«T- chizmalar»1 usuli
T-chizma munozara vaqtida qo’shaloq javoblar (ha/yo’q, tarafdor/ qarshi) yoki taqqoslash, zid javoblarni yozish uchun universal grafik organayzer hisoblanadi. Masalan, ta`limning an`anaviy va noan`anaviy shakli haqidagi matn o’qilganidan so’ng, birinchi guruh T- chizmani chizib, uning chap tomoniga an`anaviy ta`limning afzalliklarini berilgan vaqt davomida ko’rsatib berishadi. So’ngra shuncha vaqt ichida bu fikrga qarshi bo’lgan fikrlarni, ya`ni an`anaviy ta`limning kamchiliklarini ko’rsatib o’tishadi. Ikkinchi guruh xuddi shunday chizmada noan`anaviy ta`limning afzallik va kamchiliklarini tahlil qilishadi. Guruhlarning chizmalari taqqoslanib, so’ngra butun sinf bilan T- chizma tuziladi va muhokama etiladi. Buni quyidagi shaklda berish mumkin:
Ta`limning an`anaviy shakli
|
Ta`limning noan`anaviy shakli
|
Afzalligi
|
Kamchiligi
|
Afzalligi
|
Kamchiligi
|
+
|
-
|
+
|
-
|
Yoki dars turlarini o’tganda har bir dars turidagi o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini quyidagi T- chizma asosida tahlil etish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |