O‘zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi respublika ta'lim markazi



Download 194,91 Kb.
bet11/21
Sana25.07.2021
Hajmi194,91 Kb.
#128210
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
6-7-8-синф адабий материаллсар 2

Shukur Saʼdulla


  

 (1912–1972)

Shukur Saʼdulla 1912 yilning yanvarida Jizzax shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi, boshlangʻich maʼlumotni ona shahridagi Narimonov nomli maktabda oldi. 1924 yilda Samarqand pedagogika bilim yurtida tahsil oldi, soʻngra Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat universitetida oʻqidi. 1931–64 yillarda Shukur Saʼdulla Oʻzbekiston davlat va “Kamalak” (“Yosh gvardiya”) nashriyotlarida muharrir, boʻlim boshligʻi, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir, direktor vazifalarida mehnat qilib, bolalar uchun adabiy-badiiy kitoblar nashr etishga oʻzining barakali hissasini qoʻshdi.

Sh. Saʼdullaning birinchi sheʼrlar toʻplami 1932 yilda “Hayqiriq” nomi bilan bosilib chiqdi. Шоирнинг “Uch ayiq”, “Ayyor chumchuq” (1935–1936), “Yoriltosh” (1939), “Ikki sandiq” (1942), “Sen nima qilding?” (1942), “Shirin kun” (1946), “Sheʼrlar” (1955), “Sheʼrlar va ertaklar” (1957), “Pesalar” (1995), “Dastyor qiz” (1960), “Sening alboming” (1962), “Ozoda” (1969), “Komandirning boshidan kechirganlari” (1962), “Kachal polvon” (1963,1966,1967,1986), “Ism qoʻyilmagan xat”, “Sening bayraming”, “Mening aziz bolalarim” kabi kitoblari bosilib chiqdi.

Dramaturg Shukur Saʼdulla tomonidan yaratilgan “Yoriltosh”, “Gulxan”, “Bizning bogʻchamiz”, “Dalada bayram”, “Vatan ishqi” (dramaturg Z. Fatxullin bilan hamkorlikda yozilgan), “Ikki bilaguzuk”, “Zubayda”, “Afsona yaratgan qiz” pesalarini tomoshabinlar yaxshi bilishadi.

Shukur Saʼdulla tabiat kuychisi sifatida ham eʼzozlanadi. Shoir soʻlim bahorni koʻpgina sheʼrlarida qalamga olib, ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalarni hayot bilan tanishtiradi, ularda olamni tushunish qobiliyatlarini oʻstiradi.

Shoirning juda koʻp sheʼrlari maktab darsliklarida, qoʻllanmalarida uzoq yillardan beri nashr etilib kelinayotir. “Oʻyin”, “Lola va mushuk”, “Bahor keldi”, “Vatanim”, “Dastyor qiz”, “Ozod diyor”, “Toʻrt fasl”, “Qush tili” shular jumlasidandir.

Shukur Saʼdulla xalq ogʻzaki ijodini sevgan va undan ijodiy foydalangan shoirlardan biri edi. U “Noʻxatpolvon”, “Laqma it”, “Ayyor chumchuq”, “Chol bilan boʻri” kabi oʻnlab asarlarini ertaklar asosida yaratdi. Xalq ertaklarini joʻngina sheʼrga solib qoʻya qolmadi. Balki unga ijodiy yondashdi.

Shukur Saʼdullaning gʻoyaviy-badiiy yuksak, bolalarbop asarlari umr boʻyi kitobxonlar qalbida yashaydi.

 


Download 194,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish