O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti



Download 403 Kb.
bet5/12
Sana17.01.2017
Hajmi403 Kb.
#538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Tadqiqotning tuzilishi va xajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch paragraf, xulosa va adabiyotlar ruyxatidan iborat. Ishning xajmi betdan iborat.

1. Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik muammolarining ijtimoiy-siyosiy xususiyatlari

O’tmishda Turonzamin – Movaraunnahr – Turkiston – O’rta Osiyo va Qozog’iston, xozirda esa Markaziy Osiyo deb nom olgan bu ulkan xududda 5 mustaqil davlat mavjud bo’lib, ular O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridir.

Ularning xududi 4,4 mln kv. km aholisi 55 mln dan ortiqdir.1

Bu davlatlarda yuzdan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilmoqda. Ularning dini, tili, dili, suvi, havosi bir va yeri tutash, madaniyati, urf-odatlari, an’analari bir-biriga yaqin. Ular nafaqat qo’shni balki qon qardosh bo’lib ketgan.

Markaziy Osiyo kuchli iqtisodiy potensialga ega bo’lgan mintaqa. Katta miqdorda ishchi kuchi, suv-energetika, transport-kommunikatsiyasi va yer resurslariga, tabiiy boylikka ega bo’lgan, SHarq bilan G’arbni bog’lovchi “Buyuk Ipak yo’li” ustida joylashgan va geostrategik jihatdan katta qulaylikka ega bo’lgan bu mintaqa dunyodagi rivojlangan davlatlarning diqqatini o’ziga tortmoqda.

Katta boylikka ega bo’lgan bu mintaqada diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm havfi kuchayib bormoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida aholisining soni, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va intellektual salohiyati jihatidan, hamda mintaqa havfsizligini ta’minlash, diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash jihatidan O’zbekiston yetakchi o’rinni egallaydi.2

Istiqlol tufayli O’zbekiston Mustaqil tashqi siyosat olib borish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bu siyosat davlatimiz milliy manfaatlarining ustuvorligi, xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya qilish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xududiy da’volar qilmaslik, nizoli masalalarni tinch yo’l bilan hal qilish, tajovuzkor xarbiy bloklarga qo’shilmaslik, yadro quroliga ega bo’lmaslik kabi tamoyillarga asoslanadi. SHu tufayli ham O’zbekiston Jaxon Hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egallab, xalqaro maydonda katta obro’-e’tiborga ega bo’lmoqda. Bugungi kunda Markaziy Osiyoda joylashgan mamlakatlarni, demokratik, huquqiy, dunyoviy taraqqiyot yo’lidan qaytarishga urinayotgan turli xil ekstremistik kuchlar va markazlar bu yerdagi havfsizlikka raxna solmoqda.

Bu yovuz kuchlar diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikni mintaqamizga yoyishga urinmoqda.

Giyoxvand moddalar va qurol-yarog’larni noqonuniy yo’llar bilan olib o’tish va sotish nafaqat Markaziy Osiyo balki butun dunyo havfsizligiga jiddiy taxdid solmoqda.

XX asrning oxiri – XXI asr boshida jahon siyosiy xaritasida yuz bergan tub o’zgarishlar Markaziy Osiyoda ham keskin o’zgarishlarga olib keldi. Markaziy Osiyo respublikalari mustaqilikka erishgandan so’ng mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga tahdidlar ana shu geosiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar bilan uzviy bog’liq. Bu tahdidlar bir qancha omillar zanjiridan iborat. Tojikistondagi birodarkushlik urushi, Afg’onistondagi nizolar, terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizm shular jumlasidandir. Mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo davlatlarida turli siyosiy, iqtisodiy, harbiy va ekologiyaga oid ko’plab muam­molar to’planib qolganligi sir emas.

SHuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov BMT Bosh Assableyasining 48-50 sessiyalari va “Ming yillik” sammitida so’zlagan nutqida ilgari surilgan “Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash”, “Mintaqani yadro qurollaridan xoli zonaga aylantirish”, “Fuqarolar urushi olovida yonayotgan qo’shni Afg’onistonga qurol-yarog’ yetkazib berishni to’xtatish”, “Mintaqalar havfsizligini barqaror etish orqali dunyo tinchligini ta’minlash”, “Xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi hamkorlikda kurashish” kabi muhim takliflari xalqaro jamoatchilik tomonidan qo’llab-quvvatlandi. 1

Afg’onistondagi notinchliklar dunyo hamda Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi va barqarorligiga tahdid soluvchi eng muhim omillardan biriga aylandi. SHu sababga ko’ra Markaziy Osiyo mamlakatlari tinch yo’l bilan Afg’onistonda tinchlikni o’rnatishdan va shu orqali mintaqada xavfsizlikni ta’minlashdan va uzoq muddatli barqarorlikka erishishdan manfaatdorlar.

Afg’onistonda birodarkushlik urushlari 23 yildan ortiq davom etdi. Bu mamlakat xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm markaziga aylangan edi. Bundan tashqari insoniyat uchun katta havf bo’lgan giyohvand moddalar yetishtirilardi. Dunyoda yetishtirilgan giyohvand moddaning 70 foizi Afg’onistonda yetishtiriladi. Bu zaxarli moddani O’rta Osiyo orqali dunyoga tarqatishga harakat qilinilgan. O’zbekiston bunga qarshi keskin kurash olib borayapti. Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni qaror toptirish havfsizlikni ta’minlash O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo’nalishi hisoblanadi.

Tadqiqot tahlili shuni ko’rsatadiki, mintaqada mavjud muammolardan yana biri bu hududda yadro va yalpi qirg’in qurollarini saqlamaslik, sinovdan o’tkazmaslik bilan bog’liq masalalar hisoblanadi. Bu sohadagi yutuq va kashfiyotlarni sinab ko’rish davom etayotganligi mintaqa davlatlari mustaqilligi va barqarorligiga xavf solmoqda.

Mintaqada mavjud bo’lgan muammolardan yana biri turli mafkuraviy vositalar orqali mintaqaviy va davlatlararo mojarolar keltirib chiqarish­ga qaratilgan harakatlar bilan bog’liq. Buni ayrim mamlakatlar hududida faoliyat ko’rsatayotgan ba’zi g’oyaviy mafkuraviy markazlar o’zlariga maqsad qilib olganlar. Ular bir davlat hududidan boshqa mamlakatlarga giyohvan­dlik moddalari, ta’qiqlangan adabiyotlar, turli qurol-yarog’ kabilarni noqonu­niy tarzda olib o’tishiga urinmoqdalar. Ularning ma’lum bir kuchlari Af­g’o­niston hududida turib, Markaziy Osiyo davlatlariga – O’zbekiston va Qirg’iziston hududiga, bu yerda yashayotgan xalqlar hayotiga qarshi tajovuz­korona harakatlar qilishga, begunoh insonlar qonini to’kishga intilmoqda.

Mintaqadagi barqarorlikka tahdid soluvchi omillardan yana biri narkobiznes hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida olingan ma’lumotlarga ko’ra 2000 yilda Rossiya qora bozoridagi narkotik moddalarning 60 % ini, yevropa qora bozoridagi narkotik moddalarning 80 % ga yaqinini, AQSH qora bozoridagi narkotik moddalarning 35 % ni, jahon qora bozoridagi narkotik moddalarning 75 % ni afg’on zaminidagi yetishtirilgan narkotik moddalar tashkil qilgan. Afg’onistonda 1998 yilda 300 ming tonna, 1999 yilda 450 ming tonna, 2000 yilda 700 ming tonna opium yetishtirilgan, va ma’lumotlarga ko’ra shu yillarda yetishtirilgan opiumdan 30 ming tonna geroin tayyorlash mumkin ekan1.

Mazkur paragrafda biz mintaqa xavfsizligiga tahdid solayotgan omillardan biri sifatida Orol muammosi ham nazardan chetda qoldirmadik. Ma’lumotlarga ko’ra, XX asrning 60 – yillarida Orol dengizining suv hajmi 1064 kub.km., chuqurligi 69 metrni tashkil qilgan bo’lsa, 90 – yillarning boshlarida suv hajmi 400 kub.km.ga tushib qolgan, chuqurligi 39 metrgacha pasaygan. Bugungi kunda Orol dengizining tuzli changlari 200 kilometrgacha borib, har yili atmosferaga 15-75 mln. tonnagacha chang ko’tarilmoqda. Orol bo’yi rayonlarida 520 kg /ga sho’rlanish to’g’ri keladi2. Mana shu dalillarning o’zi ham bu muammoni nechog’liq ulkan ekanligidan dalolat beradi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun g’oyat muhim bo’lgan yana bir muammo – suv zahiralaridan oqilona foydalanish masalasi hisoblanadi. Zero, suv ta’minoti va transchegaraviy suv zahiralaridan foydalanish ushbu mintaqa taraqqiyotiga to’siq bo’lib kelayotgan omillardan biridir.

Tojikiston va Qirg’izistondagi mavjud gidroinshootlarning energetika rejimida ishlashi tufayli O’zbekistonda Sirdaryo havzasi bo’yicha suv taqchilligi yiliga 2,5 kub kilometr, Amudaryo bo’yicha esa yilning qanday kelishiga qarab 1,5 dan 3 kub kilometrgacha tashkil etmoqda3.

SHuningdek, mazkur pragrafda biz mintaqa davlatlarining tashqi siyosatida xavfsizlik va barqarorlik masalalari ham o’z e’tiborimizni qaratdik.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida strategik manfaatlarini takomillashtirib borib, dunyoda va ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan faol hamkorlikni yo’lga qo’ydi.

Afg’oniston muammosini hal etish yo’lida O’zbekiston mustaqillikni dastlabki kunlaridan boshlab o’z tashqi siyosatida faol ish olib borganligi ko’rsatib o’tilgan. Jumladan, 1992 yil 13 oktyabrda Toshkentda O’zbekiston Respubli­kasi Pre­zi­denti I.A.Karimov va Afg’oniston Islom davlati rahbari Burhoniddin Rabboniy tomonidan ikki qo’shni davlat o’rtasida diplomatik muno­sa­batlar o’rnatish, havo yo’llari ochish to’g’risidagi hujjatlar imzolangan1.

Markaziy Osiyo mintakasida xavfsizlikni ta’minlash yo’lida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov xalqaro tashkilotlarning yig’ilishlarida qator tashabbuslarni ilgari surgan. Jumladan, bunday tashabbuslar BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasida, 1994 yil dekabrda yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT)ga2 a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Budapesht sammitida, 1997 yil 22–25 sentyabridagi yeXHT Parlament Assambleyaning kengaytirilgan “Mar­ka­ziy Osiyo va Kavkazda mintaqaviy xavfsizlik, siyosiy va iqtisodiy, ijtimoiy va insonparvarlik masalalari” mavzusida Toshkent shahrida bo’lib o’tgan xalqaro seminarida bayon etilgan3.

SHu bilan birga, 1999 yil 19-20 iyul kunlari O’zbekiston hukumati tashabbusi bilan Afg’oniston masalasi bo’yicha “6+2” guruhi uchrashuvining Toshkent shahrida bo’lib o’tganligiga va uning ahamiyatga ega tomonlariga alohida e’tibor berilgan4.

Ko’p yillar davomida cho’zilib ketgan Afg’on muammosining hal bo’layotganligi dunyodagi yetakchi davlatlar va xalqaro tashkilotlarning sa’y-harakatlari natijasi deb qarash lozim. Bu harakatda O’zbekiston ham faol ishtirok qildi.

O’zbekiston Afg’on muammosini hal qilish uchun xalqaro maydonda va mintaqada o’ziga bog’liq bo’lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirdi va oshirmoqda.

1997 yilda O’zbekistonning tashabbusi bilan, Afg’oniston muammosini hal qilish bo’yicha 6+2 guruhi tuzilgan edi. Bu Afg’oniston bilan chegaradosh 6 ta davlat (Eron, Pokiston, Xitoy, O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston) hamda Rossiya va AQSH. Bu davlatlarning 3 tasi BMT havfsizlik kengashining doimiy a’zosidir (Xitoy, Rossiya, AQSH).

Bu davlatlar vakillari bir necha marta uchrashib mazkur masala yuzasidan muzokaralar o’tkazdilar. Nuqtai-nazarlari turlicha bo’lishidan qat’iy nazar bu davlatlar Afg’onistonda tinchlik o’rnatishni yoqlab chiqdilar.

1999 yil 19 iyulda Toshkentda 6+2 guruxining uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda mamlakatimiz rahbari “Tinchlik va barqarorlik – mintaqamiz taraqqiyotining bosh omili” mavzusida nutq so’zladi. Bu nutqning asosiy yo’nalishi Afg’on mojarosini faqat tinch yo’l bilan hal etish natijada Osiyo qit’asining markazida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratildi.

Uchrashuv yakuni bo’yicha “Afg’onistondagi mojaroni tinch yo’l bilan bartaraf etish tamoyillari” haqidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Mazkur deklaratsiya BMT ning rasmiy hujjatlari sifatida qabul qilindi. 1

O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilan yadro quroli sinovlariga va ularni ishlab chiqarishga qarshi ekanligini ma’lum qildi.

SHu maqsadda Markaziy Osiyoni yadrosiz xududga aylantirish tashabbusi ilgari surildi.

Prezidentimiz taklifi bilan 1997 yil 15-16 sentyabrda Toshkentda “Markaziy Osiyo yadro qurolidan xoli xudud” mavzusida xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Unda 20 ta xalqaro tashkilot va jahonning 50 dan ortiq, jumladan AQSH, Germaniya, Fransiya, Rossiya, YAponiya, Xitoy, Xindiston, Pokiston, Eron va boshqa davlatlarning diplomatiya xamda xukumat vakillari ishtirok etishdi.

O’zbekistonning Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish lozimligi to’g’risidagi tashabbusini BMT ning havfsizlik kengashi qo’llab-quvvatladi.

1997 yil 9 dekabrda BMT Bosh Assambleyasining 52 sessiyasi “Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona yaratish” haqida rezolyutsiya qabul qildi. Bu O’zbekiston tashqi siyosatining ulkan g’alabasi bo’ldi.

O’zbekiston Prezidentining tashabbusi va faol harakati natijasida Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasida xalqaro terrorizmga, diniy ekstremizmga, uyushgan jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish to’g’risida ikki va ko’p tomonlama hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Prezidentimiz BMT ning “Ming yillik sammiti”dagi nutqida YUNESKO Bosh direktorining mamlakatimizga safari davomida muzokaralarda, yurtboshimizning MDH mamlakatlari va rivojlangan davlatlar rahbarlari bilan uchrashuv paytidagi muzokaralarda Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va havfsizlikni ta’minlash, Afg’oniston muammosini tinch yo’l bilan hal etish, xalqaro terrorizm va ekstremizmga, giyohvandlik kantrabandasiga va uyushgan jinoyatchilikka qarshi hamkorlikda kurashish to’g’risida fikrlar bildirildi.

2000 yilning 19-20 oktyabrda Toshkentda “Markaziy Osiyoda havfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, narkotik moddalar, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashga hamkorlikda yondashuv” nomli xalqaro anjuman bo’lib o’tdi.

Anjuman BMT ning narkotik moddalar nazorati boshqarmasi va yevropa havfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan o’tkazildi.

Unda 67 mamlakat, 44 xalqaro tashkilot vakillari qatnashdi. Anjuman ishtirokchilari Markaziy Osiyoda narkotiklarning noqonuniy savdosi, uyushgan jinoyatchilik va terrorchilikka qarshi kurash bo’yicha hamkorlikning ustuvor yo’nalishlarini belgilab oldilar. Anjuman xujjatida Markaziy Osiyo davlatlari hamkorlikni milliy, xududiy va xalqaro miqyoslarda mustahkamlash va muvofiqlashtirish lozimligi qayd etildi.

Bundan ko’zlangan maqsad – narkotiklarning noqonuniy savdosi, uyushgan jinoyatchilik, terrorchilik illatlari va ularning o’zaro chirmashib ketishining oldini olish, nazorat qilish va tag-tomiri bilan yo’q qilishdan iborat. Bunda inson huquqlari, qonun ustuvorligiga to’la rioya qilinadi. 1

Tinchlik va hamkorlikka bag’ishlangan ko’plab uchrashuv va anjumanlarning Toshkent shaxrida o’tkazilayotganligi, Respublikamiz poytaxtining dunyodagi siyosiy markazlardan biriga aylanib borayotganligidan dalolatdir.

Jahonning eng taraqqiy topgan mamlakatlari bilan yaqindan aloqa o’rnatish, yetakchi xalqaro iqtisodiy, moliyaviy hamda insonparvarlik tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish davlatimizning jahon hamjamiyatiga keng miqyosda integratsiyalashuvi mintaqada havfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

SHanxay Hamkorligi Tashkilotining 2002 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan Regional Antiterroristik tuzilmasi (RATS)ni MDH va SHHTga a’zo davlatlarning janubiy hududlarida operativ vaziyatlarni tahlil qilish va terrorizmga qarshi samarali kurashishda tutgan o’rni ko’rsatib berilgan.

Qozog’iston Respublikasining tashqi siyosatida ham mamlakat xavfsizligi qo’shni respublikalar va yetakchi davlatlardagi barqarorlik bilan uzviy bog’liqligiga alohida e’tibor qaratilishi ifodalangan. Bu haqda Qozog’iston Respublikasi Prezidenti N.A. Nazarboyevninig “Tanqidiy o’n yillik” (Kriticheskiye desyatiletiya) nomli asarida shunday fikr bildirilgan: “Qozog’iston Milliy xavfsizligi Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi bilan mustahkam bog’liq bo’lishi lozim. Markaziy Osiy mintaqasi xavfsizligini Markaziy yevroosiyo xavfsizligini tashkil etuvchi sifatida qarash kerak. Markaziy yevroosiyo mintaqasi global xavfsizlik tizimining bir qismi bo’lgan yevroosiyo xavfsizligining bir qismi bo’lishi lozim”1.

Markaziy Osiyo davlatlarining ayrim davlat rahbarlari xavfsizlik masalasiga panja orasidan qarab keldilar, ogohlantirishlarga e’tiborsiz munosabatda bo’ldilar. Jumladan, 1992 yil 6 iyuldayoq Moskvada o’tkazilgan MDH davlatlari boshliqlarining Kengashida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Tojikistonda yaqinlashib kelayotgan fuqarolar urushi haqida xavotirlanib gapirgan edi. Tojikistonning o’sha vaqtdagi rahbari R. Nabiyev O’zbekiston Prezidentining so’zlaridan og’rinib, “begona davlatda yuz berayotgan voqealar bilan Karimovning ishi bo’lmasin, bu biz tojiklarning ishimiz va kulfatimiz” deb javob bergan edi1.

Turkmaniston hukumatining mintaqaviy xavfsizlik muammolariga nisbatan befarq munosabati ushbu davlatning Tojikistondagi mojarolarga yondashuvida yaqqol ko’zga tashlandi. Turkmaniston hukumati Tojikistonda ro’y bergan voqealarni bu mamlakatning mutlaqo ichki ishi deb qarab, MDHga a’zo mamlakatlarning tinchlikparvar faoliyatlarida qatnashishdan bosh tortdi.

Keyinchalik Turkmanistonning yangi rahbariyati terrorizm, ekstremizm, narkotrafik kabi xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar umumiy ekanligini, bu tahdidlar hech qanday betaraf davlatlarni tan olmasligini to’g’ri anglab yetdi. SHu boisdan Turkmaniston hukumati xalqaro tashkilotlar va qo’shni davlatlar bilan xavfsizlik borasida faol hamkorlik qilmoqda. Jumladan, 2011 yil 11 mayda Turkmaniston Prezidenti G. Berdimuhammedov rasmiy tashrif bilan O’zbekistonga keldi va Prezident I.A.Karimov bilan uchrashdi. Uchrashuv chog’ida O’zbekiston va Turkmaniston BMT va boshqa nufuzli xal­qaro tashkilotlar doirasida izchil hamkorlik qilib kelayotgani, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolarga yondashuvlari, munosabatlari, qarashlari o’xshash va yaqin ekani ta’kidlandi. SHuningdek, ikki davlat rahbari terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik kabi tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikka doir masalalarni ham muhokama etdilar2.

Markaziy Osiyo davlatlari o’z mustaqilligiga erishganlaridan so’ng xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash ularning har biri uchun birlamchi masalaga aylandi. Biroq, Markaziy Osiyo davlatlari orasida mintaqadagi mavjud muammolarning yechimiga nisbatan bo’lgan yondashuvlarda yakdillik mavjud emasligi ham ko’zga tashlanmoqda. Jumladan, ekologiya va suv muammolari borasida Qirg’iziston va Tojikiston qarashlari O’zbekiston, Qozo­g’iston va Turkmaniston qarashlariga mos kelmaslik hollari tahlil qilingan.




Download 403 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish