45
Javob: Naqqoshlik, ganchkorlik, yog‘och uymakorligi, pichoqchilik,
toshtaroshlik, misgarlik, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik,
savatchilik va buyrakchilik,
kulolchilik, kandakorlik.
Bugungi darsimizda qanday XABS turi asosida ishlaymiz?
Javob: Naqqoshlik.
Naqsh – arabcha “tasvir, gul” degan ma’noni anglatadi. Qush, hayvon, o‘simlik,
geometrik va boshqa elementlarni ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan
bezakdir.
2. O‘zbekiston hududida ko‘plab tarixiy yodgorliklar obidalar joylashgan.
Savol: Qanday tarixiy shahar va obidalarni bilasiz?
Javob: Buxoro, Samarqand, Xiva, Shaxrisabz, Qo‘qon
Obidalar-Samoniylar maqbarasi, Ko‘kaldosh Nodira devonbegi maqbarasi va
madrasasi, Mir Arab, Ulug‘bek madrasasi.
Registon maydoni,
Shoxi Zinda, Go‘ri Amir, Ulug‘bek rasadxonasi. Xivadagi
Ichanqal’a Dishanqal’a, Kaltaminar Xiva Oqsaroy Shaxrisabz Xudoyorxon
qarorgohi va boshqalar
3. Naqsh elementlari.
a) O‘simliksimon islimiy
b) Geometrik handasiy
c) Ramziy
a) O‘simliksimon naqsh elementlarini oddiy hamda murakkab bo‘ladi. Bular
barglar, gullar, g‘uncha, marg‘ula, tanob, shukufta, bog‘lam.
b) Geometrik naqsh-elementlari asosan geometrik yasashlar asosida tuziladi.
To‘rtburchak,
uchburchak, romb, trapetsiya, o‘tmas va o‘tkir burchakli
uchburchaklar, ko‘pburchaklar, egri chiziqlar, (yoy, aylana, oval).
Bu elementlar yig‘indisi girix deb atalmish murakkab geometrik naqshni
yasaydi.
c) Ramziy naqsh elementlari. Ko‘za, tovus, qush, soat, piola, she’r, quyosh,
yulduz, baliq, sichqon, uzum, anor, olma, kiyik, bulut.
4. Naqsh elementlarini chizish bosqichlari.
Qog‘ozda naqsh solishni o‘rganish uchun dastlab to‘g‘ri, egri, tik, aylana
chiziqlarni chamalab bo‘lishdan boshlanadi. O‘simliksimon naqshlar elementlari
barglar, tanob, bog‘lam gullar katak daftarda maxsus to‘rlar asosida qora qalamda
chizish mashq qilinadi. Naqshlar jonli va ravon chiziladi. Chizish
vaqtida
simmetriya va assimetriya va boshqalarga e’tibor beriladi. Bu elementlarni
quyidagi tartibda chizgan ma’qul. Dastlab barg elementlari so‘ngra gullar, undan
so‘ng bargli gullar, va nihoyat tanob, band, shukufta va boshqa elementlarni
chizish mashq qilinadi.
Naqsh elementlari bosqichma-bosqich qora qalamda chizmachilik asboblari
yordamida chizish mashq qilinadi.
Yaxshilab ko‘nikma hosil qilingandan so‘ng, elementlar yordamida oddiy naqsh
namunalaridan murakkabga 5-6 martalab takrorlanib albomda chiziladi.
Stilizatsiya, assimetriya, simmetriya, ritmga alohida e’tibor beriladi.
Ritm-takrorlanib
keluvchi
46
Simmetriya-mos degani. O‘lchovlarning bir-biriga mosligi, tengligi,
mutanosibligi degani.
Naqsh chizish jarayonida qalamni qattiq bosmasdan yengil ravon chizish kerak.
Naqsh elementlari mukammal o‘rgangandan so‘ng, naqsh kompozitsiyalari
tuzamiz. Naqsh kompozitsiyalarni bo‘yash, bo‘yoqlar tayyorlar texnologiyasini
kelgusi mashg‘ulotlarda biz siz bilan o‘rganamiz.
5. Mustahkamlash
Savol: Naqsh elementlarining turlarini sanab o‘ting?
Savol: Geometrik naqsh elementlarini qanday chiziladi.
6. Krassvord
B
A
R
G
Savollar:
1. Stillashtirib tasvirlangan o‘simliksimon naqsh elementi. Meva. Baxt-iqbol
ramzi.
2.
Rang turi
3. Takrorlanib keluvchi (termin).
4. Qizil, sariq ……
5. Uyga vazifa.
Naqsh elementlarini chizishni mashq qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: