O’zbekistonda zoologiyaning rivojlanishi. O’zbekistonda ilk zoologik
tadqiqotlar 11-asrda yashab o’tgan SHarqning buyuk allomalari nomi bilan
bog’liq. Abu Rayxon Beruniy 101 hayvon turi va ulardan olinadigan dori-
darmonlar to’g’risida yozib qoldirgan. Uning ―Hindiston‖ asarida bu o’lka
hayvonlari to’g’risida ma’lumot beriladi. Abu Ali ibn Sinoning ―Kitob ash-shifo‖
asarida odam parazit gelьmintlari to’g’risida yozilgan. Bu asardagi ayrim
gelьmintlar (qovoqsimon qurt, mitti qurt) nomi hozirgi sistematikada ham saqlanib
qolgan.
O’rta Osiyo, jumladan O’zbekiston hayvonot dunyosini o’rganish bo’yicha
maxsus ilmiy tadqiqotlar 19-asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Rus olimi
N.A.Seversov ilk bor Orol dengizi, Ustyurt, Qizilqum, Sirdaryo, Pomir, Tyanьshan
hayvonlarini;
A.P.Fedchenko
Oloy
va
Zarafshon
vodiysi
hayvonlarini
o’rganishgan. V.F.Oshanin ―Turkiston yarim qattiq qanotlilari faunasi‖ asarida 700
dan ortiq hasharotlar turi to’g’risida ma’lumot bergan. Uning tashabbusi bilan
1876 yilda Toshkentda tabiat muzeyi ochiladi.
O’rta Osiyo hayvonot dunyosini o’rganish 20-asrda jadal sur’atlar bilan olib
borildi. 20 va 30-yillarda parazit va kasallik tarqatuvchi hayvonlarni o’rganishga
asosiy e’tibor berildi. Ana shu maqsadda bir qancha ekspedisiyalar tashkil etildi;
L.M.Isaev va N.I.Xodukin bezgak chivini va rishtaning rivojlanishini batafsil
o’rganishdi; bir qancha xududlarda bezgakka qarshi stansiyalar, Samarqand
shahrida Tropik kasalliklar (hozirgi Tibbiyot parazitologiya) instituti tashkil etildi.
Bu tadbirlar tufayli 20- asrning o’rtalarida O’rta Osiyoda bezgak kasalligi va rishta
batamom tugatildi.
Zoologiya sohasida tadqiqotlar 1920 yilda Turkiston davlat universiteti
(hozirgi O’zbekiston milliy universiteti) tashkil etilgandan so’ng ayniqsa keng
miqyosda olib borila boshladi. A.L.Brodskiy bir hujayrali hayvonlarni o’rganib,
Qizilqum quduqlarida uchraydigan foraminiferalar Qizilqum o’rnida mavjud
bo’lgan qadimgi dengiz faunasi qoldig’i nishonasi ekanligini ko’rsatdi.
D.N.Kashkarov ekologik tekshirishlarni boshlab berdi va bu sohada birinchi
darslik yaratdi. T.Z.Zohidov Qizilqum hayvonlarini o’rgandi va 4 tomlik
―Zoologiya ensiklopediya‖sini yozdi. V.V.YAxontov hasharotlarni o’rganib, bu
sohada bir necha yirik qo’llanmalar yaratdi. A.M.Muxammadiev suv hayvonlarini
o’rgandi va umurtqasizlar zoologiyasidan o’zbek tilidagi dastlabki o’quv
qo’llanmasini yaratdi. S.N.Alimuxamedov va R.O.Olimjonov zararkunanda
hasharotlarni o’rganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish borasida
bir qancha muhim tadqiqotlarni amalga oshirishdi. Qishloq xo’jaligi ekinlari
parazit nematodalarini o’rganishda va ularga qarshi kurash tadbirlarini ishlab
chiqishda A.T.To’laganov va uning shogirdlarining xizmatlari katta bo’ldi. Xonaki
va yovvoyi hayvonlar gelьmintlarini o’rganish borasida tadqiqotlar J.A.Azimov,
M.A.Sultanov, I.X.Ergashev nomi bilan bog’liq.
11
O’zbekistonda ekologik parazitologiya sohasidagi tadqiqotlar J.A.Azimov va
uning shogirdlari tomonidan keng miqyosda olib borilmoqda. Zoologiya
sohasidagi tadqiqotlar ayni kunda zoologiya, tibbiyot parazitologiyasi,
chorvachilik, veterinariya, qorako’lchilik, o’simliklarni himoya qilish, ipakchilik,
sabzavot-polizchilik va boshqa ilmiy tadqiqot institutlarida, deyarli barcha
universitetlar qoshidagi kafedralarida olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |