabiyotga qiziqishi kimning yordamida shakllangan?
Hamid Olimjon qanday she'rlar yozishga qiziqqan?
Shoir lirik she'rlarida nimani aks ettirgan?
Shoirning qaysi asari asosida film ishlangan?
Topshiriq. «O‘zbekiston» she’ridan parchani ifodali o‘qing.
O‘ZBEKISTON
Hamid Olimjon
O‘xshashi yo‘q bu go‘zal bo‘ston,
Dostonlarda bitgan guliston.
O‘zbekiston deya atalur,
Uni sevib el tilga olur.
Chiroylidir go‘yo yosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin.
Qorli tog‘lar turar qoshida,
Gul-vodiylar yashnar qoshida.
Chor atrofga yoyganda gilam,
Aslo yo‘qdir bundayin ko‘klam.
Bunda qurtlar ipak to‘qiydi,
Bunda qushlar g‘azal to‘qiydi.
Bunda qorning taglarida qish,
Ko‘klam uchun o‘qiydi olqish.
Pazandasi yopadi shirmon,
Qarilari kutadi mehmon.
Bu shundayin ajib diyordir,
Ko‘rmaganlar doim xumordir...
Uyga vazifa: Tabiat manzaralarini kuzating. O‘zingizga yoqqan fasl haqida so‘zlab bering.
7-SINF
(102 soat)
1 чорак (27 соат)
Adabiy o‘qish: Шукур Саъдулла “Озод диёр” шеъри.
Do'stlaringiz bilan baham: |