6. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining pedagogik mahorati, texnologiya va innovatsiyalar
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining mazmun-mohiyati. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni. Ta’lim-tarbiya sohasi oldida turgan dolzarb vazifalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF6108-son Farmoni va “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son Qarori, 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ4963-son Qarori, 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni va boshqa ta’lim sohasiga oid me’yoriy hujjatlar mazmuni.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining jismoniy, ijtimoiy va intellektual rivojlanish qonuniyatlarini bilishi va ushbu qonuniyatlardan kelib chiqib o‘quvchilarning ta’lim olish sifatini oshirishga qaratilgan turli strategiya, texnologiya va metodlari. O‘quvchilarning qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ularning ta’limiy ehtiyojlarini qondirishda ta’lim berishning differensiallashgan yondashuvlari. Ta’lim mazmuni va strategiyalari.
DTS, o‘quv dasturlari va baholash mezonlarini inobatga olgan holda dars rejalarini tuzish va ularni amalga oshirish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kechadigan kognitiv jarayonlar. O‘quvchilarda ijodiy fikrlash, muammolarni hal eta olish va bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan turli ta’lim yondashuvlari, strategiyalari, texnologiya va metodlari.
Boshlang‘ich sinfni boshqarish va o‘quvchilar o‘rtasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish. Ota-onalarni ta’lim jarayoniga jalb etishning turli strategiyalari.
Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy yondashuvlar hamda xalqaro tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini oshirish. TIMSS dasturi asosida topshiriqlar yaratish va kreativ ishlash texnologiyasi. PIRLS tadqiqot dasturi asosida nazorat topshiriqlarini yaratish va o‘quvchilar bilan ishlash. Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitishda STEAM yondashuvini tashkil etish hamda loyihalar ustida ishlash.
Boshlang‘ich ta’lim fanlari bo‘yicha o‘qitishning joriy qilingan texnik-didaktik vositalari. O‘quv xonalari, fan kabinetlari va laboratoriyalarining namunaviy jihozlanish normativlari. Tegishli jihoz, vosita va didaktik materiallardan foydalangan holda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |