O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi navoiy 2007 Ushbu matn qo’llanma bakalavriat ta`lim standartlariga kiritilgan «Pedagogik texnologiya asoslari»



Download 183,98 Kb.
bet7/46
Sana27.05.2022
Hajmi183,98 Kb.
#610549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi-fayllar.org

RIVOJLANISH TARIXI

R e j a
  1. XX asr boshlarida «pedagogik texnologiya» tushunchasining vujudga kelishi.


  2. 30-40 yillarda «pedagogik texnika» tushunchasining talqini.


  3. 60-70 yillarda pedagogik texnologiyalarga munosabat.


  4. Pedagogik texnologiya markazlarining tashkil etilishi.



Insoniyat tarixida yashash uchun kurash, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, hayotning kelgusi qirralarini belgilab olishga urinishlar doimo bo’lib turgani kabi, pedagogik texnologiyaning ham o’z o’tmishi va kelajagi bo’lishi tabiiy holdir. O’zbekistonda ta`lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri «shaxs manfaati va ta`lim ustuvorligi»dir. Bu omil davlatimimzning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi uchun ta`limning yangi modeli yaratildi va uning kelajakdagi «portlash effekti» Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilmiy asoslandi. Bu modelni amaliyotga tadbiq etish o’quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bogliqligi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o’z aksini to’liq topdi, ya`ni o’quv-tarbiyaviy jarayonni yangi pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash e`tirof etildi. Uzoq yillar mobaynida «burjua nazariyasi»ga xos tushuncha deb tan olinmay kelingan pedagogik texnologiya qonuniyatlarini o’rganish va tadqiq qilish ijtimoiy buyurtma sifatida olimlarimiz oldiga qoyildi.
XX asrning boshlarida pedagogik texnologiyaga oid qarashlar. Xo’sh, pedagogik texnologiya konsepsiyasi qanday universal o’zgarishlar, kashfiyotlar zamirida rivojlandi?
«Pedagogik texnologiya» tushunchasining vujudga kelishi, ta`limning ilk tashkiliy va metodik shakllarining vujudga kelishi bilan bogliq. Individual ta`lim o’quv-tarbiya jarayonining eng qadimiy tashkiliy shakli bo’lib, u dastavval qadimgi Yunonistonda paydo bo’lgan edi. O’qituvchi bir o’quvchi bilan ishlab, ta`limni bevosita tashkil etgan, boshqargan, nazorat etgan. O’qituvchi matnlarni o’qib bergan yoki bolalariga o’qitib so’zlatgan. Qoida va ta`riflarni yodlash, jismoniy mashqlarni bajarish musiqa asboblarida u yoki bu kuyni ijro etish yo’llari bilan bolalar hayot, san`at, notiqlik, jismoniy madaniyatga oid bilimlarni o’zlashtirgan.
Keyinchalik individual ta`lim o’rnini guruhlar asosida o’qitish egallagan. O’rta asrlarga kelib qoidalarni yodlash, bir xil tipdagi mashqlarni bajarish, og’zaki savol-javob, yuqori pag’onalarda esa ma`ruza, munozara ta`limning yetakchi usullariga aylana boshlagan. Bu holat asta-sekin sinf - dars sistemasini keltirib chiqarib yangi texnogiyalarni kelib chiqishiga zamin hozirlagan.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida xorijiy mamalakatlarda ko’plab pedagogik nazariyalar vujudga keldi. Ularning ayrimlari ta`lim-tarbiya tizimini yaxshilashga, o’quvchilar faolligini oshirishga qaratilgan edi.
Shu davrlarda «Yangi maktablar» degan pedagogik oqim paydo bo’lib, uning asoschisi fransuz pedagogi E.Demolen edi. Bunday maktablar Angliya, AQSh, Fransiya, Belgiya, Shvesariya kabi ko’plab davlatlarda ochildi. Jenevada «Yangi maktablarning xalqaro birlashmasi» tuzildi va unda yangi maktablarga qo’yilgan talablar belgilab berildi. Bu maktablar xususiy bo’lib, unda haq to’lashga kodir kishilarning bolalarigina o’qitilgan. Yangi maktablarda ish yaxshi yo’lga qo’yilgan, to’liq jihozlangan kabinet va laboratoriyalar tashkil etilgan, «erkin va faol» metodlar qo’llanilgan. O’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish organlari bo’lgan.
Maktablarning amaliy pedagogik laboratoriyasi bo’lib, bolalarning miyasini yodlab olingan bilimlar bilan to’ldirish orqali ta`lim berish o’rniga, ularning fikrlash qobiliyatini umumiy o’stirish yo’li bilan ta`lim berishga harakat qilingan. O’quvchilarga qanday qilib kuzatish, gipotezalar topishni, o’z taxminlarini tekshirib ko’rishni o’rgatganlar. Bunday maktablarda o’qitish faktlarga va tajribaga tayanishga, bolalarning tashabbuskorligi va mustaqilligini tarbiyalashga asoslangan edi.
X1X asr oxirlarida Germaniyada pedagog Vilgelm Avgust Lay (1862- 1926) «ish-harakat pedagogikasi»ga asos soldi. Uning g’oyalarida ham o’ziga xos ijobiy tomonlari, yangiliklar bor edi. Lay pedagogik jarayonda ifodalash, tasvirlashga katta ahamiyat berdi, chunki uning fikricha, mana shunday ifodalash yoki tasvirlash jarayonida o’quvchilar o’z faolliklarini ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’ladilar, harakat qiladilar.
Uning fikricha, tasvirlashning har qanday turlari: rasm solish, loy va plastilindan buyumlar yasash, har xil narsalarning modelini yasash, chizmachilik, dramatizasiya, ashula, musiqa, raqslar, shuningdek, o’simlik hamda hayvonlarni parvarish qilish tajribalarini o’tkazish, og’zaki va yozma ishlar va shu kabilar ta`lim jarayonidagi «ifodalash» vositalaridir. Lay fikricha hamma darslar ana shu qoidalar asosiga qurilishi lozim.
X1X asrning oxirida Germaniya, Angliya, AQSh da eksperimental pedagogika keng yoyildi. Eksperimental pedagogika bolalarning aqliy iste`dodini tadqiq qilish uchun «testlar metodi»dan keng foydalandi.
Eksperimental pedagogikaning yirik namoyondalaridan nemis pedagogi Ernst Meyman (1862-1915) va AQSh pedagogi Eduard Torndayk (1874- 1949) edilar. Bolaning aqliy iste`dodini belgilaydigan testlar bilan bir qatorda, yana uning ulgurishini aniqlaydigan testlar ham belgilandi. Test usuli XX asrning 40-50 yillarida faqat AQSh dagina emas, balki Angliya, Fransiyada ham keng yoyildi.
Lekin bu pedagogika sobiq SSSRda qabul qilinmadi, chunki u bixeviorizm ta`limotiga asoslangan edi. Bu yo’nalishning psixologiyadagi eng muhim qoidasi organizmning ko’rsatkich bilan uning qo’zg’atgich javobi o’rtalaridagi aloqa bir ma`noligini so’zsiz tan olinishidir. Bu ta`lim jarayonini tajriba sinov tarzida o’rgatishga ham, bu jarayonni boshqarishga ham bir xilda daxldordir.
Yaqin kunlargacha bixeviorizm mafkuraviy siyosatga ko’ra burjua fani hisoblanib, inkor etilib kelindi. Hozirgi kunda esa bixeviorizmning mohiyati to’g’ri talqin etilib, uning ahamiyati keng yoritila boshlandi.



Download 183,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish