3. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi o’rni va roli
Hozirgi davrda Markaziy Osiyoda strategik barqarorlikni ta’minlash, mintaqada integratsion jarayonlarni kuchaytirish, bu hududda joylashgan davlatlarning iqtisodiy, suv- energetik, ekologik muammolarining yechimni topishda yakin hamkorlik aloqalarini yo’lga quyish va mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. SHulardan ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni saqlashda mintaqa davlatlarining hamkorligi zarurdir. So’nggi yillar mobaynida O’zbekiston mintaqada xavfsizlikka erishish va uzoq muddatli hamkorlik yo’lida o’zaro oqilona murosaga tayyor ekanligini bir necha bor isbot qildi.
Bu borada O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov «Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash, bu mintaqani barqaror xavfsizlik hududiga aylantirishni tashqi siyosatimizni muhim ustuvor yo’nalishi etib belgilab olganmiz»1 deb ta’kidlagan edi. O’zbekiston mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, qurolli mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish borasida taklif va tashabbuslar bilan chiqib, BMT bilan hamkorlikda qator samarali ishlarni amalga oshirdi. yevropa Xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti, o’nlab davlatlararo nohukumat xalqaro tashkilotlar bilan ham keng hamrovli aloqalarni izchil rivojlantirmoqda. O’zbekiston poytaxti Toshkent bugungi kunda xalqaro nufuzli tashkilotlar ishtirokidagi xavfsizlik, barqarorlik, tinchlik va hamkorlik masalalari bo’yicha muhim xalqaro anjumanlar markaziga aylandi. Ayniqsa, xalqaro tashkilotlar - yeXHT, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) bilan teng huquqli a’zo sifatida, yevropa Ittifoqi, NATO bilan «Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturi doirasidagi aloqalari rivojlandi.
BMTga a’zo bo’lishdan maqsad Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik, tinchlik, osoyishtalik hamda totuvlikni ta’minlashning keskin muammolariga jahon jamoatchiligi e’tiborini jalb qilishdan iboratdir. 1993 yil 28 sentyabr BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Prezident I.A.Karimov nutq so’zladi, unda diqqat e’tibor Orol dengizi fojeasiga va mintaqadagi mojaroli o’choklarga qaratildi, birinchi bor Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud barpo etish tashabbusi ilgari surildi. Bu tashabbus 1996 yil dekabr oyida bo’lib o’tgan yeXHT uchrashuvida yig’ilganlar diqqatiga havola etildi, 1997 yil 14–16 sentyabr kunlari Toshkentda yuqoridagi mavzuga doir anjuman o’tkazildi. 1999 yil 22 oktyabrda Afg’onistondagi mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish masalasiga doir BMTning Xavfsizlik Kengashi a’zolari nomidan Bayonot e’lon qilindi, 1999 yil 19-20 iyul oyida «6+2» guruhining bu masalaga doir uchrashuvi bo’lib o’tdi.2
BMT Bosh Assambleyasining «Ming yillik» deb nom olgan sessiyasida Prezident I. A. Karimov nutq so’zladi, unda «Bugungi kunda mintaqalar xavfsizligini taminlamay turib, umumiy xalqaro xavfsizlikka erishib bo’lmasligi hammaga ravshan» degan edi3.
Ming yillik Assambleyada, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Ikkinchi chaqiriq, birinchi sessiyasida, ya’ni 2000 yil 22 yanvarda so’zlagan ma’ruzasida xavfsizlik va osoyishtalikni ta’minlash sohalariga alohida to’xtalib o’tgan edi. BMT bilan faol hamkorlik va O’zbekistonning obro’sining ortib borayotganligini biz Prezident I.A.Karimovning «Ming yillik Assambleyasi» raisi o’rinbosarligiga saylanishida ham ko’rishimiz mumkin.
O’zbekiston tashqi siyosat sohasidagi vazifalarni hal etishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.
O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligining tashabbusi bilan tashkil etilgan "Markaziy Osiyo — yadro qurolidan xoli zona" Xalqaro konferensiyasi ishida jahondagi 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotning muxtor vakillari qatnashdi. Bular orasida BMT, yeXHT, NATO, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik, "Islom konferensiyasi" Tashkiloti, Lotin Amerikasida yadro qurolini taqiklash bo’yicha agentlik va boshqa xalqaro tuzilmalardir. Ushbu anjuman ishida BMT Xavfsizlik Kengashi-ning doimiy a’zolari — yadro davlatlari hisoblanmish besh davlat vakillari faol qatnashdilar. Bu esa Toshkent konferensiyasi katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatdi. Toshkent konferensiyasida qatnashish uchun yevropa Ittifoqi mamlakatlarining katta delegatsiyasi ham keldi. Ularning integratsiya hamda xavfsizlik va tinchlik o’rnatish borasidagi tajribasi Markaziy Osiyo davlatlari uchun ayniqsa qadrlidir. Konferensiyaning hamma ishtirokchilari O’zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona tashkil etish haqidagi g’oyasini qo’llab-quvvatlayotganliklarini ma’lum qildilar.
O’zbekiston Prezidenti I. Karimov "Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli zona" Toshkent konferensiyasida so’zga chiqib, bunday dedi: "... jahon hamjamiyati bugungi kunda yadro xavfidan ogoh qilish, uning oldini olish borasidagi tashabbus va chora-tadbirlarga jiddiy e’tibor bilan qarashi va ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlashi lozim. Biz Markaziy Osiyo —dunyodagi aholi eng zich joylashgan mintaqalardan biri ekanini, aholi har tomonlama nochor, tabiiy halokatlar tez-tez sodir bo’lib turadigan sharoitda istiqomat qilishini hech qachon unutmasligimiz kerak"1.
Prezident I. A. Karimov tashabbuslari natijasida 2006 yil 8 sentyabrda Semipalatinsk shahrida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, va Turkmaniston davlat rahbarlari tomonidan Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zona deb e’lon qilinganligi haqidagi shartnoma imzolandi. SHartnomaga ko’ra tomonlar yadro qurolini ishlab chiqarishni, sotib olishni, xududlariga joylashtirishni taqiqlash kabi majburiyatlarni o’z zimmalariga oldilar2. O’zbekiston tomoni mazkur shartnomani 2007 yil 2 aprelda ratifikatsiya qildi 3.
O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov yeXHT ning Xelsinki (1992 yil), Budapesht (1994 yil), Lissabon (1996 yil), Istambul (1999 yil) sammitida qatnashdi va nutqlarda qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Bular jumlasiga, Markaziy Osiyoda barqarorlikni mustahkamlash, mojarolarni bartaraf etish, qurol-yaroq kontrabandasiga qarshi kurashda yeXHT ning ishtirokini kengaytirish, xalqaro Terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish kabi masalalar kiradi.
1994 yilning dekabr oyida Budapeshtda yeXHTga a’zo davlatlar boshliqlarning xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tdi. O’zbekiston Prezidenti ham bu nufuzli anjumanda ishtirok etdi. Butun dunyo ahli ko’z o’ngida ona sayyoramizda barqarorlikni hukm surishi uchun fidoyilik qilayotgan davlat rahbari sifatida keng jamoatchilikda ijobiy fikr uyg’otdi.
Ayniqsa, O’zbekiston Prezidentining Budapesht minbaridan turib aytgan ushbu gapi jahoniy ahamiyatga molik, davr qiyofasini aks ettirgani bilan ajralib turadi: «Bizningcha, mojarolar bo’layotgan joylardagi barcha tinchlikparvarlik ishlari faqatgina yeXHT ning mandati bo’yicha amalga oshirmog’i kerak. Nazarimizda davlatlarning umumiy qirg’in qurollarini tarqatmaslik va aytgan bo’lardimki, bu qurollarning sayyoramiz bo’ylab yoyilishiga yo’l qo’ymaslik yuzasidan olgan majburiyatlarga qat’iy rioya etishga e’tiborni kuchaytirish zarur…»1.
Bu o’rinda O’zbekiston Prezidenti o’z pozitsiyasini aniq tiniq qilib bayon etgandi. Ayniqsa, O’zbekistonga chegaradosh davlatlardagi ahvolni to’g’ri baholab shunday degandi: «Afg’onistonda davom etayotgan fuqarolar urushi, Tojikiston-Afg’oniston chegarasidagi keskin vaziyat va Tojikistonning o’zidagi notinchlikni hisobga oladigan bo’lsak, hududimizga ekstremizm va aqidaparastlikni bostirib kirish xavfiga yo’l qo’ymaslik biz uchun – hayotiy ahamiyatga egadir…»2. O’zbekiston davlati rahbari birgina O’zbekistonni emas, balki mintaqadagi mamlakatlarning kelajagi va manfaati yuzasidan kelib chiqib so’zladi. Qolaversa, Afg’onistondagi urushga jamoatchilik fikrini qaratdi. yer yuzida tinchlikni saqlab qolish bevosita Afg’oniston masalasi bilan chambarchas bog’liqligini ta’kidladi.
Tashkilotning Lissabonda bo’lgan sammitida mamlakatimiz rahbari mintaqamizda barqarorlikni mustahkamlash, mojarolarni bartaraf etish, qurol-yaroq kontrabandasiga qarshi kurashda yeXHTning ishtirokini kengaytirishi taklifini ilgari surgan edi. Bu taklif sammit so’ngida qabul qilingan Lissabon deklaratsiyasida o’z ifodasini topdi3.
1996 yil 3-4 dekabrda O’zbekiston tashabbusi bilan yeXHT davlat va hukumat boshliqlarining Lissabon deklaratsiyasiga Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni qo’llab-quvvatlash hamda mojarolarning oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlarni faollashtirish haqidagi band kiritildi. Jumladan deklaratsiyada shunday deyiladi: “ Biz yeXHT da Markaziy Osiyo davlatlarining muhim rol o’ynashini ta’kidlaymiz. Biz yeXHT ning bu mintaqada demokratik tuzilmalarni rivojlantirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash, barqarorlikni qo’llab-quvvatlash va nizolarni oldini olishga qaratilgan sa’y – harakatini faollashtirish maqsadidamiz”1.
O’zbekiston o’z tarkibida demokratik davlatlarni biriktirgan NATO kabi tashkilotlarning ahamiyatini ham to’g’ri baholab, uning nafaqat yevropa mintaqasi barqarorligini saqlashga xizmat qilishi, aksincha, o’z siyosiy ustqurmasini mustahkamlashi va “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturi doirasida yevropa mintahasida ham muhim o’rin tutishi mumkinligiga e’tibor qaratdi. O’zbekiston “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturida ishtirok etar ekan, asosan o’z mustaqilligini mustahkamlash, zamonaviy xarbiy-texnik imkoniyatlarini qo’lga kiritish, harbiy kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qilib qo’yadi.
O’zbekiston NATO faoliyatidagi barcha yirik tadbirlarda faol qatnashmoqda. "Tinchlik yo’lida hamkorlik" dasturidagi muvaffaqiyatli ishtiroki esa taqsinga sazovor. AQSH tomoni yaqinda NATO da Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo bo’yicha vakil tayinlaganini nazarda tutadigan bo’lsak, kelgusida bunday rejaning amalga oshishiga shubha qolmaydi.
O’zbekiston o’z havfsizligini mustahkamlash maqsadida ham NATO da ishtirok etishdan manfaatdor.
Umuman yevropa va butun g’arb – bu yuqori texnologiya va investitsiyalar manbai, zamonaviy demokratiya va inson huquqlari ramzidir. O’z oldiga havfsizligi ta’minlangan, taraqqiy etgan davlat qurishni maqsad qilib qo’ygan yosh O’zbekiston uchun bunday sheriklar bilan teng munosabatlarga kirishish, tabiiyki, beqiyos ahamiyat kasb etadi. 1
Ta’kidlab o’tganimizdek, O’zbekiston o’z tashqi aloqalarida ko’p tomonlama munosabatlar barobarida ikki tomonlama hamkorlikka ham tayanadi. Zero, ikki tomonlama aloqalar o’zaro manfaatlarni yorqinroq his etish, bir-birini yaqindan bilish imkonini beradiki, bu o’zaro hamkorlikning o’zoq davom etishi uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi. O’zbekistonnning Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Portugaliya, Avstriya, Gretsiya, CHexiya, Slovakiya, Ruminiya kabi qator mamlakatlar bilan o’rnatgan to’g’ridan-to’g’ri ikki tomonlama munosabatlari ham shundan dalolat berib turibdi.
Respublikamiz Prezidenti Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida so’zlagan ma’ruzasida “mustaqillikka erishganimizdan beri o’tgan tarixan qisqa davr ichida mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida o’zining munosib o’rin egallaganligiga”1 alohida urg’u bergan edi. Bu, birinchi navbatda, xalqaro siyosiy maydonda olib borilayotgan har tomonlama puxta ishlangan tashqi siyosatimiz bilan bog’liqdir. Mustaqillik qo’lga kiritilgan dastlabki kunlardanoq O’zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashdan iborat bo’lib kelmoqda.
Markaziy Osiyo respublikalari hamkorligi doirasida O’zbekiston diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm va narkobiznes xavfini o’zaro birgalikda bartaraf etish bo’yicha qator tashabbuslarni ilgari surib, ularni ro’yobga chiqarib kelmoqda. Jumladan, 2000 yil 21 aprelda Toshkentda O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston va Qirg’iziston terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik hamda tomonlarning barqarorligiga xavf tug’diradigan boshqa tahdidlarga qarshi kurashda hamkorlikda harakat qilish haqida shartnoma imzolagani ham buning isboti bo’la oladi.
O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligining tashabbusi bilan 1997 yil 14-15 sentyabr kunlari tashkil etilgan “Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli hudud” mavzusidagi Xalqaro konferensiyasi ishida jahondagi 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotning vakolatli vakillari qatnashdi2. Bular orasida BMT, yeXHT, NATO, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik, “Islom konferensiyasi” Tashkiloti, Lotin Amerikasida yadro qurolini ta’qiklash bo’yicha agentlik va boshqa xalqaro tuzilmalardir. Ushbu anjuman ishida BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari - yadro davlatlari hisoblanmish besh davlat vakillari faol qatnashdilar.
O’zbekiston tashabbusi bilan BMT homiyligida 1995 yilda Toshkentda Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik muammolari bo’yicha xalqaro seminar muvaffaqiyatli o’tdi. Unda 20 ta xalqaro tashkilot vakillari, shuningdek dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan, jumladan AQSH, GFR, Fransiya, Rossiya, Buyuk Britaniya, YAponiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron va boshqa davlatlardan kelgan diplomatlar va hukumat vakillari qatnashdi1.
Turkmaniston o’zining betaraf pozitsiyasini ro’kach kilib, mintaqa atrofida kechayotgan asosiy geosiyosiy jarayonlardan chetda turishni afzal ko’rdi. Qirg’iziston va Tojikiston ham bir necha yillardan buyon mintaqa atrofida kechayotgan geosiyosiy jarayonlar sinovidan o’tib kelmoqda. Tabiiyki, mintaqadagi ayrim davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlari va siyosiy holatlari yetakchi davlatlarning doimiy kuzatuvi va diqqat markazidan o’rin olib kelmokda. Ammo O’zbekiston o’z tashqi siyosiy faoliyatni mamlakat milliy manfaatlarini inobatga olgan holda qat’iyat bilan mustaqil ravishda amalga oshirib kelmoqda.
Tojikiston 1992 yil 2 martda barcha Markaziy Osiyo davlatlari qatori BMTga teng huquqli a’zo davlat sifatida qabul qilindi. SHu davrdan BMT va Tojikiston o’rtasida qizg’in aloqalar boshlandi. BMT Bosh kotibi Kofi Annan bu haqida 2002 yil 21 oktyabrida Tojikiston parlamentiga qilgan murojaatida quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Tojikiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti ikki tomon ham g’ururlansa arziydigan mustahkam va sermahsul hamkorlik aloqalar tajribasiga ega”2. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, mazkur aloqalar asosan BMTning 1992-1997 yillarda ichki harbiy-siyosiy nizolar girdobida qolgan Tojikistonga yordami, milliy birlik va tinchlikni tiklashga ko’maklashishdan iborat bo’ldi3.
O’zbekistonning Afg’onistonga qurol-yarog’lar yetkazib berishni qattiq ta’qiqlab qo’yish haqidagi taklifi BMTning Xavfsizlik Kengashida ko’rib chiqildi. Bu esa O’zbekiston afg’on muammosini hal qilishda asosiy tinchlik o’rnatuvchilardan biri sifatida yuksak xalqaro obro’-e’tiborga egaligidan dalolat beradi. Markaziy Osiyo hududida geosiyosiy o’ringa ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi doimiy ravishda Afg’onistonda tinchlik o’rnatilishini va qarama qarshilik to’xtatilishini amalda istayotganligini isbot qilib kelmoqda. Jumladan, Afg’onistonga qurol-yarog’ yetkazib berishni ta’qiqlash haqidagi O’zbekiston taklifi BMT Xavfsizlik Kengashining 1996 yildagi rezolyutsiyasi bilan qo’llab-quvvatlandi. Afg’onistondagi vaziyat BMT Xavfsizlik Kengashida 1996 yilda ikki marta - 15 fevral va 22 oktyabrda muhokama qilindi. 1996 yil 22 oktyabrda qabul qilingan BMT rezolyutsiyasida, xususan, “Afg’onistonning ichki ishlariga aralashmaslik hamda Afg’onistondagi mojaroda qatnashayotgan hamma tomonlarga qurol-yarog’lar va o’q-dorilar yetkazib berishning oldini olish muhimligi” ta’kidlanadi1.
Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining faoliyati yevropada xavfsizlik va tinchlikni ta’minlashga qaratilgan. yeXHT nafaqat yevropa balki umumjahon miqyosida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, mintaqaviy va yalpi xavfsizlik, iqtisod, fan-texnika, atrof-muhit muhofazasi, chegaralar daxlsizligini, kuch ishlatmaslik va tahdid solmaslik, mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish masalalari bilan shug’ullanuvchi yirik va nufuzli xalqaro tuzilmadir. Aytish joizki, Afg’onistonda beqarorlikning saqlanib qolishi nafaqat mintaqa, balki yevropa xavfsizligiga ham tahdid solmoqda.
1992 yil 30 yanvarida yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi (hozirgi yeXHK) tashqi ishlar vazirlarining Pragada bo’lib o’tgan majlisida O’zbekiston ushbu xalqaro tashkilotga qabul qilindi2. 1992 yil 26 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Finlyandiyaga qilgan rasmiy safari chog’ida yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashining Xelsinki (1975 y.) yakuniy aktiga imzo chekdi3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan olib borilayotgan tashqi siyosiy faoliyat, xalqaro doiradagi munosabatlar yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (EXHT) maqsad hamda qarashlariga ham mos keladi. SHu asosda O’zbekiston Respublikasining yeXHT bilan munosabatlari samarali rivojlanib bormoqda. Tadqiqotning ushbu bobida yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar bilan ham keng qamrovli hamkorlik aloqalarini olib borishligi aniq dalillar asosida ta’kidlab o’tilgan1.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi tashabbuslariga e’tibor bergan holda bevosita ularning boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirgan ishlari ham ko’rsatish lozim. Ma’lumki, mintaqa va dunyo xavfsizlik tizimini ta’minlashda SHanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) faol ish olib bormoqda. Uning bosh vazifalaridan biri mintaqa davlatlari bilan hamkorlikda xavfsizlikni ta’minlashdir. Bu borada O’zbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan SHHTning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi tomonidan amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, 2005 yilning 5 iyulidan 2006 yilning 15 iyunigacha SHHT hududida 450 ta terrorchilik harakatining oldi olindi. Tashkilot maxsus xizmat xodimlari tomonidan terrorchilik tashkilotlarining 15 nafar rahbari ushlandi yoki yo’q qilingan. 400 nafar jinoyatchi ustida qidiruv ishlari olib borilmoqda2.
Markaziy Osiyo davlatlaridan biri Tojikistondagi vaziyatga ham alohida e’tibor qaratish zarur. Ma’lumki, 90 yillar boshida ushbu mamlakatda ichki vaziyatning keskinlashuvi natijasida, 1992 yil noyabr oyidagi Tojikiston Oliy Kengashining murojaatiga binoan MDH davlatlari unga insonparvarlik yordamini ko’rsata boshladilar. Natijada, MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining birgalikda qabul qilgan qaroriga binoan tojik-afg’on chegarasi hududiga Rossiyaning 201-diviziyasi chegarachilari kiritildi. SHu bilan birga Tojikistonda tinchlikni saqlash maqsadida ushbu respublika hududiga qo’shimcha O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston harbiy bo’linmalari kiritildi3.
MDH ga a’zo davlatlar xavfsizlik va barqarorlikni saqlash borasida bir qator bitimlarni imzolaganlar. Jumladan, MDH davlatlari ichki ishlar vazirliklarining Jinoyatchilikka qarshi kurash doirasidagi o’zaro harakati haqida bitim (1992 yil), Giyohvand vositalar va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanmasi bilan kurashda hamkorlik haqidagi bitim (1992), Uyushgan jinoyatchilik bilan kurash doirasidagi o’zaro harakat haqidagi bitim (1994), Transportdagi jinoyatchilik bilan kurashdagi hamkorlik haqidagi bitim va boshqalar, idoralararo bitimlar toifasiga kiradi. Bu turdagi shartnomalar, odatda, tilga olingan jinoyatlarni sodir etgan shaxslar haqida ma’lumotlarni ayirboshlash, tayyorlanayotgan va sodir etilgan jinoyatlar, shuningdek, ularni sodir etish usullari haqidagi ma’lumotlarni ayirboshlash, tegishli mutaxassislar va texnologiyalarni ayirboshlash va hokazolar bo’yicha hamkorlikni nazarda tutadi1.
SHunday qilib, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash yo’lida O’zbekiston Respublikasining mintaqadagi geosiyosiy o’rni va mavjud muammolarni bartaraf etishdagi yetakchilik roli alohida ko’rsatib o’tish lozim. SHu bilan birga Markaziy Osiyo davlatlarining nufuzli xalqaro tashkilotlar – BMT, yeXHT, MDH va SHHT bilan birgalikda mintaqada xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikni qaror toptirishdagi tashabbuslari muhim ahamiyat kasb etganligi ta’kidlab o’tish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |