Muammoning o’rganilganlik darajasi. Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash hamda bu jarayonda xalqaro tashkilotlarning tutgan o’rniga oid masalalar mamlakatimizdagi faylasuf, siyosatshunos va tarixchi olimlar tomonidan o’rganilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ilgari surilgan konseptual g’oyalar, mamlakatning tashqi siyosati, xalqaro munosabatlari hamda mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga oid masalalar mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab respublika olimlari tomonidan keng o’rganila boshlandi hamda bir qator ilmiy asarlar yaratildi. Jumladan,
SHuni ham ta’kidlash joizki, mazkur masalaning siyosiy jihatlari, Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi va barqarorligiga tahdid solayotgan omillar va bevosita, terrorizm xavfi bilan bog’liq masalalar mamlakatimizning siyosatshunos va huquqshunos olimlari tomonidan o’rganib kelinmoqda. Jumladan, ushbu masalalar N.Jo’rayev, A.Qirg’izboyev, A.Zakurlayev, M.A.Rajabova, D.Muitov, E.Ikromov, F.Tolipov, T.A.Jo’rayev, S.O.Otamurotov, R.Alimov, S.Safoyev, N.Safarova, SH.G’oyibnazarov, SH.Arifxanov va boshqalarning tadqiqotlarida o’z aksini topgan1. Ularda O’zbekiston taraqqiyotiga salbiy ta’sir o’tkazishi mumkin bo’lgan xavf-xatarlar, mintaqaviy muammolarning mohiyati, Markaziy Osiyoga xavf solayotgan tahdidlar, O’zbekistonda olib borilayotgan milliy siyosat va millatlararo munosabatlarning barqaror rivojlanishda tutgan o’rni, terrorizm, diniy fundamentalizm, ekstremizmning mohiyati, uning butun mintaqaning barqaror taraqqiyotiga o’tkazayotgan salbiy ta’siri va boshqa bir qator dolzarb masalalarning u yoki bu qirralari ochib berilgan.
A.K.Qirg’izboyev o’zining monografiyasida O’zbekistonning Buyuk Ipak yo’lini tiklash borasida Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligi, zamonaviy integratsion jarayonlarning asosiy xususiyatlari, Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligining huquqiy asoslari, O’zbekistonning Osiyodagi xalqaro tashkilotlar, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari, Osiyodagi yetakchi davlatlar bilan aloqalari tahlil ostiga olingan.
A.X.Saidov, SH.YOdgorov, A.Ibrohimov, O.Abdullayev, A.Abdisattorov, A.Kamarov va boshqa tadqiqotchilarning asarlarida asosan mintaqa davlatlarining xavfsizlik va barqarorlikni saqlashda xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik aloqalari hamda uning huquqiy asoslariga oid masalalar yoritilgan1.
R.H.Murtazayeva, E.Z.Nuriddinov, Q.Usmonov, YA.G’affarov, A.Xolliyev, M.Raximov, K.Perimkulova kabi tarixchi olimlarning asarlarida esa masalaning tarixiy jixatlariga asosiy e’tibor qaratiladi2.
Masalan, R.H.Murtazayeva o’zining kitobida O’zbekiston hududida bag’rikenglik tamoyillarining tarixiy jihatlarini, uning eng qadimgi davrdan to hozirgi kunga qadar namoyon bo’lganligini ilk bor aniq ma’lumotlar asosida yoritib bergan. SHuningdek, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga tahdid tug’diruvchi omillardan biri bo’lgan milliy nizolarni oldini olish borasida O’zbekistonda olib borilayotgan milliy siyosat, aholining milliy tarkibi, bag’rikenglik tamoyillari atroflicha tadqiq etilgan. SHuni ham ta’kidlash joizki, mustaqillik yillari O’zbekistonning tashqi aloqalari, mamlakat hamda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalarining tarixiy va siyosiy jihatlariga bag’ishlangan bir qator doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Ularda O’zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiy mintaqasi xavfsizligini ta’minlashning dolzarb masalalari tadqiq qilingan.
Hozirda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning roli masalasiga bag’ishlangan mustaqil tadqiqotlar amalga oshirilgan. Masalaning turli jixatlari mavjud bo’lganligi uchun uni tadqiq etish dolzarb bo’lib qolaveradi. SHu sababli bitiruv malakavish ishida ana shu muammoni yoritish vazifasi qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |