Zoologiyaning o’yg’onish davrida rivojlanishi. O’yg’onish davrida
Xristofor Kolumb, Marko Polo, Magellan kabi sayyohlarning dengizlar osha
sarguzashtlari tufayli noma’lum bo’lgan hayvonlar kashf etildi. Ana shu davrda
shveysariyalik K.Gesnerning 17 jildlik ―Hayvonlar tarixi‖ (16-asr) ensiklopedik
asari paydo bo’ldi.
Zoologiyaning rivojlanishida 17-asrda mikroskopning kashf etilishi katta
ahamiyatga ega bo’ldi. Golland olimi A.Levenguk ―Mikroskop yordamida ochilgan
tabiat sirlari‖ asarida ko’z ilg’amas hayvonlar dunyosini kashf etdi. Italiya olimi
M.Malьpigi umurtqali hayvonlarning qon aylanish va ayirish organlari, terisining
tuzilishini; angliyalik U. Garvey odamning qon aylanish sistemasini tushuntirib
berdi.
SHved olimi K.Linney ishlab chiqqan hayvonot olami sistemasi ham
zoologiyaning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Olim o’zining ―Tabiyyot
sistemasi‖ asarida tur, urug’, tartib, sinf kabi sistematik guruhlarni asoslab berdi.
K.Linney turni ikki nom, ya’ni urug’ va tur nomi bilan atash (binar nomenklatura)
ni taklif etdi: hayvonlarni sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, baliqlar,
hasharotlar, chuvalchanglar sinflariga ajratdi.
Fransuz olimi J.Kyuvьe 19-asr boshlarida hayvonlar qazilma qoldiqlarini
o’rganib, organizmning bir butunligi va organlarning o’zaro bog’liqligi
to’g’risidagi ta’limotni yaratadi. Kyuvьe fanga ―tip‖ tushunchasini kiritadi. U
hayvonlarni 4 tip: umurtqalilar, yumshoq tanlilar, bo’g’imlilar, nurlilar va 19
sinfga ajratadi.
Zoologiyaning rivojlanishida T.SHvann va M.SHleyden tomonidan hujayra
nazariyasining yaratilishi hamda turlarning o’zgarishi to’g’risidagi J.B.Lamark
ta’limoti ham muhim ahamiyatga ega bo’ldi. J.B.Lamark, K.Linney sistemasini
yana ham takomillashtirib, hayvonlarni 14 sinfga ajratdi. U turlarning o’zgarishi
to’g’risidagi dastlabki evolyusion nazariyasini ishlab chiqishga urindi.
9
Zoologiyaning rivojlanishida CH.Darvinning qo’shgan hissasi katta bo’ldi.
Uning ―Bigl‖ kemasidagi sayohatlarga bag’ishlangan ―Izlanishlar kundaligi‖
(1839) asarida Janubiy Amerika va unga yaqin orollardagi kemiruvchilar, qushlar,
kaltakesaklar, toshbaqalar va boshqa hayvonlar to’g’risida ilk bor ma’lumot
beriladi. Ayniqsa CH.Darvin rahbarligida tayyorlangan ―Zoologiya‖ asari, uning
―Mo’ylovoyoqli qisqichbaqasimonlar‖ monografiyasi, korall orollarining kelib
chiqishi to’g’risidagi ta’limoti (1851-54) katta ahamiyatga ega bo’ldi. Zoologiyaga
oid ma’lumotlar CH.Darvin evolyusion ta’limotining asosini tashkil etadi.
Zoologiyada evolyusion g’oyalar CH.Darvinning ―Tabiiy tanlanish yo’li bilan
turlarning paydo bo’lishi‖ asari (1859) nashr etilgandan so’ng o’z aksini topdi.
Evolyusion ta’limotning yaratilishi hayvonlarni o’rganishga qiziqishni yanada
kuchaytirib yubordi. Evolyusion ta’limot asosida solishtirma anatomiya,
embriologiya, paleontologiya, sistematika, zoogeografiya fanlari tez rivojlana
boshladi; ekologiya, gidrobiologiya, parazitologiya va boshqa fanlarga asos
solindi. Evolyusion g’oyalar asosida nemis olimi E.Gekkel biogenetik qonunni
kashf etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |