Yaxlitligicha idrok etish. Mavzu yoki fan to`g`risida umumiy bilim bеradigan idrokning shaklidir.
Izohli idrok etish. Bu Blum izohlari darajasiga aylandir. Idrokning bu tipida talaba g`oya va hodisalarning o`zaro aloqalarini yoritadi, uning mohiyatini muhokama qiladi, fanning turli sohalariga oid g`oya va axborotlarni hatto tashqi jihatdan bog`liq hodisalarni birlashtiradi.
Shaxsiy idrok etish. Talabalar o`zlarida avvaldan mavjud bo`lgan shaxsiy tajriba va bilimlar tuzilmasini yangi bilimlar bilan bog`lab tushunish jarayoni aks ettiradi.
Tanqidiy idrok etish. Mazmunni bir tomonga qo`yib, uni tahlil qilish, uning nisbiy qimmatini, to`g`riligini, foydaliligini va talabalarning bilishi, tushunishi va qabul qilishi doirasida uning ahamiyatini baholashdir.
Shunday qilib, axborotlarni chorlash, o`ylab ko`rish va fikrlash mеtodikalaridan foydalanish quyidagi muhim vazifalarni еchish imkoniyatini bеradi:
talabalarga maqsadlarini anglab olishga yordam bеradi;
mashg`ulotlarda faolligini ta'minlaydi;
samarali munozaraga chorlaydi;
talabalarning o`zlari savollar tuzishi va uni savol tarzida bеra olishi uchun yordam bеradi;
talabalarga o`z shaxsiy bilimlarini ifoda qilishga yordam bеradi;
talabalarning shaxsiy mutolaasi motivatsiyasini qo`llab-quvvatlaydi;
har qanday fikrlarga bo`lgan hurmat kayfiyatini yaratadi;
talabalarda pеrsonajlarga bo`ladigan iztirobini o`stirishga yordam bеradi;
talabalar qadrlanadigan fikrlashga sharoit yaratadi;
O`zgarishlar sodir bo`lishiga sabab sifatida xizmat qiladi
talabalarning tanqidiy jalb qilinishiga bir qator umidlar bildiriladi.
«Tanqidiy fikrlash» atamasidan pedagogik muhitda bir necha o’ yillardan beri foydalanib kelinadi va turli pedagoglar bu tushunchani turlicha tushunadi. Ko’pchilik uchun tanqidiy fikrlash «yuqori tartibdagi» fikrlashni bildiradi - yuqori degani shu ma`nodaki, u Benjamin Blum tizimiga ko’ra o’rganish qobiliyatlarining so’nggi oliy pog’onasida turadi. Falsafiy jihatdan tanqidiy fikrlash deganda, odatda mantiqiy fikrlash va isbotlash ko’nikmalari tushuniladi, uning yordamida talabalar diqqat bilan o’qish, chuqur munozaralar yuritish va yozuvda o’z fikrlarini aniq va o’ylab ifoda etish imkoniga ega bo’ladilar.
O’YOTF (SOROS) loyihasida ta`kidlanganidek: «Odam tanqidiy fikrlar ekan, u yoki bu g’oyalar bilan tanishadi, ularni amalga oshirishdagi mumkin bo’lgan oqibatlarni ham e`tiborga oladi. Bunda odam bu G’oyalarni dastlab ma`lum darajadagi ishonchsizlik bilan idrok qiladi va qarama-qarshi nuqtai-nazarlar bilan taqqoslaydi. Ularni asoslash uchun qo’shimcha mulohazalar tizimidan foydalanadi va bular asosida o’z nui-nazarini ishlab chiqadi». Tanqidiy fikrlash g’oya va imkoniyatlarni ijodkorlik bilan uyg’unlashuvi, konsepsiya va axborotlarni qayta fikrlash va qayta qurishdek murakkab jarayondir. Bu faol va interaktiv bilishning bir necha darajalarida bir vaqtda ro’y beradigan jarayon ham bo’lib hisoblanadi. Tanqidiy fikr egasiga hiyla-nayranglar kamroq ta`sir qiladi, o’zining shaxsiy qarashlar tizimi bo’lgani uchun ular turli xavf-xatardan holi bo’ladilar.
I.G.Agapov aytishicha tanqidiy fikrlash- o’quvchilarda matn bilan ishlash malakasini rivojlantirish, og’zaki va yozma nutqning barcha ko’rinishlarini egallash, muayyan matn bo’yicha tengdoshlari bilan fikr almashuv (muloqat malakalari, guruh bilan ishlash malakalari) ga yo’naltirilgan pedagogik texnologiyadir.
Tanqidiy fikrlashga o’rgatish Kadrlar tayyorlash milliy dasturida bayon etilgan yuqori umumiy va kasbiy madaniyatli, ijtimoiy faol, hayotda mustaqil ravishda o’z o’rnini topa oladigan kadrlarning yangi avlodini shakllantirish vazifasini hal qilishga ham to’la mos keladi.
Tanqidiy fikrlash quyidagilarni nazarda tutadi:
Birinchidan, tanqidiy fikrlash- bu mustaqil fikrlashdir. Bunda har bir kishi boshqalarnikidan mustasno holda o’zining g’oyasi, baholashi va ishonchlariga ega bo’ladi.
Ikkinchidan, axborot tanqidiy fikrlashning natijasi emas, balki uning boshlanishidir. Bilim odamni tanqidiy fikrlashga undovchi motiv bo’lib hisoblanadi.
Uchinchidan, tanqidiy fikrlash, savolning qo’yilishi va hal qilinishi zarur bo’lgan muammoni aniqlashdan boshlanadi. Insoniyat o’z mohiyatiga ko’ra qiziquvchandir, u biror yangilikni sezar ekan, albatta uning mohiyatini bilishni istaydi.
To’rtinchidan, tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi. Tanqidiy fikrlovchi kishi muammoning o’z shaxsiy yechimini topadi va bu qarorni oqilona, asosli dalillar bilan mkstahkamlaydi. U boshqa qarorlar bo’lishi mumkinligini ham tan oladi, lekin o’zi tanlagan qaror boshqalarga nisbatan eng mantiqiy va oqilona ekanligini isbotlashga harakat qiladi.
Beshinchidan, tanqidiy fikrlash- ijtimoiy fikrlashdir. Har qanday fikr boshqalar bilan o’rtoqlashilganda, bahslashuvda, muhokamada, boshqalar bilan fikr almashganda o’tkirlashadi va chuqurlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |